Korxona moliyasini tashkil etish asoslari
Download 1.59 Mb.
|
9-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlili etish amaliyoti
Korxona moliyasini tashkil etish asoslari
1.Korxona moliyasini tashkil etishning nazariy asoslari. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida jamiyat mikyosida yaratilgan milliy daromadni taqismlash va qayta taqsimlash, pul fondlarini shakllantirish va shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlarni anglatib ikki yirik sohaga: davlat moliyasi va korxonalar moliyasiga bo‘linadi. Davlat moliyasining bosh markazida jamiyat a‘zolari tomonidan yaratilgan milliy daromadni taqsimlanish jarayoni turadigan bo‘lsa, korxonalar moliyasining markazida sotuvdan tushgan tushum turadi. Shuning uchun ham mahsulot sotuvidan, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan tushgan tushum shakllanishi va uning taqsimlanish jarayoni korxonalarda moliyaviy munosabatlarni shakllanishini asosi hisoblanadi. Chunonchi, aksariyat moliyachi-iqtisodchilar takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlash va ayirboshlash boskichlari korxonaning moliyaviy faoliyatini boshlanish boskichi hisoblanadi deb ta‘kidlaydilar. Umuman korxonalarda mavjud ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini hamma bosqichlarini 3 turga: investitsion faoliyat, operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat kabi turlarga ajratishimiz mumkin. Investitsion faoliyat mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bog‘liq jarayonni o‘z ichiga oladi. Operatsion jarayon esa mahsulot ishlab chiqarish davri yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan bog‘liq 3hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat esa ishlab chiqarilgan mahsulotni sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirimagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga olib korxona iqtisodiy moliyaviy faoliyatining haqikiy natijalarini baholab beruvchi jarayon hisoblanadi. Moliya taqsimlanish munosabatlarini o‘zida aks ettirishi bilan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining hamma boskichlarida ishtirok etadi. Korxonalar moliyasining mavjudligi bozor munosabatlarining mavjudligi va qiymat qonunining amal qilishi bilan belgilanadi. . Korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlili etish amaliyotiDownload 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling