Mavzu: Oilada tarbiya asoslari
Oilaviy muhit. Ota ona va farzandlar burchlari
Download 106.33 Kb.
|
Oilada tarbiya asoslari (Azamat)
. Oilaviy muhit. Ota ona va farzandlar burchlari.Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to'g'risidagi ma'lumotlarni berib borish, o'z navbatida huquqlaridan foydalanish yo'llarini ko'rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi. Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini hosil qiluvchi o'ziga xos maskan sanaladi. Binobarin, oilaning o'zi Vatanning bir bo'lagidir. Oila sha'nini himoya qilish, uni saqlash to'g'risida qayg'urishning Vatanning sha'ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg'ulari bilan uzviy bog'liq bo'lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo'lishi lozim.Farzandlarning har tomonlama etuk bo'lib voyaga etishlarida ota-ona, oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondoshuvlari va ma'naviy dunyosi o'ziga xos o'rin tutadi. Shuningdek, ota-onalarning muayyan darajada pedagogik bilimlarga ega bo'lishlari ham ahamiyatlidir. Oila va ta'lim muassasalari o'rtasida tashkil etilgan hamkorlikning bosh g'oyasi ota-onalar uchun pedagogik yordam ko'rsatishdan iboratdir.Oilaviy tarbiya muvaffaqiyatli chiqishi uchun har bir ota-ona o'z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas'uliyatlarini chuqur anglashlari lozim.I. Ota onaning farzandi oldidagi burchlari: 1. Farzandiga chiroyli ism qo'yish savodini chiqarish, bilim berish o'qitish va kasb hunar o'rgatish. 2. Uylantirish yoki turmushga chiqarish 3. Uyli joyli qilish. 4. Farzandlar orasidagi meros taqsimoti adolatli bo'lish. II. Farzandning ota-ona oldidagi burchlari. 1. Ota-onaning pand nasihatlariga quloq solish. Ularga har doim yordam berish, mehribon e'tiborli bo'lish oila ishlariga ham ma'naviy ham iqtisodiy yordam berish. 2. Har bir farzand o'z singil va ukalariga mehribon, yo'lboshchi va yo'ldosh, odobda, ahloqda, ishda, ilm hunar o'rganishda o'rnak bo'lish. 3. Ota onaga ham ma'naviy ham amaliy mehribonlik ko'rsatish. 4. Berayotgan ma'naviy iqtisodiy yordamni minnat qilmaslik, tavallud, xayit kunlarida yo'qlash. 5. Ota onaga shirin muomalada bo'lish. 6. Vaqti etib bandalikni bajo etsalar, hurmatini joyiga qo'yib marakalarini o'tkazish. Download 106.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling