Mavzu: Investitsiyalar hisobi Reja: Investitsiya to ‘g‘risida tushuncha va ularning guruhlanishi


Download 14.95 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi14.95 Kb.
#1163942
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Investitsiyalar hisobi Reja Investitsiya to ‘g‘risida tu



Mavzu: Investitsiyalar hisobi
Reja:
1. Investitsiya to ‘g‘risida tushuncha va ularning guruhlanishi.
2. Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalaming tarkibi va ular bo‘yicha tushunchalar
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologivalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish yoki m avjudlarini rekonstruksiya qilishda investitsiyalam ing ahamiyati katta. Bu, avvlambor, iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi bandligining ta ’minlanishi, uning ish haqi va daro- madlarining oshirilishi kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi. Shu boisdan ham ichki, ham xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o ‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-yanvardagi yig‘ilishida — «Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o'zgartirish, tarmoqlami modemizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalami amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e ’tiborga loyiq. 2015-yilda ana shu rnaqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o ‘zlashtirildi. Bu 2014-yilga nisbatan 9,5 foiz ko ‘p demakdir. Jami investitsiyalaming 3 milliard 300 million dollardan ziyod yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo ‘lib, shuning 73 foizi to ‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalaming 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo'lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi»,— degan edi. Shu yigliishda Respublikamiz Birinchi Prezidenti I .A. Karimovning ta- ’kidlashicha, 2016-yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modemizatsiya qilish va tarkibiy o ‘zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar qiymatidagi investitsiyalar yo‘naltirish, ularning o ‘sish su r’atini 109,3 foizga yetkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalam ing 4 m illiard dollardan ortig ‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015-yilga nisbatan 20,8 foiz ko‘pdir. Respublikamizda investitsion faoliyatning me’yoriy-huquqiy asoslari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
1. «Investitsion faoliyat to ‘g‘risida»gi Qonun.
2. «Chet el investitsiyalari to ‘g‘risida»gi Qonun.
3. «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ulami himoya qilish choralari to ‘g‘risida»gi Qonun.
4. «Qimmatli qog‘ozlar bozori to ‘g‘risida»gi Qonun.
5. «Hissadorlik jam iyatlari va hissadorlarning huquqlarini himoya qilish to ‘g‘risida»gi Qonun.
6. 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi «To‘g‘ridan -to ‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo ‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g ‘risida»gi Farmoni va boshqalar.
Hozirgi vaqtda respublikam izda k o ‘rilgan ch o ra-tadbirlar asosida investitsion salohiyat, m uhit yuqori darajada. Zamonaviy 0 ‘zbekiston — Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni hamda mintaqaning to'- laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi yetakchi industrial davlat. 0 ‘zbekiston Respublikasining za- monaviy iqtisodiyoti xorijiy investorlarga taqdim qilayotgan afzalliklardan biri — siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, tabiiy iqlim sharoitining qulayligi, m ehm ondo‘stligi va mehnatsevarligidir. Barcha afzalliklar sirasidan 0‘zbekistonda biznes boshlashning muhim omillaridan biri bu xomashyo bazasining ko‘pligi, yirik mintaqaviy bozorlaming qulay geografik joylashuvi, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yer va havo transporti tizimi, diversifikatsiyalashgan sanoat bazasi va respublikaning ilmiy-intellektual kadrlar salohiyatining mavjudligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud mablag‘lardan sam arali foydalanish, korxona ixtiyoridagi aktivlarning samaradorligini maksimal darajaga ko‘tarish dolzarb hisoblanadi. Bu shu bilan bogliqki, mablag‘lardan samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim hisoblanadi.Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishida tarmoqlar iqtisodiyotini izchil rivojlantirish moliyaviy qo ‘yilmalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liq. Bu borada investitsiyalaming mamlakat iqtisodiyotidagi o ‘mi va ahamiyatidan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
1. Moliyaviy investitsiyalami tashkil etish sharoitlaridan kelib chiqib ulaming dastlabki qiymati haqidagi aniq ma’lumotlarni taqdim etish.
2. Moliyaviy investitsiyalami o ‘z vaqtida va to ‘liq rasmiylashtirish.
3. Qimmatli qog‘ozlar joriy bozor qiymatini tekshirish va nazorat qilish.
4. Moliyaviy qo‘yilmalar bilan ta ’minlanganligini nazorat qilish.
5. Moliyaviy qo‘yilm alar bo‘yicha daromad va xarajatlar
miqdorini to ‘g ‘ri aniqlash.
6. Moliyaviy hisobot va rahbariyatni investitsiyaga tegishli ma’lumotlar bilan o ‘z vaqtida ta ’minlash.

Download 14.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling