1 Statistika predmeti
Download 99.52 Kb.
|
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 Statistikada o‘rtacha miqdor
5 Statistikada tasniflash deganda o‘rganilayotgan narsalar va hodisalarni tartiblash maqsadida ularning tabiati, o‘xshashlik va farqlovchi xususiyatlariga qarab ma’lum qismlarga, guruhlarga, sinflarga, turkumlarga, turlarga taqsimlash tushuniladi. Taqsimlash asosi qilib olingan belgi yoki belgilar to‘dasi tasniflash belgisi, ularning har bir sohibi tasniflash birligi deb ataladi.
Statistikada tasniflagich deb ma’lum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan ob’ektlarning (iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari, korxonalar, faoliyat turlari, tovar va xizmatlar, byudjet daromadlari va xarajatlari, kasb-hunarlar, asosiy fondlar va h. k.) tartiblashtirilgan ro‘yxati (sanoqnomasi) yuritiladi. Kod - bu tasniflash guruhlari va ob’ektlarini belgilash uchun qabul qilingan shartli nishon yoki alomatlar to‘plami. U ob’ekt nomi o‘rnini bosadi va uni identifikatsiyalash (tasniflashdagi o‘rnini qaysi tavsif guruhiga mansubligini aniqlash) vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Faset - (fr. Facette) so‘zi lug‘aviy jihatdan biror narsaning, masalan geometrik shakl, oyna va hokazo qirrasini anglatadi. Tasniflashda bu so‘z ro‘yxat, ma’lum tartibda nomma-nom sanash ma’noga ega. Har bir faset tasniflash ob’ektlarini bir belgi asosida ketma-ketlik tartibida sanab chiqish yo‘li bilan tuziladi. Agarda ob’ekt mustaqil, qat’iy o‘zaro bog‘lanishga ega bo‘lmagan fasetlar (ro‘yxatlar) to‘plami yordamida tasvirlansa, u holda ayrim fasetlarni turli masalalarni echish uchun foydalanish mumkin. Faset shaklida tuzilgan tasniflashga dunyo mamlakatlarini xalqaro standart tasniflanishi misol bo‘la oladi. O‘rtacha miqdor statistikada eng keng tarqalgan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Fakat o‘rtacha miqdor yordamida miqdoriy o‘zgaruvchan to‘plamni xarakterlash mumkin. 7 Statistikada o‘rtacha miqdor deganda - bir turdagi ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ifodalovchi miqdor, ko‘rsatkich tushuniladi. O‘rtacha miqdorning xususiyati shundaki, u to‘plamning umumiy darajasini yoki undagi ayrim birliklarning darajasini ifodalamasdan, balki o‘rganilayotgan belgi umumiy darajasining to‘plam birliklariga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi. O’rtacha miqdorlar variatsion qatorlarning muhim tasviriy parametri sifatida quyidagi xossalarga ega (6.1. rasm). Download 99.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling