Mavzu: Oilada tarbiya asoslari


Download 106.33 Kb.
bet1/3
Sana28.02.2023
Hajmi106.33 Kb.
#1236337
  1   2   3
Bog'liq
Oilada tarbiya asoslari (Azamat)

Mavzu: Oilada tarbiya asoslari

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI FIZIKA

FAKULTETI FK-2001 GURUH TALABASI JO`RAYEV AZAMAT

Reja:

Oila tarbiyasi va uning tarbiya tizimida tutgan

o'rni.

Oilaviy tarbiya va ijtimoiy tarbiya.

Oilaviy muhit. Ota ona va farzandlar burchlari.

Yoshlarni oilada va maktabda tarbiyalash.

Hozirgi zamon o'zbek oilalaridagi tarbiyaning xususiyatlari.

Ma'lumki, oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat ana shu zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki zarra emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Er va xotin – ikki tirik vujudning, ikki olamning o'zaro ittifoqidan paydo bo'lgan 3 chi bir olam bu oiladir. Oila faqat er-xotinning o'zidan iborat emas. Oila er-xotin ularning bola chaqalari eng yaqin tug'ishganlaridan iborat kishilar guruhi–xonadonidir. Oila, odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir. Ota-onalarning o'z hayotlari turmush tarzlari, bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy ahloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga–oilaviy tarbiya deyiladi.

Oila tarbiyasi va uning tarbiya tizimida

tutgan o'rni


Oilaning maqsadi–ikki jinsning o'zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligi ta'minlash.
Oila vazifasi–er-xotinning birgalikda xo'jalik yuritish asosida oilani ham ma'naviy, ham iqtisodiy jihatdan ta'minlash, hamda jamiyatga sog'lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzandni tarbiyalash.
Oilaviy tarbiya, ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo'lsagina, o'sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta'minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuqlar ota onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo'yicha tajribalar almashishi ota onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg'in jalb qilishga ham bog'liqdir.

Download 106.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling