Биология ўқитиш методикасининг мақсади ва вазифалари


Download 44 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi44 Kb.
#1501468
Bog'liq
SIZ QUSHLARNI BILASIZMI


Telegram:Maktablar uchun hujjatlar

“Siz qushlarni bilasizmi?”

Kecha o`tkaziladigan joy bezatiladi.


Salomdan boshlanur birinchi kalom
Marhabo, azizlar, do`stlar, assalom.
Uyimiz, ko`ksimiz sizga keng ochiq
Boshimizdan mehr nurlari sochiq
1-boshlovchi: Assalomu-alaykum, aziz ota-onalar, qadrli bolajonlar. Mana fasllar kelinchagi bahor ham kirib keldi, issiq mamlakatlarga uchib ketgan qushlarimiz yana o`z makonlariga qaytib keldi. Shu munosabat bilan bugun 7-sinf o`quvchilari “Qushlar bayrami”ni o`tkazmoqdamiz. Sizlarni shu bayram bilan tabriklaymiz. Kechani oshib berish uchun so`zni direktorimizga beramiz.
Maktab direktori kechani ochib berib bayram bilan tabrikladi.

Boshlovchi:


Qushlar haqida ma’ruza o`qiladi.
Boshlovchi:
Davraga humo qushini taklif etamiz (o`quvchi kiyinib chiqadi)
Men baxt qushi-humoman
Boshlovchi xush kelibsiz, davramizga
Humo qush-bu mustaqil yurt meni o`z bag`riga oladi. Sening vataning huddi ertaklardagidek mamlakatga o`xshaydi shu bois yurting sari talpinib uchdim.

Boshlovchi:


Noming o`zing qadim humo qushim, humo qushim
Istiqbolni olib kelgan samo qushim, samo qushim.
Sen o`tmishning elchisisan,
Senda yillar bayoti bor.
Qodiriyning armoniyu
Ulug`bekning faryodi bor.
Olisdagi ulfatlarga salom
O`zing yo`lla samo qushim.
Qushlar kiyimida davraga o`quvchilarni taklif etamiz
Qaldirg`och:
Men qaldirg`och, tez keldim
Shamol misoli yeldim.
Qanotim tolmay uchdim,
Sizni sog`inib quchdim.
Keldim eshik och-och,
Sayrayman sizga atab
Don-dun soching hovuchlab
Kakku:
Hech qayg`usiz yayrayman,
Men sayroqi qush kakku.
Uzoq yerdan sayrayman
Deya kak-ku, kak-ku.
Bulbul:
Bulbul derlar otimni,
Surishtirmang zotimni.
Mittigina qushchaman,
Og`aynim bog`uchaman.
Kaptar: (qanot qoqib)
Men kabutar, xat tashuvchi
Shamol kabi yeluvchi,
Eshik chirtaman “taq-taq”
Maktub bor sizga faqat.
Olib keldim xat xabar
Eshik ochiq “taq-taq-taq”
Suyinchini cho`zing tez,
Sizni qilay xushchaqchaq.
(kabutar qo`llaridagi maktublarini bolalarga ulashadi, bir bola kabutarning boshini silab she’r o`qiydi)
Bola:
Boqdim men ikki kaptar,
Qanotlari oq-sapsar,
Tumshig`i uchli jud,a
Sevar singlim Mavjuda.
Gar chaqirsam keladi,
Shamol kabi yeladi,
Qo`nar, yelkam, qo`limga
Doim chiqar yo`limga.
O`zi yoqimtoy, yuvosh,
Silasam egadi bosh.
Sevadi hamma kishi
Men kabutar erk qushi!
Turna:
Qo`shig`imizning boshi,
O`zbekiston-quyoshi
Sen deb sevib qolganmiz,
Undan ilhom olganmiz.
Bola:
Turnalar, hoy turnalar,
Pastlab uchingiz
Bizning ko`l va daryolar uzra
Hakka:
Men hakkaman, hakkaman
Nafasim-chi, hakkalagan.
Kasbi-korim o`g`irlik,
Men uchun bu-to`g`irilik. Iqbolimga, baxtimga
Yaxshiyamki, qishloq bor.
Sara halol pishirgan
Savatchada pishloq bor
U daraxtda osilib turgan savatcha don, bir parcha pishloqni oladi-da, qochib qoladi. Shu choq quvnoq musiqa chalinib qizlar “ola qanot hakkalar” qo`shig`ini kuylashadi.
Kaklik:
Tongda turib sayrayman,
Bog`da ekin yayrayman.
Ovchi, tinchimni buzma.
Menga o`qingni uzma.
Yetim qolmasin bolam,
Qo`shiqga to`lsin olam.
Chumchuq:
Men chumchuq, birovga hech
Yomonligim yo`q also
Hashoratlarni cho`qib,
Yo`qataman mutlaqo
Non uvog`ini ko`rgan on
Tozalab terib yeyman.
Odamlarga doimo
Yordamim tegsin deyman.
(bolalarning biri chumchuqchaga chiroyli yasalgan in hadya etadi. Chumchuq “rahmat” deb joyiga qaytadi)
Laylak:
Sizlar sevgan laylak man,
Yaxshilarga kerakman.
Men yozning darakchisi
Fasllar yo`riqchisi.
Men haqimda ertaklar,
Yaxshilikka yetaklar
Aytishar ajib qo`shiq,
Men haqimda barcha xo`p.
“Ikki bola davraga chiqib laylak keldi” qo`shig`ini aytishadi
Boshlovchi: Endi navbat qushlar haqidagi sahna ko`rinishga.
Undan keyin qiziqarli savollar beriladi:
1) Dunyoda eng kichik qush?
2) Dunyoda eng katta qush?
3) O`rmon sanitari qaysi qush?
4) Havo sanitari qaysi qush?
5) “Loydan maza topadi” deb hisoblanadigan qush?
6) Tog`da uchraydigan ov qushi?
7) Qanaqa qush otasining nomi bilan ataladi?
8) Qanaqa qush savdo sotiq qiladi?
9) Gapiradigan qush?
10) Umr o`lchovchi qush qaysi?
11) Qaysi qush baliq suyaklaridan miyasida toshma yasaydi?
12) Qanday qushlar qishda bola ochadi?
13) Qaysi qush uchib kelganda bahor boshlanadi, deb hisoblaysiz?
14) Qo`lqop ko`rinishida uya quradigan qush?
15) Qafasda saqlanadigan qush?
Bu shartda 5 o`quvchi chiqadi, har bir o`quvchiga bittadan shar beriladi. Uning ichida biletda 3ta savol yozilgan, sharni puflab yoring uni ichidagi savolga javob berishadi, g`olib aniqlanadi va rag`batlantiriladi.
Boshlovchi sahnaga yana 5 ta o`quvchi taklif qiladi, ular qo`liga likopcha beriladi, savatda turgan tuxumlardan bittadan olib kelishlari kerak. Kim ko`p tuxum olib kelsa, g`olib hisoblanadi.
Musiqiy tanaffus. Xorazm lazgisi.
Kecha so`nggida o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Boshlovchi: shuning bilan bugungi qushlar bayramiga bag`ishlangan kechamizni tamomlab sizlarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yana keyingi kechalarda uchrashguncha. Xayr, sog` omon bo`ling.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling