1 Statistika predmeti
-rasm. Asosiy variatsiya ko‘rsatkichlari
Download 99.52 Kb.
|
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o
7.1-rasm. Asosiy variatsiya ko‘rsatkichlari
1. Variatsion kenglik - belgining eng katta va eng kichik darajalari o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi: R = Xmax - Xmin 2. O‘rtacha absolyut (mutloq) tafovut - individual miqdorlar bilan ularning o‘rtacha miqdori o‘rtasidagi farqlarning to‘plamdagi birliklari soni yig‘indisiga 10 Tanlanma tekshirish nazariyasi tahliliy statistikada alohida o’rin egallaydi va turli amaliyot sohalarida keng qo’llanadi. Bozor iqtisodiyoti muhim hodisa va jarayonlarni o’rganishda bu uslubdan foydalanish uchun obyektiv sharoit va zaruriyat yaratadi. Katta hajmli yoki umuman cheksiz to’plamlar haqida kam mehnat va mablag’ sarflab nazariy va amaliy jihatdan qoniqarli axborotlarni olish yo’li - bu tanlanma kuzatishdir. Tanlanma ma’lumotlari asosida : - bosh to’plam taqsimotlari aniqlanadi; - ularning xarakteri o’rganiladi va turli egri chiziqlar shaklida matematik ifodalanadi; - bosh to’plamning barqaror ko’rsatkichlari baholanadi; - ularning ishonchlilik darajasi iloji boricha obyektiv belgilanadi; - bosh to’plam ko’rsatkichlari haqidagi ilmiy gipotezalar va har xil eksperimental izlanish natijalari tekshiriladi. 11 Tanlanma asl ma’nosi bilan tasodifiy, ma’lum tartibda yo’naltirilgan va aralashma-quralashma bo’lishi mumkin. Tasodifiy tanlash alohida ahamiyatga sazovor bo’lishining sababi shundaki, olinadigan natijalar ehtimoliy muzokaralar shaklida baholanishi mumkin. Kuzatuvchining shaxsiy hohishi kabi subyektiv holat mavjudligi tanlanma siljish hafv-xatarini tug’diradi va muntazam xatoga olib keladi, shuning uchun oldini olishga intilish lozim. Har bir holda tanlash usuli va texnikasini qo’llash ayni holat sharoitiga va mablag’ hamda resurslar bilan ta’minlanishga bog’liq. Agar tanlash tasodifiy bo’lmasa, u holda undan olinadigan bosh to’plamni baholash natijalarining ishonchliligi ma’lum darajada shaxsiy mulohazalar ta’sirida bo’ladi. 12 Statistik to’plam birliklarini uzoq vaqt davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari bo’yicha tasniflash mumkin. Bu holda vujudga keladigan qator dinamika qatori deb ataladi, chunki u o’rganilayotgan jarayon dinamikasini tasvirlaydi. Dinamika so’zi grekcha “dynamikos” so’zidan olingan bo’lib, kuchga tegishli, kuchli degan lug’aviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o’sish yoki rivojlanishni anglatadi. Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketma-ketligi bo’lsa, dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketma-ketliklaridir. Dinamika qatori quyidagilar bilan xarakterlanadi: - uzoq muddatli harakat yo’nalishi, ya’ni umumiy asriy tendensiya; - qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o’zgarishlar; - ayrim yillarga tegishli tebranishlar; - mavsumiy to’lqinlar; - konyunkturaviy tebranishlar. Dastavval ko’rsatkichlarning taqqoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o’lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo’lishi kerak. Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko’rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo’lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang’ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo’lmasligi nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko’rsatkichlar teng chegarali hududlarga tegishli bo’lishini anglatadi. 13 Indeks so‘zi lotincha "indeks" atamasidan olingan bo‘lib, belgi, ko‘rsatkich degan ma’nolarni bildiradi. Statistikada indekslar deganda mahsus iqtisodiy ko‘rsatkichlar tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy indekslar bevosita umum o‘lchovga ega bo‘lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy indekslar bevosita umum o‘lchovga ega bo‘lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo‘yicha o‘rtacha o‘zgarishini ob’ektlararo yoki hududlararo taqqoslash natijasini ifodalaydi. Indekslar yordamida shuningdek shu hodisa va jarayonlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning roli va hissasi ham narxlanadi. Indekslar murakkab hodisaning ayrim birliklari uchun ham va umuman murakkab hodisa uchun ham hisoblanish mumkin. Ular individual (alohida) va umumiy indekslarga bo‘linadi. To‘plamning ayrim birliklari uchun hisoblangan indekslar individual, barcha to‘plam uchun hisoblangan indekslar esa umumiy (agregat) indekslar deb ataladi. Asosiy individual indekslar quyidagilardan iborat: - ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulotning fizik hajmi indeksi; 01 qq i q - narx indeksi; 01 pp i p - tannarx indeksi; 01 cc ic - qiymat (tovar oboroti) indeksi; 00 1 1 qp q p i pq - mehnat unumdorligi indeksi. 10 / 1 tt i t Download 99.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling