1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


Download 122.09 Kb.
bet8/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
  1. Mualliflar jamoasi. “Xalqaro huquq”, Darslik., T.: TDYU nashriyoti., 2018.





  1. Mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot savollari



T/R


Ma’ruza rejasi


Amaliy mashg‘ulot savollari


1

Xalqaro huquq normalari


Xalqaro huquq normasi tushunchasi.


Xalqaro «yumshoq» huquq tushunchasi. «Yumshoq huquq» («soft law») va «qattiq huquq» («hard law»)ning mutanosibligi qanday?


Xalqaro huquq normalarini tasniflang.


Xalqaro huquq normalarini qo’llash tushunchasi nimadan iborat?


Xalqaro huquq normalarini sharhlash tushunchasi, qoidalari va usullari nimalardan iborat?




Amaliy mashg‘ulot savollariga javoblar


  1. savol. Xalqaro huquq normasi tushunchasi.


Javob. Xalqaro huquq normalari – bu davlatlar va boshqa subyektlarning faoliyati va o‘zaro munosabatlarining umummajburiy qoidalari hisoblanadi. Xalqaro huquq normalari ikkita ma’noda tushuniladi: moddiy (jamiyat hayotining moddiy sharoiti) va rasmiy (huquq normasining ifodalanganlik shakli). Ular davlatlar tomonidan tan olingan biron bir davlatning erkini, istak-xohishini muvofiqlashtirish natijasining namoyon qilish shakli, shuningdek xalqaro-huquqiy normalarni qayd qilish shakli hisoblanadi.
Xalqaro huquq normasi subyektlarning kelishuvi asosida yaratilgan, ular uchun huquq va majburiyatlarni o‘rnatuvchi rasmiy qat’iy qoida bo‘lib, uni amalga oshirish yuridik mexanizm bilan ta’minlanadi. Xalqaro huquq normalarini, masalan, xalqaro huquq subyektlarining o‘zaro munosabatlari davomida ham rioya etiladigan odatlardan farqlash lozim. Agar xalqaro huquqiy normalar – bu yuridik jihatdan majburiy bo‘lgan qoidalar bo‘lsa, odatlar yuridik majburlikdan mahrum bo‘lganidir. Xalqaro huquqiy normalarni buzish xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi, odat normalarini buzish esa bunday javobgarlikni keltirmaydi.



Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling