Afrika qit’asi mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy-madaniy xususiyatlari.(2 s)
Download 442.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Afrika qit’asi mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy-madaniy xususiyatlari .(2 s) Afrika qit’asi hududining etnomadaniy va iqtisodiy-siyosiy tafovutlanish omillari va tavsifi. Mintaqa mamlakatlari xo’jaligining shakllanishiga tabiiy sharoit va resurslarning o’rni. Mintaqa mamlakatlarining jahon iqtisodiyoti va xalqaro siyosatidagi o’rni va ahamiyati. Afrika mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining hududiy tafovutlari ularning tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy mintaqalarga ajratib tavsiflanishida namoyon bo’ladi. Umuman Afrika qit’asining iqtisodiy rayonlashtirilishi to’liq shakllantirilgani yo’q. o’quv va ilmiy adabiyotlarda bu qit’ani ikki yirik tabiiy va madaniy-tarixiy submintaqalarga ajratiladi. Bular SHimoliy Afrika va Tropik Afrika (yoki Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika). Tropik Afrikani o’z navbatida G’arbiy, Markaziy, SHarqiy va Janubiy Afrika (JAR siz) mintaqalariga ajratish qabul qilingan. SHimoliy Afrika. Maydoni 10 mln km 2 , aholisi 200 mln kishini tashkil etadi. Submintaqa holatini uning O’rta Yer dengizi bo’yida joylashganligi belgilaydi, chunki bu holat uning Janubiy Yevropa va Janubi-g’arbiy Osiyo bilan chegaradoshligini ta’minlaydi, natijada bu hududlarga dengiz yo’li orqali chiqish imkoniyati mavjud. Hudud ortini aholi kam yashaydigan Sahroyi Kabir chegaralaydi. SHimoliy Afrikaning xo’jalik hayoti dengizbo’yi chizig’ida to’plangan. Bu yerda ishlov berish sanoatining asosiy markazlari, sug’oriladigan yerlardagi subtropik dehqonchilik markazlari joylashgan. Tabiiyki ushbu chiziqda mintaqa aholisining deyarli barchasi shu hududda yig’ilgan. Bu hududdagi qishloqlar va shaharlar qiyofasi juda o’ziga xos bo’lib, geograflar va etnograflar tomonidan arabcha shahar tipi atamasi kiritilgan. Bunday shaharlarda ham barcha sharq shaharlaridagidek eski va yangi qismlar ajratiladi. Qishloqlardagi uylarning tomi tekis, loydan qurilgan bo’ladi. Eski shahar qismida hamisha markaziy o’rinda qasaba deb ataladigan eski qasr yoki qal’a bo’ladi va uning atrofida uylar tig’iz joylashadi. Uylar tekis tomli va yopiq hovlili bo’lib, bunday shaharlarning eng ko’zga ko’rinarli qismi sharqona 2 bozorlardir. Eski shahar, ko’pincha devor bilan ham o’ralgan bo’ladi, ular arabchasiga madina deb ataladi. Madinadan tashqarida zamonaviy yangi shahar qismi boshlanadi. Bunday qiyofa eng yirik shaharlarga ham xosdir. Qadimgi davrlardan beri madaniy rivojlanish markazi bo’lib kelayotgan Nil deltasidagi shaharlar, jumladan Qohira SHimoliy Afrikada arab dunyosining markazi hisoblanadi. Submintaqaning janubiy qismi siyrak o’zlashtirilgan. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi vohalarda joylashgan, bu yerlarda asosiy ekin finik palmasi hisoblanadi. Boshqa hududlarda tuyachilik bilan shug’ullanadigan ko’chmanchilar yashaydi, Jazoir va Liviyaning Sahroi Kabir qismlarida neft va gaz konlari mavjud. Nil daryosi bo’ylab ingichka chiziqda aholining yashash hududi Sahro ichiga ancha kirib borgan. Nil daryosida Asvon to’g’onining qurilishi muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Tropik Afrikaning maydoni 20 mln km 2 , aholisi 600 mln kio’shidan ortadi. Bu mintaqani yana Qora Afrika deb ataydilar. Bu mintaqada yashovchi xalqlarning barchasi ekvatorial irqqa mansubligi tufaylidir. SHunday bo’lsada ular etnik jihatdan juda katta tafovutlarga egadir. Xususan til ularning turli til oilalariga manubligi bu hududda ko’plab lahjalarning tarqalishiga olib kelgan. Tropik Afrika xo’jaligi va aholi joylashuvi bo’yicha bu yerdagi mamlakatlarning umumiylik jihatlari ko’p. Tropik Afrika iqtisodiy rivojlanish bo’yicha dunyodagi eng qoloq mintaqadir, mintaqa hududida 29 ta qoloq mamlakat joylashgan. Mintaqadagi ishlab chiqarishning asosiy sohasi qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Qishloq aholisining yarmiga yaqini natural qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadi, qolgan qismi ham mahsulot turining kamligi bilan belgilanadi. Asosiy mehnat quroli motiga (ketmon) bo’lib, u hatto ba’zi davlatlarning gerblarida ham aks etgan. Bu mintaqada ildiz mevali va ildiz tugunakli ekinlar (manioka yoki kassava, yams, batat yetishtiriladi, ulardan un, so’k va bo’tqa tayyorlanadi, shuningdek ekinlardan oqjo’xori, tariq, sholi, makkajo’xori, banan va sabzavotlar yetishitiriladi. CHorvachilik ancha zaif rivojlangan, bunga tsetse pashshasi ham 3 sabab bo’lgan, Efiopiya, Keniya, Somalida chorvachilikning ahamiyati katta bo’lsada, o’ta ekstensiv ravishda yuritiladi. Ekvatorial o’rmonlarda haligacha ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi qabilalar, hatto elatlar bor. Savanna va nam tropik o’rmonlarda iste’molchilikka asoslangan dehqonchilik o’rmonlarni yoqish orqali yangi yerlarni o’zlashtirish tarzida shakllangan. Umumiy manzarada ko’p yillik ekinlar – kakao, kofe, yong’oq, geveya, moyli palma, choy, sizal, ziravorlar yetishtirishga ixtisoslashgan mahsulot beruvchi dehqonchilik rayonlari keskin ajralib turadi. Bu ekinlarning ba’zilari plantatsiyalarda, ba’zilari dehqon xo’jaliklarida yetishtiriladi. Ayni shu ekinlar ko’pgina mamlakatlarning monokulturaviy ixtisoslashuvini belgilaydi. Tropik Afrikaning aksariyat aholisi mashg’ulot tarziga muvofiq qishloqlarda yashaydi. Savannalardagi daryo bo’ylarida katta qishloqlar, tropik o’rmonlarda kichik qishloqlar shakllangan. Tropik Afrika dunyodagi eng zaif industrlashgan mintaqa hisoblanadi. Bu mintaqada yagona ancha yirik tog’-kon sanoati rayoni – KDR (Kongo Demokratik Respublikasi) va Zambiya hududidagi Mis mintaqasi mavjud. Tropik Afrika eng kam urbanizatsiyalashgan hudud hisoblanadi. Undagi 8 ta davlatdagina millioner shaharlar bor, ular kichik shaharlar orasida alohida ajralib turadi. Bunday shaharlar qatoriga Dakar (Senegal), KDR dagi Kinshasa, Keniyadagi Nayrobi, Angoladagi Luanda kabilar kiradi. Tropik Afrika transport tizimining rivojlanishida ham ortda qolgan. ba’zi mamlakatlarda temir yo’l umuman yo’q. Yo’llar tizimi asosan portlardan ichkariga yo’nalgan. Tropik Afrikada atrof muhit sharoitining sifati keskin buzilmoqda. Bu hududdagi eng xavfli holatlar cho’llashish, o’rmonsizlanish, flora va faunaning kambag’allashuvidir. Bu yuqorida keltirib o’tilgan Saxel zonasiga tegishli muammolar bo’lib, tabiiy muhitning yomonlashuvi nafaqat tabiiy sabablarga ko’ra, balki aholining chorvani boqishi va daraxtlarni o’tin uchun kesishi oqibatida yuz bermoqda. Tropik Afrikaning ba’zi mamlakatlarida tabiat muhofazasining choralari 4 qo’llanilmoqda. Bu ayniqsa Keniya davlatida yaxshi shakllangan bo’lib, tabiiy turizmdan keladigan daromad kofe eksportidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Afrika dunyodagi eng iqtisodiy qoloq qit’a bo’lib qolmoqda. YaIM eng past bo’lgan 25 davlatning ichida 20 tasi Afrika mamlakatlaridir. Bu mamlakatlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishning eng past darajasi va tez ko’payayotgan aholisi bilan ajralib turadi. Masalan Eritreya, Somali, Burundi, Burkina-Faso, Mali, Nigerda aholi tabiiy o’sishi yiliga 3 va undan ko’p foizni tashkil qiladi. Ko’pgina mamlakatlar beqaror siyosiy vaziyatga ega, bu vaziyat tez-tez o’tkirlashib, aholi va xo’jalik uchun eng fojiali hol – harbiy to’qnashuvlarga aylanib ketadi. XX asrning so’nggi 10 yili va XXI asrning birinchi 10 yilligida sharqiy va g’arbiy Afrika hududlaridagi mamlakatlar, Zambiya, Nigeriya, Somali, Serra-Leone va yana bir qancha davlatlarda ichki siyosiy to’qnashuvlar bo’lib o’tdi va hukumatlar o’zgardi. Afrikada qashshoqlik asosan 20 0 shimoliy kenglik va 10 0 janubiy kengliklar oralig’ida “joylashgan”. (SHu jumladan cho’llashish jadal kechayotgan va halokatli davriy qurg’oqchilik xos bo’lgan Saxel zonasi). Bu qashshoqlik mintaqasiga Gvineya-Bisau, Serra – Leone, Mali, Burkina-Faso, Benin, Kongo Respublikasi, Nigeriya, Niger, Kongo Demokratik Respublikasi, Tanzaniya, Burundi, Keniya, Efiopiya, Eritreya, Somali, davlatlari kiradi. Qashshoqlik shuningdek Afrikaning janubi-sharqiy burchagiga ham tegishli bo’lib, bu yerda Zambiya, Malavi, Mozambik, Komor orollari va Madagaskar kiradi. (shuningdek materik sohilidagi orollar ham). Afrika mamlakatlarining xo’jaligi uchun qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat, yengil (to’qimachilik) va tog’-kon sanoati xarakterlidir. Afrikada foydali qazilmalarning bir qancha mintaqalari hosil bo’lgan. Bunga SHarqiy Afrikadagi “Mis mintaqasi”, O’rta Yer dengizi va Gvineya qo’ltig’ida neft va gaz, fosforit zahiralari mintaqasi, G’arbiy va janubiy Afrikada olmos zahiralari mintaqasi mavjud, shuningdek Janubiy Afrikada oltin, toshko’mir, temir va ko’plab rangdor metall rudalari zahiralari mavjud. Bunday konlar asosan shimoliy, g’arbiy va janubiy qirg’oqbo’yiga yaqin hududlarda joylashgan. Lekin ko’pgina mamlakatlarda bu resurslardan keng miqyosda foydalanish imkoniyati cheklangan. 5 Faqat JARgina bundan mustasno. Turli ma’lumotlarga ko’ra dunyodagi platina, olmos, oltin zahiralarining 2/3 - ¾ qismi; marganets, xrom, fosforitning ½ qismi Afrika ulushiga to’g’ri keladi. Bu zahira konlarining deyarli barchasi JAR hududidadir. So’nggi yillarda metallurgiya, neftni qaytaishlash va kimyo sanoati, mashinasozlik va elektroenergetika tarmog’ining ahamiyati birmuncha ortib bormoqda. Lekin umuman olganda SHimoliy Afrikaning ayrim rayonlari va JAR ni hisobga olmaganda, ishlov beruvchi sanoat zaif rivojlangan. Eksport mahsulotlarida neft xom ashyosining ulushi yuqori bo’lgan mamlakatlar. Download 442.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling