1 Statistika predmeti


Download 99.52 Kb.
bet6/9
Sana03.11.2023
Hajmi99.52 Kb.
#1744932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o

Natura o‘lchov birligi deganda o‘rganilayotgan hodisaning iste’mol qiymatini, uning ichki hususiyatini ifodalovchi og‘irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi (gramm, gektar, tonna, metr, m3, dona, kishi va hakozo).
Shartli - natura o‘lchov birligi deganda bir xil turdagi iste’mol qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov birliklari tushuniladi (shartli banka, shartli yoqilgi va hakozo).
Ba’zi bir murakkab hodisalarni ikkita va undan ortiq o‘lchov birliklarini o‘zaro birikma bilan ifodalashga to‘g‘ri keladi. (tonna kilometr, kilometr - soat, kishi - kuni va hakozo). Bunday o‘lchov birliklari kompleks o‘lchov birliklari deyiladi.

16 Statistikada nisbiy miqdorlar deganda bir miqdorni ikkinchisiga bo‘lish natijasida olingan hosila tushuniladi.


Masalan, 2020 yili O‘zbekiston Respublikasi eksportida paxta tolasi, 42,0 %ni, xizmatlar 9,0 %ni tashkil qildi, sanoat ishlab chiqaruvchilarning narxlari 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 102.3 %ga oshgan, aholi soni esa 101,5 %ga ortgan.
Masalan, siyosiy partiyalarni ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan Davlat byudjeti mablag‘lari hajmi joriy yilning I yarim yilligida 27,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 10,0 foizga ko‘paydi13
Nisbiy miqdorlar har xil shakllarda ifodalanadi. Ularning ifodalanish shakli bazis miqdorning qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog‘liqdir. Agar taqqoslash asosi 1 ga tenglashtirib olinsa, u holda nisbiy miqdorlar koeffitsientda, asosi 100 ga teng bo‘lsa foizda (%) va asosi 1000 ga tenglashtirib olinsa, nisbiy miqdorlar promilleda (%0) ifodalanadi.
Miqdor - hodisaning tashqi qiyofasi (aniqligi) bo‘lib, uning u yoki bu xossasining o‘lchami, soni, ro‘yobga chiqish darajasi shaklida ko‘rinadi.
Ijtimoiy iqtisodiy hodisa va jarayonlarning hajmi, soni, miqdori va darajasini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar mutloq (absolyut) miqdorlar deb ataladi.
Masalan. N mamlakatida aholi soni 1.01.2018 da 26,4 mln. kishini. 2017 yili etishtirilgan paxta 3749 ming tonnani, ishlab chiqarilgan go‘sht 1060,4 ming tonnani, sut 4554,7 ming tonnani va tuxum 1966,4 mln. donani tashkil etdi.
Ifodalanishiga qarab mutloq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo‘linadi.
Yakka mutloq miqdorlar kuzatilayotgan to‘plamning alohida birliklarini ifodalaydi, umumiy mutloq miqdorlar esa kuzatilayotgan to‘plamni ta’riflaydi. Mutloq miqdorlar naturada, shartli naturada, pul va kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin.

18 Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo‘lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko‘rsatkichlari tasvirlanadi. CHiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi.


Quyidagi ma’lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.(4.1-rasm)
Chiziqli diagramma yordamida shartnomalarni bajarish sur’atlarini aniqlash va analiz qilish ham mumkin. Bu holda vertikal (ordinata) o‘qqa shartnomada ko‘zlangan topshiriqlar bilan haqiqatda bajarish ko‘rsatkichlari hamda o‘tgan davrda erishilgan darajalar joylashtiriladi. Chiziqli diagramma yordamida variatsion qatorlar ham tasvirlanadi. Bu holda gorizontal o‘qqa qatorning asoslari (variantalar), ya’ni o‘zgaruvchan belgi qiymatlari, vertikal o‘qqa esa ularning uchrashish sonlari (ayni qiymatga ega bo‘lgan obektlar soni) joylashtiriladi.
Chiziqli diagramma yordamida variatsion qatorlar ham tasvirlanadi. Bu holda gorizontal o’qqa qatorning asoslari (variantalar), ya’ni o’zgaruvchan belgi qiymatlari, vertikal o’qqa esa ularning uchrashish sonlari (ayni qiymatga ega bo’lgan obyektlar soni) joylashtiriladi. Diskret variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma taqsimot poligoni deb ataladi. 4.3-rasm shirkat ho’jaliklarining paxtachilik brigadalari soniga qarab taqsimot poligon shaklida tasvirlangan.



Download 99.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling