Mavzu: Oilada tarbiya asoslari


Oilaning jamiyat oldidagi 2 ta vazifasi bor: 1. Tabiiy biologik vazifasi 2. Ijtimoiy vazifasi


Download 106.33 Kb.
bet2/3
Sana28.02.2023
Hajmi106.33 Kb.
#1236337
1   2   3
Bog'liq
Oilada tarbiya asoslari (Azamat)

Oilaning jamiyat oldidagi 2 ta vazifasi bor: 1. Tabiiy biologik vazifasi 2. Ijtimoiy vazifasi.


Barcha tirik mavjudotlarga xos bo'lgani kabi insonni ham farzandni dunyoga keltirishi uning tabiiy biologik vazifasidir. Faqat insongagina xos bo'lgan ikkinchi asosiy vazifa shu dunyoga kelgan farzandlarni jamiyat el yurt uchun xizmat qiladigan inson qilib tarbiyalash uning ijtimoiy vazifasidir. Ko'rinib turibdiki, oila tarbiyasi ota onaning shaxsiy ishi emas balki, davlat jamiyat oldidagi burchi hamdir, chunki bola qobil bo'lib o'ssa undan nafaqat ota-ona, balki butun el yurt, mahalla kuy davlat ham manfaatdor bo'ladi.
Agar bola noqobil bo'lib o'ssa, undan faqat ota-ona oilagina emas, balki el, yurt, jamiyat, davlat ham aziyat chekadi. Shuning uchun ham oilaviy tarbiya muhim siyosiy ahamiyatga ega bo'lib, tarbiya tizimida asosiy markaziy o'rinni egallaydi, chunki xohlagan tarbiya turini olsak–axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, estetik tarbiya hammasi avvalo, oilada shakllanadi. Demak oila tarbiyaning dastlabki debochasidir. Shuning uchun ham yurtboshimiz oilaviy tarbiyaga alohida e'tiborni qaratib, oilani ijtimoiy muhofaza qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish, oilani huquqiy tamoyillarini kengaytirish kabi masalalar bo'yicha qator huqumatimiz tadbirlarini ishlab chiqdilar, buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e'lon qilinishi misolida ham ko'rishimiz mumkin. Mamlakatimz birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: “Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan, oila ahl va totuv bo'lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi–milliy farovonlik asoslaridir.
Shuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizni har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoit yaratishsagina oila tarbiyasi muvafaqqiyatli bo'lishi mumkin.

Oilaviy tarbiya va ijtimoiy tarbiya


Yosh avlod hayotining ko'p qismi oilada o'tadi, shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada urf odatlar, rasm rusumlar va marosimlarning ijobiy ta'sirida yigit, qizlar asta sekin kamol topib boradilar. An'ana va marosimlar tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi.
Kelajagimiz qanday bo'lishi hozirgi kunda biz tarbiyalaydigan yoshlarga bog'liq. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o'ziga xos bir olam. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari – jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Oilaviy hayotning me'yorida bo'lishi ko'p jihatdan oila byudjetining holatiga ham bog'liq. Shu bois oila a'zolari mehnati evaziga yaratilayotgan moddiy mablag'larni tejab-tergab, ulardan o'rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bois bolalarni ham yoshlikdan pul bilan muomala qilishga o'rgatish, o'zining shaxsiy hamda oila a'zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas'uliyatli yondashishga ko'niktirib borish muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga pulning inson mehnatiga to'ladigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini uqtirish, ular tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan bo'lar edi. Oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bolalarda iqtisodiy tafakkurni hosil qilishda ota-ona, oilaning katta yoshli a'zolarining namunasi katta tarbiyaviy ta'sir kuchiga egadir.

Download 106.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling