1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


Download 122.09 Kb.
bet2/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

Xalqaro huquqning predmeti – davlatlar manfaatlarini ifoda qiladigan u yoki bu shakldagi har qanday ommaviy-huquqiy munosabatlar.
Xalqaro huquqning maqsadi – davlatlararo munosabatlarni tartibga solish va ularning manfaatlarini ifodalash.
Xalqaro huquqda vijdonlilik, soflik, xalqaro odatlarga hurmat bilan qarashga qattiq rioya qilinadi. Bugungi kunga kelib davlatlar o‘rtasidagi iltifotli munosabatlar amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, davlatlar bir-biriga vijdoniy nuqtayi nazardanmas, balki mavjud huquqiy holatdan kelib chiqib imtiyozlar (masalan, diplomatlar uchun) yaratadi.
Xalqaro huquqning quyidagi o‘ziga xos jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) tartibga solish predmeti – tinchlik va ko‘p tomonlama hamkorlik sohasida suveren va mustaqil davlatlar o‘rtasidagi xalqaro munosabatlar;
2) xalqaro huquq subyekti – suveren davlatlar, o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlar, xalqaro tashkilotlar va davlatlarga o‘xshash tuzilmalar;
3) xalqaro huquq obyekti – moddiy va nomoddiy boyliklar (manfaatlar), ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa harakatlar yoki harakatlardan tiyilish;
4) norma ijodkorligining o‘ziga xosligi – xalqaro huquq subyektlari xohish-irodasini muvofiqlashtirish, xalqaro majburiyatlarni ixtiyoriy qabul qilish yo‘li bilan tuziladi;
5) norma realizatsiyasining o‘ziga xosligi – ixtiyoriy va erkin bajariladi, xalqaro qonunchilik buzilishi natijasida individual va kollektiv majburiy choralar qo‘llashni o‘z ichiga oluvchi xalqaro javobgarlik alohida belgilanadi.
Huquq tizimiga umumiy ma’noda ta’rif beriladigan bo‘lsa, bu ijtimoiy munosabatlarning xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, u huquq normalari, huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy ilmiy izchillikda joylashgan tartibi. Shunday ekan, xalqaro huquq tizimini o‘rnatish uchun uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish, boshqacha aytganda, uning ichki tuzilishini belgilab olishi lozim.
Xalqaro huquq murakkab tizimdan iborat bo‘lib, bir tomondan, u umume’tirof etilgan norma-prinsiplar yig‘indisi hisoblansa, boshqa tomondan tartibga solish predmatiga muvofiq keluvchi normalar yig‘indisidan iborat sohalarni o‘z ichiga olgan.

Xalqaro huquq tizimi – xalqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir-biriga bog‘liq norma va prinsiplar yig‘indisi.


Ikki huquqiy tizim – xalqaro va milliy (yoki ichki davlat) huquqning o‘zaro aloqasini ta’minlash bugungi kunda har qanday davlat tashqi siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Hozirgi kunda milliy va xalqaro huquqiy tizimlar o‘rtasidagi munosabatlar eng dolzarb masalalardan biridir. Ularning maqsadi, umuman, munosabatlarni tartibga solish bo‘lishiga qaramasdan, ular o‘rtasida bir qator farqlar mavjud. Xalqaro huquq davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi bilan, tartibga solish obyekti bilan milliy huquqdan ajralib turadi. Milliy huquq esa u yoki bu davlat hududi chegarasi doirasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Ikki tizimning o‘ziga xos jihati sifatida shuni ta’kidlash lozimki, ular doimiy ravishda bir-birining normalarini o‘zlashtirib turadi.
Xalqaro huquq va milliy huquq o‘rtasida turli farqlar va o‘xshashliklar bo‘lishiga qaramasdan, ikki huquq tizimi doimiy ravishda bir-birini taqozo qiladi, biri-biriga ta’sir qilib turadi. Bu masala xalqaro huquq doktrinasida o‘zining nazariy asoslariga ega.


Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling