Oilaviy tadbirkorlik
Download 204.52 Kb.
|
Ma\'ruza 4 Moliyaviy savodxonlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- OILAVIY TADBIRKORLIKNINGAFZALLIKLARI
Mavzu: Oilaviy tadbirkorlik. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan shaxs ishni avvalo nimalardan boshlash kerakligini bilishi, sohadagi maxsus bilimlar, tadbirkorlik ko‘nikmalaridan tashqari bank sohasidagi moliyaviy bilimlarning yetarliligiga e'tibor qaratishi muhim. Zero, tijorat banklari hisobidan ajratilgan kreditning to‘g‘ri ishlatilishi tadbirkorga daromad olib kelishdan tashqari biznesini kengaytirishga yo‘l ochadi. Ushbu maqolamizda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Tadbirkorlik – aniq maqsadli va doimiy sa'y-harakatni talab qiluvchi tavakkalchilikka asoslangan hamda daromad topishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Tadbirkorlikning muvaffaqiyat kaliti: tadbirkorlik ko‘nikmasini inobatga olib, bozordagi talabni o‘rgangan holda o‘zi uchun qulay bo‘lgan istiqbolli sohani tanlash eng kichigidan boshlash faoliyatni kengaytirishga moyillik xatarlarni baholay olish tavakkalchilikka asoslangan oqilona (rasional) qarorlar qabul qila olish Tadbirkor – hisob-kitobli tavakkalchi, yangilik va rivojlanishga intiluvchi, mustaqil va mas'uliyatli qarorlar qabul qiladigan va ularning oqibati hamda natijasini oldindan ko‘ra oladigan shaxs hisoblanadi. Tadbirkorlikni oila a'zolari bilan birgalikda boshlash amaliyotda o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida Agrobank ATB, Mikrokreditbank ATB, Xalqbanki ATB tomonidan kreditlar ajratilmoqda. Ushbu dastur doirasida kreditlar oilaviy tadbirkorlikning har qanday turiga (masalan, issiqxona tashkil etish, parrandachilik, xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik) shartnomaga asosan pul ko‘chirish yo‘li bilan quyidagi shartlarda ajratiladi: jismoniy shaxslarga - 33 million so‘mgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga - 225 million so‘mgacha investision loyihalar uchun - 225 million so‘mdan ortiq kredit foizi: 14 foiz muddati: 3 yilgacha imtiyozli davr: 6 oygacha Tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan kreditlar ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq o‘zini o‘zi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 martdagi PQ-5041-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga sektor rahbarlari va tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi xulosasi asosida berilishi mumkin. Bugungi kunda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish Yagona elektron platformasi oilakredit.uz ishga tushirilgan. Ushbu platformada arizalarni yuborish 4 bosqichda amalga oshiriladi: Shaxsiy ma'lumotlarni kiritish. Qarzdor bilan bog‘lanish uchun ma'lumotlarni kiritish. Olinayotgan kredit bo‘yicha ma'lumotlarni kiritish. Ariza tartib raqami (ID) raqamini saqlab qo‘yish. Masalan, agar iste'molchi o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun kredit olmoqchi bo‘lsa, kredit olish uchun oilakredit.uz platformasida ariza berish ushbu videotahlilda batafsil tasvirlangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Agar fuqaro dastur doirasida jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredit miqdoriga nisbatan ko‘proq kredit olish istagida bo‘lsa, o‘z faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi va qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishi zarur bo‘ladi. Bu bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni hududdagi tegishli tijorat banki orqali (Agrobank ATB, Mikrokreditbank ATB, Xalq banki ATB) olishingiz mumkin. Oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat oilaviy tadbirkorlik deyiladi. Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Shuningdek, oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni ko‘p kvartirali uyning turarjoylarida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan va yuridik shaxs tashkil etgan holda yo‘lga qo‘yish mumkin. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy tadbirkor (oT), yuridik shaxs tashkil etgan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy korxona (oK) deb nomlanadi. OILAVIY TADBIRKORLIKNINGAFZALLIKLARI Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamkorlikdagi faoliyatning yuqori samaradorligini ta’minlaydi Har bir oila a’zosining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini yaxshi bilish samarali mehnat taqsimotidan foydalanishga zamin yaratadi Tadbirkorlik faoliyatida oiladagi mavjud qo‘shimcha resurs va imkoniyatlardan foydalanish natijaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi Oiladagi yoshlarning tadbirkorlik sirlarini o‘rganib borishiga imkon yaratadi Oilaviy tadbirkorlikni meros qoldirish imkoniyati orqali avlodlarning kelajagini ta’minlaydi Download 204.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling