Kimyo ta’limining tashkiliy shakli bo’lgan d a r s, va uning xususiyatlari
Download 57 Kb.
|
1 2
Bog'liqKO‘M.3-Mt
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo‘nalishi 301-guruh talabasi Musajonova Kamolatning Kimyo o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan. MUSTAQIL ISHI Kimyo talimining tashkiliy shakli bolgan dars va uning xususiyatlari Reja: 1.Dars talim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli. 2.Darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi. 3.Kimyo darslarini rejalashtirish. 4.Dars tizimi jarayoni. 5.Kimyo darslari klassifikasiyasi. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Dars ta’lim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli, darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi, kimyo darslarini rejalashtirish, yillik va yarim yillik rejalashtirish, tematik rejalashtirish, har bir dars rejasi, dars tizimi jarayoni, darslari klassifikasiyasi. Dars - maktabda ta’lim tarbiya, yani o’quv ishining tashkil etishning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi. Dars bu - didaktik vazifalar: ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, o’quvchilarni rivojlantiruvchi tizim qo’llaniladigan, o’qituvchi tomonidan ma’lum jarayonda ta’lim mazmuni, ta’minoti shakl va metodlarini tadbiq etgan asosiy tashkiliy shakldir. Aniq qoyilgan maqsad oqituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur faktik materialni tanlab olishiga imkon beradi. Qoyilgan maqsadga qarab, darsda oqitiladigan konkret material har xil bolishi mumkin. Dars 3 qismga bolinadi: Kirish Asosiy qism Xulosa Darsning kirish qismida- oquvchilar bilan tanishish, oquvchilar etiborini ishning oziga jalb etish, umuman sinfni oquv ishiga tayyorgarligini korib chiqish kerak. Darsning asosiy qismida - sorash va baholash kiradi. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash, uyga topshiriq berish. Togri tashkil etilgan uy topshiriqlari oquvchilarda mustaqil ishlash malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir Tipik dars quyidagi sxema asosida tuzilgan. Sinfni oquv ishiga tayyorlash. Sorash. Yangi materialni bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash. Uyga topshiriq berish. Darslar xilma-xil bolish mumkin: Har xil dars oquvchilarda bilimga havas hosil qilishning va bu havasni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir. Talim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir: kozlangan maqsadga va materialning mazmuniga qarab, talim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan tashkiliy formalarni emas, balki jonli, xilma-xil tashkiliy formalarni talab etadi. Darslar- yangi materiallarni organish, amaliy mashgulotlar darsi, mashq va masalalar darsi, nazorat darslari va boshqalar. Darsga shu sababli katta talab qo’yiladi. Asosiy talab ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni bajarish bo’lib hisoblanadi. Har bir darsning funksiyasi uning didaktik maqsadlaridan kelib chiqadi. Har bir darsning dars tizimidagi o’rnini aniqlash lozim. Shu dars mavzusi tizimida qanday o’rin egallashini aniqlab olish muhimdir. Kimyo ta’limi dasturi tahlil qilinganda avvalo uning ta’limiy funksiyasi hisobga olinadi. Shu jarayonda eng muhum tayanch bilimlar- kimyoviy tushunchalar, nazariyalar, qonunlar, faktlar, hisobga olinadi. Ana shu tayanch bilimlar o’qitish jarayonining mazmuni, bir - biriga bog’liqligini, ketma - ketligini ochib beradi. Bu jarayonda o’qituvchi o’zi va darslikdagi tayanch bilimlar mazmunini naqadar o’quvchilar ongiga yetkaza bilishi asosiy ish yoki faoliyat darajasining mezoni bolib hisoblanadi. Darsda tarbiyaviy funksiyani amalga oshirish shu mavzu mazmuni asosida o’quvchilarda ilmiy - materialistik dunyoqarashni shakllantirish bilan belgilanadi. Darsdagi rivojlantiruvchi funksiya- o’quvchini dars mazmuni asosidagi imkoniyatlar chegarasida logik fikrlash, fanga qiziqtirish, mustaqil faoliyatni ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Har bir dars tizimi rejasini tuzganda ulardagi mavzularning mazmuni asosida darsning maqsadi, uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi kabilar hisobga olinadi. Darsga tayyorlanish- ogir ish bu oqituvchini oziga xos ijodiy laboratoriyasi, lekin yaratish uchun uslubiyot sohasida yaxshi nazariy bilimga ega bolishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak. Rejalashtirish tizimi oz ichiga quyidagilarni oladi: 1. Yillik va yarim yillik rejalashtirish. 2. Tematik rejalashtirish. 3. Har bir dars rejasi. Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni 3 bosqichga bolish mumkin: yani oquv yiliga tayyorlanish, oquv temasi boyicha fanlar tizimiga tayyorlanish, navbatdagi darsga tayyorlanish. Birinchi bosqichda aniq sinf oquvchilarini nima uchun, nimaga va qanday oqitish kerak degan savollar yechiladi. Bunday oquvchilar otgan yili nimani va qanday oqiganligini yani kelajagini kora bilishi zarur. "Kimyo" fani boyicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar bu : - Oquv jarayonida kimyo darsnining orni. - Uning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi - Tematik reja, odatda xalq talimi vazirligini instruktiv hujjati yoki oqituvchi uchun metodik qollanmalari. Oquv yili boshlanguncha oqituvchi dasturni organib chiqadi, maktab darsligi mazmunini tahlil qiladi, oqituvchi va oquvchi uchun alohida adabiyotlar royxatini tuzadi. Oquv yili boshlanguncha kimyo xonasining jixozlari, ularning ishlashi , pedagogik dasturiy taminot (PDT) mavjudligi tekshiriladi. Oquv rejasi va dasturiga muvofiq darslar boyicha oquv materialini taxminiy bolishini oz ichiga olgan yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi. Oqituvchi darsga tayyorlanishinig asosiysi tematik rejalashtirishdir. Tematik rejalashtirish har bir aniq darsni berilgan mavzu boyicha darslarning umumiy zanjirida muhim buginday korib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir darsni ahamiyatini oshiradi, oqish sifatini butunlay yaxshilaydi. kimyo darslarini kimyo xonasida otkazishga tayyorlanish va rejalashtirishning ajratib turuvchi xusisiyatlari, dars negizida qoshilishi kerak bolgan pedagogik vositalarnig bolaklarining barcha, aspektlarni yaxshilab korib chiqish zarur. Shu bilan birga pedagogik dasturiy taminotdan foydalanmoqchi bolgan darsga tayyorlashda, oquvchining ratsionalizasiyalash uchun u barcha vositalar kimyo xonasida oquv- metodik kompleks formada, uning ichida pedagogik vositalar, oquv jarayonida undan foydalanuvchi boyicha metodik tavsiya, pedagogik dasturiy taminotdan foydalanish bilan dars oqitishning metodikasi tasvirlanishi kerak. Ular orasida: - reja maqsadga muvofiq usha yoki boshqa pedagogik dasturiy taminotni ishlatish. - tayin vaqtdla pedagogik dasturiy taminotdan foydalanishda talab qilinadigan bilim. - oquvchilarning kimyoviy asboblar bilan ishlashda gigiyenik chegarasi. - pedagogik dasturiy taminot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat. Kimyo darsiga tayyorlanish oqituvchini boshqa darslarga tayyorlanish rejasidan farq qilmaydi, lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki, ularsiz kimyo darsiga tayyorlanish samarasiz va maqsadga muvofiq emas. Kalendar tematik ish reja kimyo dasturi asosida tuziladi. Hozirgi sharoitda umumta’lim maktabi uchun Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib aprabasiyadan o’tkazildi. Bu holat Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini ruyobga chiqarishning yorqin misoli edi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling