Bajardi : Xomitxonov Jobirxon Almashuv kursini targetlash


Download 17.34 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi17.34 Kb.
#1835833
  1   2
Bog'liq
Savol javob


Savol
Bajardi : Xomitxonov Jobirxon
1 . Almashuv kursini targetlash
2 . Yaqqol bo’lmagan monetarc siyosat
3 . Markaziy bank ichki valyuta bozorida pozitsiyasi

Ma’lumki, Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi intervensiyalari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinning sotib olinishi natijasida iqtisodiyotga chiqarilgan pul mablag‘larini sterilizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Yuzaga kelgan “ortiqcha” likvidlikning kamaytirilishi inflyatsiya bosimining keskin o‘sishi hamda makroiqtisodiy nomutanosibliklarning oldini olish bo‘yicha zaruriy choradir. Aks holda, pul massasi sotib olingan monetar oltin qiymatida qo‘shimcha ravishda o‘sib boradi. Ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zahiralarining “neytralligi” tamoyiliga asoslanadi. Olti-valyuta zahiralarining “neytralligi” tamoyili yil davomida Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida sotilgan valyuta mablag‘larining sof hajmi ushbu davrda sotib olingan monetar oltin qiymati doirasida bo‘lishini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, Markaziy bank ichki valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirishda pul massasining keskin o‘sishining oldini olish vazifalaridan kelib chiqib, mavjud oltin-valyuta zahiralarini ishlatish yoki ularni ko‘paytirishni ko‘zlamaydi. garda, Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida intervensiya operatsiyalari amalga oshirilmaganda, 2019 yil davomida pul massasi (M2 agregati) qo‘shimcha 36,6 trln. so‘mga oshib, ushbu holat inflyatsion bosimning kuchayishi hamda so‘mning almashuv kursi oshishini yuzaga keltirar edi. Aksariyat oltin ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda oltin eksporti asosan, Markaziy bank ishtirokisiz, korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Markaziy bankning ichki valyuta bozorida ishtirokiga zaruriyat bo‘lmasdan, oltin sotishdan tushgan tushum ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda foydalaniladi yoki ichki valyuta bozorida sotiladi. Markaziy bank oltin-valyuta aktivlarini samarali boshqarish (shu jumladan, xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi vaziyatni tahlil qilish va oltin narxini prognoz qilish) va oltin-valyuta zahiralarida xorijiy valyutadagi likvidlikni ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, monetar oltinni sotish operatsiyalarini amalga oshiradi. Bunda, tashqi bozorda sotilgan monetar oltin hajmi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan hajmdan farq qilishi mumkin. Shu bilan birga, monetar oltin eksportidan tushgan xorijiy valyutadagi tushum hajmi Markaziy bankning ichki valyuta bozorida sotilgan xorijiy valyuta, ya’ni valyuta intervensiyasi hajmiga mos kelmasligi mumkin.


Xalqaro zahiralaridan almashuv kursini ushlab turish maqsadida foydalaniladimi? Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi faoliyati va uning valyuta operatsiyalarining almashuv kursiga ta’sirini baholashning bilvosita ko‘rsatkichlaridan biri yil davomida oltin-valyuta zahiralari hajmining o‘zgarishidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil davomida Markaziy bank oltin-valyuta zahiralari 237 mln. dollarga (narxlar o‘zgarishi hisobga olinmagan holda) oshib, ushbu davrda milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 13,9 foizga qadrsizlandi. Bu o‘z navbatida, Markaziy bank valyuta kursining fundamental o‘zgarishida zaxira aktivlaridan foydalanmaganligini ko‘rsatadi. Milliy valyuta almashuv kursining dinamikasi, ichki valyuta bozorida talab va taklif darajasini belgilaydigan tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta’sirida shakllandi.

2 . O‘zbekiston bugun yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik tamoyillariga tayangan holda faol va pragmatik siyosat olib bormoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi tufayli mintaqa mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik aloqalari jadal sur'atlarda rivojlanib boryapti. Shuningdek, energetika, suv va ekologiya masalalarida o‘zaro manfaatli munosabatlar rivojlanmoqda. Tarixan qisqa vaqt mobaynida Markaziy Osiyoda prinsipial jihatdan mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi. Buning aniq natijasi sifatida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari tashkil etilgani aytish mumkin. Mazkur uchrashuv doimiy muloqot maydoniga asos soldi, mintaqada xavfsizlik, barqaror rivojlanishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda. Joriy yilning 6 avgustida Turkmanistonning «Avaza» milliy turistik hududida tashkil etilayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san'at ustalarining tantanali konserti Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammitining yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi. Siyosiy aloqalarning faollashuvi iqtisodiy munosabatlar rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-­sotiq rivojlanishi mintaqaning investitsion jozibadorligi oshishiga zamin yaratmoqda. 2020 yil yakuniga ko‘ra, mintaqaga kiritilgan jami xorijiy sarmoyalar qiymati 37 milliard dollarni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 40 foizga oshdi. Bu raqamlar qisqa muddatda qanchalik o‘sishga erishilganini yaqqol ifoda etadi. O‘zbekiston mintaqa mamlakatlari, xususan, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan eng nozik masalalar yechimida, ayniqsa, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida pragmatik yondashib, tarixiy kelishuvlarga erishmoqda. Qo‘shni mamlakatlar chegaradosh hududlari darajasida aloqalar kengayib borayotgani, xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan faol foydalanilayotgani ham mintaqa davlatlari munosabatlarini mazmunan boyitmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan maxsus komissiya tuzildi. Hozirgi kunda suv xo‘jaligi bo‘yicha mavjud bo‘lgan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishga aloqador barcha muammolar o‘zaro manfaatli qarorlar asosida yechimini topmoqda.


3 . Ichki valyuta bozori 2021-yilda chet el valyutasiga boʼlgan talabning ortishi hamda qulay tashqi bozor konyunkturasi va iqtisodiy oʼsishning yuqori koʼrsatkichlari fonida taklifning ham oʼsishi bilan xarakterlandi.2021-yil davomida tashqi savdo aylanmasining jadallashishi kuzatildi. Xususan, eksport tushumlari hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) oʼtgan yilga nisbatan 34 foizga oʼsib, 11,6 mlrd. АQSh dollariga yetdi. Shuningdek, import toʼlovlari oʼtgan yilga nisbatan 25 foizga oshib, 25,7 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga boʼlgan talabning umumiy hajmi 2021-yilda 26,1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, 2019 va 2020-yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,7 va 1,3 barobarga oshdi.
1 -jadval


Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling