Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili
Tahlil va natijalar (Analysis and results)
Download 269.04 Kb.
|
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2010-2019-yillar oralig’ida YaIM hajmi
- 2010-2019-yillarda YaIM dinamikasi
- 2010-2019-yillarda YaIM deflyatori indeksi
- 2010-2019-yillarda inflyatsiya darajasi
- Pul massasi va uning tarkibi 20
- 2018-2019-yillarda pul agregatlari dinamikasi
3.Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Pul-kredit siyosati monetar siyosat deb ham yuritiladi. Pul-kredit siyosati iqtisodiyotni barqarorolashtirishning bir turi sifatida yuritiladi. Pul-kredit siyosati deganda iqtisodiyotning to’liq bandlik yoki pasayish sharoitida YaIMni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirish tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi. Pul-kredit tizimi faoliyatini yaqqol ko’rish uchun statistic ma’lumotlarga murojat qilamiz . O’z-o’zidan ma’lumki makroiqtisodiy barqarorlik bevosita muttasil tarzda YaIMning o’sish sur’atlariga erishib borishi bilan izohlanadi. 2-rasm 2010-2019-yillar oralig’ida YaIM hajmi (mlrd.so’m)16 YaIM 2010-2019-yillar oralig’ida tahlilqilinadigan bo’lsa, unda quyidagi holatni kuzatish mumkin: 2010-yilda 61831,2 mlrd.so’mni, 2011-yilda 77750,6 mlrd.so’mni, 2012-yilda 96589,8 mlrd.so’mni, 2013-yilda 118986,9 mlrd.so’mni, 2014-yilda 144867,9 mlrd.so’mni, 2015-yilda 171369,0 mlrd.so’mni, 2016-yilda 199325,1 mlrd.so’mni, 2017-yilda 302536,8 mlrd.so’mni, 2018-yilda 406648,5mlrd.so’mni va 2019-yilda 511838,1 mlrd.so’mni tashkil qilgan. Diagramma orqali ko’rinib turibdiki, eng yuqori ko’rsatkichlar so’nggi 3yilda namoyon bo’lmoqda. Albattaki bu yerda inflyatsiya darajasi ham YaIM shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmagan. Ayni vaqtda yalpi cihki mahsulot hajmi barqaror ravishda o’sib kelmoqda. Rivojlanayotgan davlatlar uchun bu tabiiy holat hisoblanadi. Lekin O’zbekiston potensiali bundanda yuqori darajaga erishish qobiliyatiga ega. Faqatgina mana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib ularni to’gri qo’llash kifoya. 3-rasm 2010-2019-yillarda YaIM dinamikasi (foizda)17 Yuqorida O’zbekistonda YaIM dinamikasiga e’tibor berildi, unda ma’lum ko’rsatkichlarni ko’rishimiz mumkin. 2010-2019-yillarda YaIM dinamikasida bu davrda YaIMning muttasil o’sibh borishini kuzatishimiz mumkin. YaIM dinamikasida, 2010-yilda 108,5 % o’sishni, 2011-yilda 108,3% o’sishni, 2012yilda 108,2% o’sishni, 2013-yilda 108,0% o’sishni, 2014-yilda 108,1% o’sishni, 2015-yilda 108,0% o’sishni, 2016-yilda 107,8% o’sishni, 2017-yilda 105,3% o’sishni, 2018-yilda 105,1% o’sishni, 2019-yilda bo’lsa 105,6% o’sishni tashkil qilgan. 2010-2019-yillar oralig’ida o’sish sur’ati 8%dan tushmaganligini ko’rishimiz mumkin. Pul-kredit tizimi makroiqtisodiy barqarorlikka erishish yo’lida pul massasining o’zgarishi, foiz stavkalarini o’zgartiradi hamda milliy pul birligini almashinuv kursini nazorat qiladi. Pul-kredit siyosati yaqqol kurashuvchi raqibi ya’ni inflyatsiya ko’rsatkichlarini chetlab o’tish mumkin emas. Inflyatsiya ko’rsatkichini Pashee indeksi (YaIM deflyatori) orqali quyida korib chiqamiz: 4-rasm 2010-2019-yillarda YaIM deflyatori indeksi (foizda)18 O’rganilayotgan davrda (2010-2019-yillar oralig’ida) YaIM deflyatori kuzatiladigan bo’lsa, eng balan ko’rsatkichlar so’nggi 3yillikda namoyon bo’ladi. Ya’ni 2010-yilda bu ko’rsatkich 118,9%ni, 2011-yilda 121,5%ni, 2012-yilda 115,5%ni, 2013-yilda 11,7%ni, 2014-yilda 114,3%ni, 2015-yilda 110,4%ni, 2016yilda 108,7%ni, 2017-yilda 119,4%ni, 2018-yilda 127,5%ni va 2019-yilda 119,2%ni tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkichlar shundan dalolat beradiki YaIM deflyatori 8 foizdan pastlamagan. Bu esa ushbu davrda inflyatsiya darajasi ham yuqori ekanligini ko’rsatadi. Davlat tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosati o’z-o’zidan YaIM hamda bandlik kabi ko’rsatkichlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Mana masalan iqtisodiyotda ishlab chiqarish salmog’i qisqarmoqda va buning natijasida ishsizlar soni ortmoqda ya’ni davriy ishsizlik vujudga kelmoqda , bunday sharoitda davlat markaziy bank orqali pul taklifini oshirishga harakat qiladi va buning natijasida pul taklifi ortadi, fozi stavkalari esa pasayadi bu esa investitsiyaga talabni oshiradi va o’z navbatida investitsiya yalpi ichki mahsulotning asosiy komponenti hisoblanganligi uchun uning ko’payishiga sabab bo’ladi. 5-rasm 2010-2019-yillarda inflyatsiya darajasi (foizda)19 Yuqoridagi rasm orqali inflyatsiya darajasi yuqori ko’rsatkichlarni tashkil qilayotganini kuzatishimiz mumkin. Ayniqsa yuqori ko’rsatkichlar 2017-20182019-yillarda namoyon bo’ladi. 2010-2016-yillarda o’rtacha inflyatsiya darajasi taxminan 6,6%ga teng bo’lsa, 2017-2019-yillarda o’rtacha inflyatsiya darajasi esa taxminan 14,6%ga teng. 2010-yildan 2019-yilga qadar ushbu ko’rsatkich 7,3%dan 15,2%ga ko’tarilgan ya’ni oradagi farq 7,9%ni tashkil etishini kuzatishimiz mumkin.
6-rasm Pul massasi va uning tarkibi20 Barchamizga ma’lumki pul massasi naqd pullar hamda naqd bo’lmagan pullardan tashkil topadi. Yuqoridagi jadvalda biz ularning foizlarda hamda mlrd.so’m miqdorida ko’rishimiz mumkin. Unga ko’ra 2018-yilda pul massasi 73223,5 mlrd so’mni tashkil etadi va bundan 26,6%i naqd pullar va qolgan qismi naqd bo’lmagan pullardan iborat. 2019-yilda esa bu darajada ko’tarilgan ya’ni oul massasi miqdori 83733,6 mlrd.so’mni tashkil etadi hamda uning 26,5 foizi naqd pullar qolgan qismi esa naqd bo’lmagan pullardan iborat.
7-rasm. 2018-2019-yillarda pul agregatlari dinamikasi (mlrd.so’m)21 Yuqoridagi rasmda pul agregatlari dinamikasini ko’rishimiz mumkin. Ushbu rasm 01.01.2018dan 01.08.2019 gacha bo’lgan muddatni o’z cihiga oladi. Unga ko’ra umumiy pul massasi hamda undagi milliy valuta miqdori va chet el depozitlarini statistic tahlilini bilishimiz mumkin. Pul miqdori ko’rsatkichi 01.01.2018 da 73223ga teng bo’lgan hamda ushbu ko’rsatkich 01.08.2019 ga kelib 94198 ga tengdir hamda oraliqdagi 19 oy ichida 20975 ga o’zgargan. Albatta ushbu holatda ham pul-kredit tizimi harakatlarini ko’rishimiz mumkin. Jami pul massasi 2018 yil yanvar oyida 73223 ga teng bo’lsa shundan 47524 ya’ni 65% milliy valutadagi pul massasiga tegishi hamda qolgan 25699 qismi ya’ni 35% chet el valutasidagi depozitlarga tegishlidir. Jami pul massasi 2019 yil avgust oyida 94198 ga teng bo’lsa shundan 66172 ya’ni 70% milliy valutadagi pul massasiga tegishli hamda qolgan 28025 qismi ya’ni 30% chet el valutasidagi depozitlarga tegishlidir. Download 269.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling