1 Statistika predmeti


Download 99.52 Kb.
bet8/9
Sana03.11.2023
Hajmi99.52 Kb.
#1744932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Statistika predmeti deganda statistika11 o

Statistik guruhlash deganda, ijtimoiy - iqtisodiy hodisa va jarayonlarni, ularning muhim belgilari asosida bir turdagi guruhlarga ajratish tushuniladi.
Guruhlashni to‘g‘ri va ilmiy asosda tashkil etish ko‘p jihatdan guruhlash 31

belgilarini qanday tanlab olishga bog‘liqdir.


Belgilar, statistik izlanishning maqsadi va vazifalari nuqtai nazaridan muhim va muhim bo‘lmagan, ifodalanishga qarab esa miqdoriy va atributiv belgilarga bo‘linadi.
Guruhlashni amalga oshirishda quyidagi ishlar ketma - ketligiga amal qilish zarur:
1. Guruhlash belgisini aniqlash.
2. Guruhlar sonini aniqlash.
3. Guruhlar interval uzunligini hisoblash:
n X X h мin мах / ) (  
4. Guruhlarning quyi va yuqori chegaralarini aniqlash.
5. Ishchi jadvallarni tuzish.
6. Guruhlash belgisiga narx beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash.
7. Yakuniy jadvalni tuzish.
8. Yakuniy jadvalni iqtisodiy tahlil qilish.
Ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushunish oson bo‘ladigan va ixchamlashgan ko‘rinishda yozishga statistik jadval deyiladi. Statistik jadval sonlar joylashadigan qator va ustun chiziqlari kesishmasidan hosil bo‘ladi.
Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo‘linadi: oddiy, guruh va kombinatsion.
Masala. Sanoat tarmoqlaridan biriga qarashli 20 ta kichik korxonaning ish faoliyati to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganish vazifasi maqsad qilib qo‘yilgan.

28 Variatsiya mohiyati va ko’rsatkichlari analitik statistikada eng muhim va boshlang’ich tayanch bo’lim hisoblanadi. Ular ilmiy muammolar bo’yicha statistik yechim va qarorlar qabul qilish asosida yotadi. Variatsiya - statistik to’plamda sodir bo’ladigan obyektiv miqdoriy va sifat o’zgarishlar natijasidir. U to’plam birliklari bo’yicha o’rganilayotgan belgi yoki belgilar qiymatlarida kuzatiladigan tebranuvchanlik, o’zgaruvchanlikni bildiradi.


Variatsiya darajasi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar tizimi orqali o’lchanadi. Uning asosiy me’yorlari bo’lib dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut, mutlaq o’rtacha tafovut, nimkvartil kenglik, variatsion kenglik va variatsiya koeffitsiyentlari xizmat qiladi. Bular ichida dispersiya va kvadratik o’rtacha tafovut hamda uning variatsiya koeffitsiyenti eng muhim ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Umumiy dispersiya o’rtacha juz’iy (ichki guruhiy) va guruhlararo dispersiyalardan tarkib topadi. Nisbiy o’zgarishlarni o’rganayotganda va asimmetrik taqsimotda variatsiya darajasini baholayotganda geometrik o’rtachaga nisbatan dispersiyani hisoblash o’rinli hisoblanadi.
Variatsiya ko’rsatkichlari o’rganilayotgan to’plam bo’yicha belgi o’zgaruvchanlik darajasini umumlashtirib ta’riflaydi. Ammo ular taqsimot tuzilishi, uning shakli va ichki xususiyatlarni yoritib bermaydi. Bu maqsadlar uchun asimmetriya va ekstsess ko’rsatkichlari xizmat qiladi. Ular uchinchi va to’rtinchi tartibli markaziy momentlar usulida hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalashishi va ixtisoslashishi, bozorni monopollashishi, kapitalni diversifikatsiyalashtirish kabi muhim iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda, jamiyat sotsial tuzilishidagi o’zgarishlar, jumladan aholini ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashishi va kam daromadli qatlamlarini muhofaza qilishga qaratilgan davlat sotsial siyosatini baholashda variatsiya ko’rsatkichlaridan keng ko’lamda foydalanadi.
Variatsion ko‘rsatkichlar quyida keltirilgan .

31


Download 99.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling