4-amaliy mashg`ulot koʼprik oraliq tayanchlari oldidagi mahalliy yuvilishlarni xisoblash


Download 338.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi338.6 Kb.
#1367137
  1   2
Bog'liq
4-амалий (7)



4-AMALIY MASHG`ULOT 
Koʼprik oraliq tayanchlari oldidagi mahalliy yuvilishlarni xisoblash. 
Oʼrtacha va yirik koʼprik osti sof oraliqlarini taxminiy aniqlovida prof. 
M.F.Sribnoy tomonidan taklif etilgan gidravlik ekvivalentlar usuliga asoslangan 
formuladan foydalanish mumkin. 




.
.
.
.
043
,
0
1
ў
б
тошк
ў
б
орал
o
В
В
В
Р
B
L




,
(6.1) 
Bu yerda Lo=Boral – koʼprik osti sof oraligʼi; 
R – yuvilib ketishining yoʼl qoʼyarli koeffitsienti, kurs loyihasida taxminiy 
hisoblar uchun R=1,2 deb qabul qilishi mumkin; 
Vboʼ – bosh oʼzan kengligi, m; xaritada gorizontallar boʼyicha aniqlanadi; 
Vtoshq – daryo sathini toshqin vaqtidagi kengligi, m; oʼquv loyiha ishlarida 
taxminan belgilangan vaqt oraligʼidagi daryo sathlarining eng yuqorisidan 2 m 
balandroq qilib olinadi (9-rasm). 
Topilgan koʼprik osti sof oraligʼi qiymati koʼprik sxemasiga koʼra katta 
tomonga yaxlitlab olinadi. Bu oraliq uch marotaba aniqlanadi: P=1 yuvilish 
koeffitsienti uchun (maksimal oraliq) hamda berilgan yuvilish koeffitsienti uchun. 
6.1 – rasm. Koʼprik kechuvi oʼqi boʼyicha jonli kesim profili 
Koʼprik kechuvini suv oqimini qisib qoʼymaydigan yoki kam miqdorda 
qisadigan inshootlar majmuasi koʼrinishida loyihalash maqsadga muvofiqdir. 
Аmmo suv oqimini qismasdan faqat kemalar qatnovi bor, hamda irrigatsion kanallar 
yoki shaharlardagi kanallashtirilgan daryolarda koʼpriklar quriladi. Koʼprik uzunligi 
daryoni suv toshqini vaqtidagi kengligidan ancha kichik boʼlgani maʼqul; qayirning 
suv yoyilish kengligining bir qismida suv bosmaydigan yer koʼtarmalari hosil 
qilinadi. Koʼtarmalar orasida suv oʼtkazish uchun koʼprik bilan qoplanadigan 
koʼprik osti sof oraligʼi qoldiriladi. Koʼtarmalar orasidagi koʼprik osti sof oraligʼi 


suvning hisobiy sathi boʼyicha oʼlchanadi; bu uzunlikka jami tayanchlar kengligi 
ham kiradi. Qayirlardagi suv bosmaydigan yer koʼtarmalari daryo vodiysi 
qirgʼoqlaridan koʼprikkacha kirish yoʼli boʼladi va ular ustida poezd va avtomobillar 
harakatlanadi. Koʼtarmalar koʼprikning qirgʼoq tayanchlarini yopib turuvchi 
konuslar bilan tugaydi. 
Oqim qancha koʼp toraytirilsa, koʼprik osti sof oraligʼi qancha kam 
belgilangan boʼlsa, koʼprik ostidagi yuvilishlar shuncha rivojlanib boradi. 
Koʼprik kechuvidagi yuvilishlar koʼprik hamda kirish koʼtarmalari, ayniqsa 
konuslarning mustahkamligiga taʼsir koʼrsatadi. Mustahkamlikni taʼminlash uchun 
tayanch poydevorlari yuvilish chuqurligidan chuqurroq joylashtiriladi, yer 
koʼtarmalari esa yuvilishdan himoyalanadi. 
Yuvilishlar hajmi ancha katta boʼlganda, koʼprik osti oraligʼining kichik 
oʼlchamlari iqtisodiy jihatdan samaraliroq boʼlishi mumkin. Daryo oʼzani 
toraytirilganda, arzon koʼtarmalar bilan almashtirilgan qimmatbaho oraliq 
qurilmalar uzunligi qisqaradi, ammo , shu bilan birga, poydevorlar joylashish 
chuqurligi bir muncha ortadi. 
Koʼprik uzunligi Lmin dan kam boʼlmasligi kerak, bu esa koʼpriklarni 
loyihalash qoida va meʼyorlari, yaʼni yuvilishni bir xil boʼlmasligi sababli toraytirish 
miqdorini cheklash, koʼtarma konuslarini tekislikdagi daryolar oʼzanida 
joylashtirishni taʼqiqlanishi, kema qatnovi mavjud daryolarda koʼprik ostidagi suv 
oqimi mavjud daryolarda koʼprik ostidagi suv oqimi tezligini cheklanishi va h.k. 
texnik talablari orqali belgilanadi Аgar shunday uzunlikka kechuvning eng kam 
narxi mos kelsa (9-rasmga q.), loyihada Lmin miqdori qabul qilinishi kerak.
Suv oʼtkazish oraliqlarining turli xil miqdorlarida koʼprik kechuvi 
variantlarini baholash uchun, har birida poydevorlarni joylashish chuqurligi, koʼprik 
tayanchlari asosi turkumi hamda qayirlardagi koʼtarmalar balandligini belgilash 
zarur. 
Poydevorlarni eng kichik joylashish chuqurligi daryo toraytirilganda va oʼzan 
shaklini oʼzgarishlaridan kelib chiqqan holda hosil boʼlishi mumkin boʼlgan 
yuvilishlar bilan belgilanadi. Koʼtarmalarning minimal balandligi suv toshqini 
vaqtidagi suvning xisobiy sathi, hamda koʼprik kechuvi inshootlari yordamida 
toraytirish natijasida koʼtarmalar yonidagi suv sathini qoʼshimcha ravishda koʼtarish 
orqali belgilanadi. 
Daryoni koʼprikka kirish inshootlari bilan toraytirish koʼprik osti kesimida 
suv oqimi tezligini ortishiga va oʼzan tubining umumiy pasayishiga, ayrim hollarda 
esa koʼprik ostidagi qayir yuzasining ham pasayishiga olib keladi. Oʼzan va 
qayirning shu kabi deformatsiyalari umumiy yuvilish deb nomlanadi. 
Toʼsiqqa urilganidek, koʼprik tayanchiga urilgan suv oqimi uni aylanib oʼtib 
oqadi. Suv oqimi uriladigan joyda chegaralangan maydonda daryo tubini yuvib 


tashlaydigan pastga yoʼnalgan oqimlar paydo boʼladi. Bunday qoʼshimcha 
yuvilishlar mahalliy deb nomlanadi. 
Tayanchga taʼsir etuvchi uch xil sabab natijasida uning atrofidagi daryo tubi 
sathini pasayishiga jami yuvilish deyiladi, hamda yuvilishning uchta 
tashkillashtiruvchisini arifmetik yigʼindisi koʼrinishida aniqlanadi. 
Yuvilish natijasida tayanch atrofida hosil boʼlgan chuqurlik quyidagi ifoda 
bilan topiladi. 
Ҳ
т.ю.
= ҳ
ч 
+ ҳ
у.ю.
+ ҳ
м.ю.

(6.2) 
bu yerda hch – tabiiy oʼzgarishlar natijasida tayanch atrofida hosil boʼlgan eng 
katta chuqurlik (maishiy chuqurlik deyiladi); hu.yu. – koʼprikka kirish qurilmalari 
tomonidan daryoni torayishi natijasida hosil boʼlgan chuqurlik orttirmasi (umumiy 
yuvilish); hm,yu – tayanch atrofida mahalliy yuvilish natijasida hosil boʼlgan 
qoʼshimcha chuqurlik orttirmasi. 
Oʼzanlarning tabiiy oʼzgarishi uzluksiz ravishda roʼy beradi va yuqori suv 
sathini koʼtarilishi bilan bogʼliq boʼlmaydi. 
Suv toshqini vaqtida qancha suv sathi baland boʼlsa, umumiy yuvilish hajmi 
shuncha kattalashadi. Hisobiy suv toshqini sathi umumiy va mahalliy yuvilishining 
eng katta chuqurligiga mos keladi. 
Koʼprik qurilishi davrida eng katta maishiy chuqurlik tayanchlarning birini 
atrofida boʼladi. Аgar katta suv toshqini koʼprik qurib bitirilgandan koʼp vaqt 
oʼtmasdan sodir boʼlsa, umumiy va mahalliy yuvilishlar ayni shu tayanch atrofidagi 
chuqurlikni kattalashtiradi va poydevor ochilib qoladi. Аgar koʼprik qurib 
boʼlingandan soʼng uzoq vaqt davomida katta suv toshqini boʼlmasa, ushbu tayanch 
oldidagi maishiy chuqurlik shu vaqt ichida oʼzanni tabiiy oʼzgarishlari jarayonida 
kichrayib qolishi mumkin; shuning uchun katta suv toshqini boʼlib oʼtganda, tayanch 
poydevori kamroq ochilib qoladi. Bunday hollarda yuvilish natijasida hosil boʼlgan 
eng katta chuqurlik boshqa – eng chuqur maishiy chuqurlik surilib qolgan tayanch 
oldida boʼladi. 
Toshqinlar vaqtidagi suv sathi tasodifiy ravishda oʼzgarganligi, hamda qaysi 
yili hisobiy toshqin boʼlib oʼtishi nomaʼlum boʼlgani uchun, har bir tayanchni eng 
baland suv toshqini oʼtish vaqtiga kelib daryo turiga koʼra ayni shu tayanch oldida 
eng katta chuqurlik hosil boʼladi deb taxmin qilgan holda loyihalash zarur. Shunday 
qilib, eng baland suv toshqini vaqtida eng katta hisobiy chuqurliklar bir vaqtda 
barcha tayanchlar oldida hosil boʼlmaydi, balki ularning ayrimlari (yoki bittasi) 
oldida boʼladi. 
Аyrim hollarda noqulay geologik sharoitlarda tayanch poydevorlari 
joylashish chuqurligini yoʼl qoʼyiladigan eng kichik miqdoridan kattaroq qilib qabul 


qilinadi. Bunda, odatda, koʼprikning barcha oraliqlariga deyarli bir xil poydevorlar 
joylashish chuqurligi mos keladi. Koʼpincha, bunday hollar tayanch asosi sifatida 
nomustahkam gruntlardan foydalanish imkoni boʼlmaganda, tayanchlar poydevori 
chuqur joylashgan asosiy jinslar joylashganda uchraydi. 
Koʼprikka kirishlarning zaruriy minimal balandligini belgilash uchun, koʼprik 
kechuvi inshootlari bilan daryo toraytirilganda, suv sathi oʼzgarishini aniqlash zarur. 
Suv ostida qolmaydigan qayirdagi eng kam balandlikka ega koʼtarma cheti tiralib 
turgan suv sathidan yuqori boʼlishi kerak. 
Kichik koʼpriklar osti sof oraligʼini hisoblash usuli keng ostona (porog) li suv 
ketkazish nazariyasiga asoslangan, yirik koʼpriklarniki esa oʼzanlar jarayoni 
nazariyasiga asoslangan. Bunday hisoblar gʼoyasi birinchi bor N.А. Belelyubskiy 
tomonidan taklif etilgan, hamda yirik koʼpriklar oraligʼini hisoblash uslublariga asos 
boʼlgan. Belelyubskiy postulati (aksiomasi) ni quyidagicha taʼriflash mumkin: 
koʼprik osti oʼzani dinamik jihatdan mustahkam boʼlgandan soʼng turgʼunlashadi 
(stabillashadi). Demak, suv olib keladigan choʼkindilar hosil boʼlgan sharoitda ham 
oʼzan shakli oʼzgarmaydi. 
Oqimning koʼprik osti oʼzanidagi oʼrtacha tezligi Vm ni aniqlash usuliga 
koʼra koʼprik osti sof oraligʼini hisoblashning turli uslublari taklif etilgan. N.А. 
Belelyubskiy Vm tezlik sifatida suv sathi hisobiy balandlikda boʼlganida asosiy 
oʼzanning tabiiy va (maishiy) holatidagi oqimning oʼrtacha tezligini taklif etdi. 
Koʼprik kechuvi inshootlari bilan daryo oʼzani toraytirilganda, yuvilish hosil 
boʼladi va u shunday darajagacha turgʼunlashadiki, koʼprik osti oʼzandagi oqimning 
oʼrtacha tezligi asosiy (bosh) oʼzanning tabiiy holatdagi oqim oʼrtacha tezligi bilan 
tenglashadi. 
Kirish koʼtarmalari va koʼprik tayanchlari bilan oqimni siqilish koeffitsientini 
hisobga olganda koʼprik osti oʼzanning jonli kesimi maydoni (yuzasi) quyidagiga 
teng boʼladi: 

Download 338.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling