1 Statistika predmeti
Download 99.52 Kb.
|
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Statistik ko‘rsatkichlar
1 Statistika predmeti deganda statistika o‘rganadigan ob’ekt, uning jihatlari va rivojlanish qonuniyatlari, statistik fikrlash, tushuntirish mazmunini tashkil etuvchi voqealar, ularning mohiyatidan kelib chiqadigan sabab-oqibat bog‘lanishlar, statistika fanining mazmunini yoritib beradigan bilimlar doirasi nazarda tutiladi. Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni o’rganadi. Ular biror narsalar to’plamida va o’zaro bog’langan to’plamlar orasida kechadi. Bu yerda hodisa so’zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir so’z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda bo’lgan real voqeani bildiradi. Masalan, oilada bola tug’ilishi, paxta hosili, ishchilar soni, yog’ingarchilik (qor yoki yomg’ir yog’ishi), atrof-muhit bulg’anishi va hokazolar. Jarayon so’zi voqealar oqimini, ularning ma’lum makon va zamon sharoitida qanday tezlikda kyechishini, yuzaga chiqish yoki chiqmasligini, o’zgarishini, hodisalar rivojlanishini anglatadi. 3 Statistik ko‘rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o‘zaro bog‘lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan birliklar (obektlar) to‘plami yoki guruhining xossalarini umumlashtirib tavsiflaydi. SHu jihatdan u yakkama-yakka belgilardan farq qiladi. Masalan, har bir kishining yashash umri belgi sanaladi. Mamlakat yoki mintaqa aholisining o‘rtacha yashash umri statistik ko‘rsatkichdir. Statistik ko’rsatkichlar ommaviy hodisa va jarayonlar haqida axborotlar beradi, ularning istiqbol dasturlarini ishlab chiqish uchun zamin yaratadi va ularni amalga oshirish ustidan kuchli qurol hisoblanadi. Ulug’ nemis yozuvchisi, shoiri va mutafakkiri I.V.Gyote abadiy ko’z yumishidan ikki yil oldin o’z kotibasi Ekkermann bilan suhbatda: «Aytmishlarki, sonlar go’yo olamni boshqaradi. Ammo aminmanki, sonlar olam qanday boshqarilayotganini o’rgatadi».10-degan edi. Rossiyada birinchi marotaba chop etilgan statistika darsligining muallifi K.F.German (1762-1838) o’z kitobida yozgan edi: ‘‘Statistika yaxshilikni ham, yomonlikni ham oshkor etuvchi darakchi va hukumat nazoratchisidir’’.11 Haqiqatda ham safsatavoz nutqlar yoki reklama xabarlariga tayanib emas, balki ishonchli aniq statistik ko’rsatkichlarga asoslanib, xalq ayrim rahbarlarning faoliyatini baholashi mumkin va kerak. Ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda statistik ko’rsatkichlar qo’yidagi funksiyalarni bajaradi: -o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni miqdoriy ifodalash va baholash, ya’ni o’lchash funksiyasi; -ularning muhim tomonlariga e’tiborni jalb qilish,yuzaki tomonlarini soqit qilish,ya’ni umumlashtirish funksiyasi; -hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni tavsiflash va qonuniyatlarni miqdoriy ifodalash, ya’ni analitik funksiya; -axborotlarni ommalashtirish, ya’ni reklama funksiyasi; 4 Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin, ularni o‘qish va tushunish oson bo‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so‘z bilan bayon etish, jadval shaklida ifodalash, grafiklar orqali tasvirlash. Ma’lumotlarni so‘z bilan matnda bayon etish ko‘rinishda yaxshi yo‘lga o‘xshab tuyulsa ham, ammo subektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo‘llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo‘linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion. Oddiy jadval deb o‘rganilayotgan obektlar va ularning ko‘rsatkichlari birma-bir ro‘yxat ko‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi. Oddiy jadvalga misol qilib quyidagi Download 99.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling