1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari
Boshqa davlatlarining ichki vakolati hisoblangan ishlariga aralashmaslik prinsipining
Download 122.09 Kb.
|
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org
Boshqa davlatlarining ichki vakolati hisoblangan ishlariga aralashmaslik prinsipining asosiy mazmuni BMT Nizomida o‘z aksini topgan. Ushbu Nizom BMTga har qanday davlatning ichki ishlariga aralashishiga vakolat bermaydi hamda a’zo davlatlardan ishlarni Nizom asosida hal etish uchun bunday ishlarni talab qilmaydi. Faqatgina bitta istisno – VII bobga asosan choralar ko‘rishga prinsip daxl qilmaydi.
Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi, shuningdek suverenitetlikning mavjudligi bilan uzviy bog‘liq hamda uning elementlaridan biri bilan – davlatlarning o‘z ichki vakolatini amalga oshirishda mustaqilligi kabi elementiga asoslanadi. 1998-yil qabul qilingan Xalqaro jinoyat sudi Nizomining muqaddimasida shunday deyilgan: “Hech narsa Nizomda biror bir davlatga har bir davlatning ichki ishi sohasi hisoblangan qurolli mojaroga aralashish huquqini bermaydi”. Mohiyatan, agarda bitta davlatning geografik chegarasi doirasida sodir bo‘layotgan, xavfsizlik va xalqaro barqarorlikka xavf solayotgan, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga zid tarzda bo‘lsa, ichki ishlariga taalluqli emas deb e’tirof etiladi. Ammo “ichki ishlar”i deb davlatning to‘liq mustaqil tarzdagi hal etish huquqini (xalqaro kelishuvlardagi ishtiroki yoki har bir masalada o‘zining mustaqil o‘rniga (pozitsiya) ega bo‘lish) “tashqi ishlar” deb tushunish ham mumkin. Xalqaro shartnomalarda qayd etilgan nazorat, inspeksiya va tekshiruv choralarini amalga oshirish ichki ishlarga aralashmaslik deb hisoblanadi. Bunda mazkur chora-tadbirlar a’zo davlatlar suverenitetini hurmat qilish orqali amalga oshirilishi lozim. Ichki vakolatlarga taalluqli va taalluqli bo‘lmagan ishlar o‘rtasidagi chegara turg‘un emas. 1923-yilgi Xalqaro odil sudlov Doimiy palatasining kansultativ xulosasida ta’kidlanganidek: “Davlatning favqulodda yurisdiksiyasida mavjud bo‘lgan ishlar haqidagi masala o‘z mohiyatiga ko‘ra nisbiy masala bo‘lib, xalqaro munosabatlarning rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi”6. Davlat hayotini internatsionallashtirish sharoitida ichki vakolatga taalluqli ko‘p sonli barcha ishlar u yoki bu tarzda xalqaro-huquqiy tartibga solishning predmetiga aylanadi. Hozirda inson asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari davlatning g‘oyatda ichki ishlari sohasi sifatida qaralamayapti. YXHKning 1991-yilgi Inson mezoni to‘g‘risidagi Moskva kengashining hujjatida ushbu sohada davlatlarning qabul qilgan majburiyatlari “barcha ishtirokchi davlatlar uchun g‘oyatda ichki ish sifatida emas, balki bevosita va qonuniy manfaat sifatidagi masala hisoblanadi”. Ammo boshqa bir davlatning inson huquqlari buzilishida “aralashish huquqi”ning, masalan, ichki qurolli mojaro vujudga kelganda aralashishni anglatmaydi. Prinsipga muvofiq davlat mustaqil tarzda, chetdan hech bir aralashuvsiz yoki har qanday tazyiqlarsiz o‘z siyosiy, iqtisodiy tizimini o‘rnatish; tabiiy resurslarini mustaqil tasarruf etish; buni mustaqil tarzda yoki shartnoma asosida ishlab chiqish; soliq va boshqa yig‘imlarni joriy qilish; bojxona qoidalarini, xorij fuqarolarining o‘z davlat hududlariga kelish tartibini o‘rnatish huquqiga ega. Mazkur prinsip doirasida davlatning majburiyatlari boshqa bir davlatning ichki ishlariga aralashmaslikdan iborat, ya’ni boshqaruv shaklini o‘rnatish, referendum va plebistit (juda muhim masalalarni hal qilishni umumxalq ovoziga qo‘yish)ni o‘tkazish, qonunlar qabul qilish, qarzlarni tasarruf qilish v.b. Davlatlar alohida huquq va ustunlikka ega bo‘lish maqsadida noqonuniy tarzda tazyiq o‘tkazish sifatida qaraladigan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari lozim. Bu esa moliyaviy bosim, kreditlar ajratilganda ularga qandaydir imtiyozlar berishni va’da qilish, kreditor davlat mahsulotini sotib olish sharti bilan kreditlash, territoriyadan voz kechish v.b. Shuningdek ichki ishlarga aralashish deb davlatning roziligisiz uning hududida eshittirishlar (radio, televideniya) tashkil qilish ham hisoblanadi. Download 122.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling