Geodeziya, kartografiya, geografiya
Download 99.65 Kb.
|
3-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi 2 - bosqich 192 - guruh talabasining Davlat kadastrlari asosi fanidan № 3 – AMALIY ISHI Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari. Maxsus vakolatli organnning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari.Tekshirdi: Ismailov Rashid Bajardi: Xudayberganov Jasurbek URGANCH – 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari. Maxsus vakolatli organnning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari.
Davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi; Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish tartibini belgilaydi; Kadastr obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish, kadastrga doir axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi; Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 2. Maxsus vakolatli organning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari: Maxsus vakolatli organning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʼmitasi (Davergeodezkadastr) davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi. “Davergeodezkadastr” davlat qoʼmitasi vakolatlariga quydagilar kiradi: vazirliklar, davlat qoʼmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofihlashtiradi; Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi; vazirliklar, davlat qoʼmitalari va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur boʼlgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi; davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi; mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. “Davergeodezkadastr” davlat qoʼmitasi davlat kadastrini yuritish sohasida vazifalari: davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yigʼish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi; davlat yer kadastrini yuritadi; binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritadi; davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritadi; ilmiy-tadqiqot va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; viloyatlar, tumanlar va aholi punktlarining maʼmuriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi; foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan taʼminlaydi; koʼchmas mulkka huquqlarni va koʼchmas mulkka doir bitishuvlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiradi; koʼchmas mulkka huquqlar, ularning bir huquq egasidan ikkinchisiga oʼtishi toʼgʼrisidagi, koʼchmas mulkka huquqlarni chegaralash va koʼchmas mulkka doir boshqa bitishuvlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bankini tashkil qiladi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 529-son qaroriga 1-ILOVА Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʼmitasi toʼgʼrisida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʼmitasining (keyingi oʼrinlarda Davergeodezkadastr deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funktsiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Davergeodezkadastr yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 3. Davergeodezkadastr Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʼysunadi va hisobot beradi. 4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari (keyingi oʼrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʼlimlari, shuningdek qoʼmita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar Davergeodezkadastrning yagona tizimini tashkil etadi. 5. Davergeodezkadastr oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 6. Davergeodezkadastr oʼz faoliyatini davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 7. Davergeodezkadastrning oʼz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega qarorlari davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʼysunishidan qatʼi nazar, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 8. Davergeodezkadastr yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va oʼz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʼaznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega boʼladi. 9. Davergeodezkadastrning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Choʼponota koʼchasi, «Ts» mavzesi, 100097. 2-bob. Davergeodezkadastrning vazifalari va funktsiyalari 10. Quyidagilar Davergeodezkadastrning asosiy vazifalari hisoblanadi: yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati boʼyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash; yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish boʼyicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini qonun hujjatlari talablariga soʼzsiz rioya etilishi yuzasidan uni buzganlik uchun aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish orqali amalga oshirish; yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish boʼyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini, shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq xoʼjaligi yerlarini, qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya maʼlumotlari va kartografiya materiallaridan foydalangan holda sunʼiy yoʼldosh navigatsiya tizimi ishlashini taʼminlash; aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalangan holda, kartografik monitoringni amalga oshirish; koʼchmas mulk obʼektlarining elektron maʼlumotlar bazasini, koʼchmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich oʼtish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish; sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik subʼektlariga tezkor va sifatli xizmatlar koʼrsatish; yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish; yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari boʼyicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni taʼminlash. 11. Davergeodezkadastr oʼziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: a) yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati boʼyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash sohasida: yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; yer fondining holatini kuzatish, oʼzgarishlarni oʼz vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida yerlar monitoringini amalga oshiradi; har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʼyicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi; qishloq xoʼjaligi yerlarining olib qoʼyilishi munosabati bilan qishloq xoʼjaligi nobudgarchiligining oʼrnini qoplash uchun kelib tushadigan mablagʼlarni jamlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil qiladi; yer resurslarining holati toʼgʼrisida har yilgi Milliy hisobotni tuzadi; geodeziya va kartografiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi; davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantiradi va yuritadi; Oʼzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bogʼliq yer tuzish, geodeziya, kartografiya, topografiya, gidrografiya va oʼz vakolati doirasida boshqa ishlarni tizimli asosda tashkil qiladi; Oʼzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʼyicha geodeziya maʼlumotlari, yerni masofadan zondlash, yer tuzish, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan taʼminlaydi; geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini metrologiya jihatidan taʼminlashni tashkil qiladi; geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash toʼgʼrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʼtkazadi, geografik obʼektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, geografik obʼektlar nomlari davlat reestrini yuritadi; ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil qiladi; jismoniy va yuridik shaxslarni belgilangan tartibda geodeziya maʼlumotlari va kartografiya materiallari bilan taʼminlaydi; b) yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish boʼyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʼyicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; yer tuzish, yerdan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha takliflarni ishlab chiqadi; tuproqlarning sifatini baholash maqsadida tuproq sʼyomkasini, tuproqlarning bonitirovkasini oʼtkazadi; qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan tabiiy yaylovlarda geobotanik izlanishlarni amalga oshiradi; qishloq xoʼjalik yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlaydi; geodeziya va kartografiya faoliyati litsenziyalanishini tashkil qiladi; geodeziya punktlarini Oʼzbekiston Respublikasi hududida joylashtirishda zichlik meʼyorlarini va davlat topografiya xaritalari hamda planlarini davriy yangilash meʼyorlarini belgilaydi; Oʼzbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarini hisobga olishni va yuritishni tashkil etadi; geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini roʼyxatga olishni amalga oshiradi; v) yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish boʼyicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish sohasida: yerga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga yoʼnaltirilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi; yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yoʼl qoʼyilgan qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʼyicha oʼz vaqtida chora-tadbirlar koʼrilishini taʼminlaydi; foydalanmayotgan va samarasiz tarzda foydalanayotgan yerlarni aniqlash, ularni oʼrnatilgan tartibda olib qoʼyish va belgilangan maqsadda foydalanish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ajratib berish yuzasidan takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi; fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda yer resurslaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash, yer munosabatlarini tartibga solish, yer qonunchiligiga rioya qilish, yerlardan samarasiz foydalanishning oʼz vaqtida oldini olish boʼyicha muntazam ravishda targʼibot-tashviqot ishlarini tizimli tashkil etadi va amalga oshiradi; g) Davlat kadastrlari yagona tizimini, shu jumladan davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida: davlat kadastrlarini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini taʼminlaydi; davlat yer kadastrini yuritadi; binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritadi; davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritadi; hududlar davlat kadastrini yuritadi; Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yigʼish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi; jismoniy shaxslarning egaligida boʼlgan bino va inshootlarning inventarizatsiya qiymatini belgilaydi; koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni va koʼchmas mulkka doir bitimlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiradi; koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga oʼtishi, cheklanishi, bekor boʼlishi va koʼchmas mulkka doir boshqa bitimlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bazasini tashkil qiladi; Oʼzbekiston Respublikasining tumanlar va shaharlarning yer kadastri navbatchi xaritalarini elektron shaklida yuritadi; maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash va oʼzgartirish boʼyicha materiallarni tayyorlaydi; yer uchastkalarni tanlash va ajratish boʼyicha hujjatlarni tayyorlaydi; yer tuzish va yerlarni inventarizatsiya qilishni amalga oshiradi; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; d) uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalangan holda qishloq xoʼjalik yerlarini, qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya maʼlumotlari va kartografiya materiallardan foydalangan holda sunʼiy yoʼldosh navigatsiya tizimi ishlashini taʼminlash sohasida: qishloq xoʼjalik ekinlarini joylashtirishni tashkil etishda ishtirok etadi; sunʼiy yoʼldosh navigatsiya tizimining ishlashini taʼminlash uchun geodeziya maʼlumotlari, kartografiya materiallarini yaratadi hamda yangilab boradi; ye) aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish sohasida: kartografiya monitoringi, yerni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni amalga oshiradi; Oʼzbekiston Respublikasi hududini masofadan zondlash, geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishda istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi; yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda geodeziya, kartografiya va yerni masofadan zondlash boʼyicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni tashkil etadi; davlat geodeziya tarmogʼini yaratadi, rivojlantiradi va ish holatida saqlaydi; davlat maqsadidagi hamda maxsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya xaritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr qiladi; umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy maʼlumotnoma va boshqa mavzuli xaritalarni hamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, oʼquv kartografiya qoʼllanmalarini tuzadi va nashr qiladi; davlat maqsadidagi va maxsus maqsaddagi geoaxborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi; ilmiy-tadqiqot va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; j) koʼchmas mulk obʼektlarining elektron maʼlumotlar bazasini, koʼchmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich oʼtish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish sohasida: koʼchmas mulk obʼektlarining elektron maʼlumotlar bazasini, koʼchmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich oʼtish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratadi va doimiy ravishda yangilab borishni taʼminlaydi; davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va yuritadi; manfaatdor vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda oʼzaro elektron axborot almashuvini taʼminlaydi; z) sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik subʼektlariga tezkor va sifatli xizmatlar koʼrsatish sohasida: zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʼrsatadi; foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan taʼminlaydi; i) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish sohasida: yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etadi, xalqaro grantlarni jalb etishni taʼminlaydi; k) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari boʼyicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni taʼminlash sohasida: yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari boʼyicha tizimli ravishda, shuningdek masofaviy oʼqitish texnologiyalarini qoʼllagan holda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni taʼminlaydi; Davergeodezkadastr qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajarishi mumkin. 12. Davergeodezkadastr oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda tizimiga kiruvchi tashkilotlar orqali bajaradi. 3-bob. Davergeodezkadastrning huquqlari va javobgarligi 13. Davergeodezkadastr oʼziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʼyicha tekshirishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish, yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga yoʼnaltirilgan, davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʼlgan yozma koʼrsatmalar berish; aybdor fuqarolar va mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikka tortish, yer qonunchiligi buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni undirish boʼyicha daʼvolar taqdim etish, yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʼlgan shaxslarning javobgarligi masalasini hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish; yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarni toʼxtatish toʼgʼrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish; geodeziya va kartografiya faoliyati subʼektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish boʼyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish; Oʼzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilanishi bilan bogʼliq arxiv materiallarini oʼrganishda ishtirok etish, vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, delimitatsiya va demarkatsiya boʼyicha topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish texnologiyasini ishlab chiqish, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat chegara chizigʼini joyida tekshirish va aniqlash; kadastr maʼlumotlariga muvofiqligini aniqlash uchun tuproqni tekshirish; vazirliklar, davlat qoʼmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan qoʼmitaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda zarur maʼlumotlarni soʼrab olish; davlat statistika organlaridan zarur statistik maʼlumotlarni bepul olish; sohaga oid muammolar boʼyicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, yigʼilishlar chaqirish hamda uzoq muddatli dasturlarni, hududiy kompleks sxemalarni, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish; oliy va oʼrta maxsus taʼlim muassasalariga sohaga oid kadrlar zaxirasini tayyorlash uchun buyurtma va yoʼllanmalar berish; belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi hududiy boshqarmalar hamda tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash; Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʼarmasini shakllantirish va undan foydalanishni tashkil etish; Davergeodezkadastr xodimlarini mehnatiga haq toʼlash, ragʼbatlantirish, mukofotlash va boshqa ragʼbatlantirishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish; Davergeodezkadastr tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyati bilan shugʼullanish. Davergeodezkadastr qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin. 14. Davergeodezkadastr oʼz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʼlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli. Davergeodezkadastr, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʼmitalari hamda idoralar bilan birgalikda qoʼshma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli. 15. Davergeodezkadastr va uning mansabdor shaxslari oʼzlariga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar. 4-bob. Davergeodezkadastr faoliyatini tashkil etish 16. Davergeodezkadastrga Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi. Davergeodezkadastr raisining Oʼzbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʼrinbosari va oʼrinbosarlari boʼladi. Davergeodezkadastr raisi maqomi, mehnatga haq toʼlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari hamda moddiy va ijtimoiy taʼminoti boʼyicha vazirga, raisning birinchi oʼrinbosari vazirning birinchi oʼrinbosariga, rais oʼrinbosarlari esa vazir oʼrinbosarlariga tenglashtiriladi. Davergeodezkadastr raisi ayni bir vaqtda yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori hisoblanadi. 17. Davergeodezkadastr raisi: Davergeodezkadastr faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda qoʼmitaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Davergeodezkadastr nomidan vakillik qiladi yoxud qoʼmita nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi; belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Davergeodezkadastrning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning shtat jadvalini, shuningdek Davergeodezkadastrning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tizimiga kiruvchi tashkilotlar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; Davergeodezkadastrga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablagʼlarni belgilangan tartibda tasarruf etadi; belgilangan tartibda markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tuzilmasi va nizomlarini, shuningdek tizimga kiruvchi tashkilotlar ustavlarini va tuzilmasini tasdiqlaydi; belgilangan tartibda Davergeodezkadastr markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi; Davergeodezkadastr vakolatiga kiruvchi masalalar boʼyicha qarorlar qabul qiladi, rais oʼrinbosarlarining, qoʼmitaning, uning hududiy boshqarmalari va tizimga kiruvchi tashkilotlarining boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi; zarur boʼlganda markaziy apparatning, hududiy boshqarmalar va tizimga kiruvchi tashkilotlarning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq oʼzgartirishlar kiritadi; Davergeodezkadastr, hududiy boshqarmalar va tizimga kiruvchi tashkilotlar xodimlari bajarishi majburiy boʼlgan buyruqlar chiqaradi va koʼrsatmalar beradi; Davergeodezkadastr tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʼbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida oʼrnak koʼrsatgan xodimlarini Oʼzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi, shuningdek soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʼrnak koʼrsatgan xodimlarga Davergeodezkadastrning koʼkrak nishonlari va faxriy yorliqlari hamda boshqa ragʼbatlantirishlar bilan taqdirlaydi; Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʼladi. 18. Davergeodezkadastr raisining oʼrinbosarlari: Davergeodezkadastr nazoratidagi boʼlinmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va qoʼmitaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar; Davergeodezkadastr raisi tomonidan oʼzlariga yuklangan boshqa funktsiyalarni amalga oshiradilar. 19. Quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish: Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlarini — Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Davergeodezkadastr raisi tomonidan; Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʼlimlari boshliqlarini — Davergeodezkadastr bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari tomonidan; Davergeodezkadastr tizimiga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlarini — qoʼmita raisi tomonidan amalga oshiriladi. Hududiy boshqarmalar Davergeodezkadastrga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi. 20. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari ayni bir vaqtda tegishli hududlarda yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish boʼyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar. 21. Davergeodezkadastrda, uning asosiy faoliyat yoʼnalishlarini muvofiqlashtiradigan, qoʼmita raisi (hayʼat raisi), uning oʼrinbosarlari, shuningdek qoʼmita markaziy apparati boʼlinmalari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʼi, hududiy boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi. Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Davergeodezkadastr raisining taqdimiga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 22. Hayʼat tomonidan quyidagilar bilan bogʼliq boʼlgan masalalar koʼrib chiqiladi: Davergeodezkadastrning mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyatining asosiy yoʼnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish; kadrlarni Davergeodezkadastr nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlash, joy-joyiga qoʼyish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; Davergeodezkadastrning hududiy boshqarmalari va qoʼmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining har chorak yakunlari boʼyicha hisobotlarini eshitish; Davergeodezkadastr rahbarlari va xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʼyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish. Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlarini Davergeodezkadastr hududiy boshqarmalari va qoʼmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlarini belgilash; Hayʼat Davergeodezkadastr vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʼrib chiqishi mumkin. 23. Hayʼat majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qoʼmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davergeodezkadastr vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin. Majlisda Hayʼat tarkibining yarmidan koʼpi hozir boʼlganda Hayʼat majlisi vakolatli hisoblanadi. Koʼrib chiqilayotgan masalalar boʼyicha qarorlar oddiy koʼpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 24. Hayʼat tomonidan qabul qilingan qarorlar Davergeodezkadastr qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Davergeodezkadastr raisi va hayʼat aʼzolari oʼrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʼlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga xabar qilinadi. Hayʼat aʼzolari ham oʼz fikrlarini Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga maʼlum qilishlari mumkin. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi. Hayʼat majlislari, qoida tariqasida har chorakda kamida bir marta oʼtkaziladi. 25. Davergeodezkadastr huzurida ilmiy-texnik Kengash tuziladi. Ilmiy-texnik Kengash toʼgʼrisida nizom va uning shaxsiy tarkibi qoʼmita Hayʼati tomonidan tasdiqlanadi. Download 99.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling