1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari
-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida sud qarorlariga ta`rif bering. Javob. Sud qarorlari
Download 122.09 Kb.
|
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org
6-savol. Xalqaro huquq manbasi sifatida sud qarorlariga ta`rif bering.
Javob. Sud qarorlari Xalqaro sud Nizomining 38-moddasiga muvofiq ushbu Nizomning 59-moddasida mustahkamlangan qoidalarga rioya etilgan holda huquqiy normalarni o‘rnatish uchun yordamchi vosita sifatida e’tirof etiladi. Unda qayd etilishicha: “Sudning qarorlari faqatgina unda ishtirok etuvchi taraflarga va aynan shu ishga taalluqli hamda majburiy hisoblanadi”. Ayrim hollarda sud qarorlari xalqaro huquqning odat normalarini shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Buyuk Britaniya va Norvegiya o‘rtasidagi nizoli masala bo‘yicha qarorda (1951-y.) sud ayrim to‘g‘ri aniq chegaralar bo‘yicha muhim yuridik qoidalarni izohladi. Ushbu qoidalarni BMT ning xalqaro huquq Komissiyasi keyinchalik qabul qildi, bu Komissiyaning faoliyati to‘g‘risidagi Dokladda (1956-y.) o‘z aksini topdi. Keyinchalik ushbu qoidalar xalqaro shartnomada, aynan 1958-yildagi “Hududiy dengiz va tutash mintaqa to‘g‘risida”gi Jeneva konvensiyasida o‘z aksini topdi. Sud qarorlari, albatta, nizoli ish ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi. Xalqaro sud Nizomining 59-moddasining ushbu normasi BMT Nizomining 94-moddasida belgilangan normaga juda yaqin turadi, unga ko‘ra BMT ning har bir a’zosi Sudning qarorlarini aynan shu ishda ishtirokchi bo‘lsa, so‘zsiz bajarishi lozim. Bir tomonning Sud qarorini bajarmasligi BMT ning Xavfsizlik kengashi ikkinchi tarafning iltimosiga ko‘ra tavsiya berishi yoxud qarorni ijro etish chorasini ko‘rishi mumkin. Milliy sudlarning qarorlari hattoki ularda xalqaro huquqning shartnomaviy yoki odat normalari qo‘llanilgan bo‘lsa, Xalqaro sud tomonidan xalqaro huquqning manbasi sifatida tasniflanmaydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqaro huquqning manbasi nafaqat BMT Xalqaro sudining qarorlari, balki mintaqaviy va boshqa xalqaro sudlarning qarorlari ham bo‘lishi mumkin (masalan, BMTning Xalqaro jinoiy sudi, inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi v.b.). Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 2003-yilning iyun oyida Rossiya Federatsiyasi hukumatiga Tamara Rakevichga ma’naviy zarar sifatida 3 ming yevro miqdoridagi pul mablag‘ini to‘lash majburiyatini yukladi, negaki unga nisbatan 1950-yilgi “Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risida”gi Yevropa konvensiyasi qoidalari buzilgan edi. Uni majburan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib kelishgan hamda davolash ishlarini amalga oshirishgan edi. Mazkur Konvensiyada shaxsning erkinligini cheklash uchun qonun yoxud Konvensiyaga muvofiq asos mavjud bo‘lishi, shuningdek shaxsning erkini cheklash yoki undan mahrum qilish masalasi zudlik bilan sud tomonidan hal qilinishi lozimligi mustahkamlangan. Modomiki, RF 1950-yilgi Yevropa konvensiyasi a’zosi hisoblanadi, ushbu ish yuzasidan Strasburgda chiqarilgan qarorni ijro etish ushbu davlatning 1992-yilgi “Psixiatrik yordam va uni ko‘rsatishda fuqarolarning huquqlari kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga sabab bo‘ldi. RF qonuni mazkur Konvensiya talablariga moslashtirilishi lozim hamda unda fuqarolarni kasalxonaga joylashning noqonuniyligi ustidan erkin tarzda shikoyat bilan murojaat etish huquqini ta’minlashi kerak edi. Alohida mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya v.b.) ning milliy sud qarorlarini xalqaro huquqning manbasi sifatida hisoblash lozimligi to‘g‘risida hech qanday asos mavjud emas. Birinchidan, BMT Xalqaro sud Nizomi davlatlarga nisbatan bunday tabaqalashtirishni taqozo etmaydi, ya’ni asos mavjud emas, ikkinchidan esa har qanday davlatda o‘zining malakasi va axloqiy sifatga ega bo‘lgan sudyalar mavjud hamda o‘zining asosliligiga ko‘ra turli xildagi sud qarorlari mavjud. Download 122.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling