1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


-savol. Xalqaro huquq va milliy huquqning o‘zaro munosabatlari qanday? Javob


Download 122.09 Kb.
bet5/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

4-savol. Xalqaro huquq va milliy huquqning o‘zaro munosabatlari qanday?

Javob. Xalqaro va milliy huquq manbalarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ular o‘rtasida umumiylik va alohidalik mavjud. Xalqaro va milliy huquq manbalarining umumiyligini ularning tabiati, xarakteri va hatto nomlanishida ham ko‘rish mumkin. Masalan, huquqiy shartnomalar, doktrina, odat va sud qarorlari. Xalqaro va milliy huquq manbaalarining alohidaligini ularning mazmuni, qabul qilinishida ko‘rish mumin. Xalqaro va milliy huquqni xarakterlaydigan yuqoridagi umumiylik va alohidalik boshqa xususiyatlar mavjudligini inkor etmaydi. Xalqaro va milliy huquqning o‘ziga xos jihatlari turli sohalarda ularning institutlari va normalarning amaliyotda qo‘llanishi, inson huquqlarini huquqiy himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda ko‘rinadi.
Xalqaro huquq va milliy huquqning umumiy xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularni quyida keltiramiz:
1. Ikki huquq tizimi majburiy tartibda bajarilishini ta’minlovchi yuridik prinsiplar va normalar yig‘indisini ifodalaydi.
2. Huquq tizimlari o‘ziga xos tuzilmalarga ega: ikkita tizimda ham asosiy prinsiplar mavjud, ikki tizim ham soha va institutlarga bo‘linadi, ikkita tizimning dastlabki elementi norma hisoblanadi.
Xalqaro huquq va milliy huquq o‘rtasida turli farqlar va o‘xshashliklar bo‘lishiga qaramasdan, ikki huquq tizimi doimiy ravishda bir-birini taqozo qiladi, biri-biriga ta’sir qilib turadi. Bu masala xalqaro huquq doktrinasida o‘zining nazariy asoslariga ega.
Dualistik nazariya (uning ko‘zga ko‘ringan vakillari – Tripsl, Ansilotti, Kamarovskiy) XIX asr oxirida paydo bo‘lgan bo‘lib, bu nazariyada xalqaro va davlat milliy huquqining o‘ziga xos jihatlari inobatga olingan holda tartibga solish obyekti, huquqiy munosabatlar subyektlari tarkibi, yuridik normalarning paydo bo‘lish manbalari jihatdan bu ikki tizim bir-biriga bo‘ysunmasligi ta’kidlanadi. Dualizm tarafdorlari ikki huquqiy tizim o‘rtasida hech qanday to‘qnashuv kelib chiqmasligini, ular turli darajada tartibga solish bilan shug‘ullanadi, har birining tartibga solish sohasi turlicha ekanligini bildirishadi.
Faqat vaqt o‘tishi bilan ikki tizim o‘rtasida o‘zaro aloqaning mavjudligi va usiz bu tizimlarning hech biri o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajara olmasligi haqida fikrlar ilgari surila boshlandi. Bunday qayta yo‘nalish olish “dialektik dualizm” deb ta’riflandi. U xalqaro huquqning ichki huquqdan ustunligini tan olgan holda, xalqaro huquq va davlat ichki huquqining uzviy bog‘liqligini e’tirof etish bilan tavsiflanadi
Dualistik nazariyadan farqli o‘laroq, monistik konsepsiya (Lasson, Kaufman, Kelzen, Russo va bosh.) ko‘rilayotgan ikki tizimning birligini asoslaydi, ammo ularning biri ikkinchisidan ustuvorligini tan oladi. Monistik yo‘nalishlardan birining qarashiga ko‘ra xalqaro huquq go‘yo milliy huquqiy tizimlarning davomi yoki yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi yoxud normalari faqat davlat ichki huquqiga u yoki bu tarzda kiritilgandagina yuridik kuchga ega bo‘ladigan “davlat tashqi huquqi”ning davomi hisoblandi. Monistik nazariyaning boshqa yo‘nalish vakillari esa, aksincha, xalqaro huquqni faqat ichki huquqning harakat doirasinigina emas, balki uning butun normativ qoidalari mazmunini ham belgilovchi yuqori huquqiy tizim sifatida tan olish tarafdorlaridir.

Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling