Tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib borish
Download 21.46 Kb.
|
boshqa ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- DXXning qonuniy talab va ko‘rsatmalarini bajarish majburiydir
boshqa ko‘plab hujjatlar kabi O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqacha qoidalarda ustuvorlik berilgan. Ya’ni, xalqaro shartnomada «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonundan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda) Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ – DXXga ko‘plab vakolatlar berilgan, xususan: sohaga doir normativ hujjatlar va dasturlar ishlab chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish; kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib borish, shuningdek ularning oldini olish, bartaraf qilish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha texnik choralar ko‘rish; sohaga doir tadqiqotlar va monitoringlar o‘tkazish; muhim axborot infratuzilmalari obektlarining yagona reyestrini shakllantirish, ularning xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni belgilash; axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqishga doir faoliyatni litsenziyalash; muhim axborot infratuzilma obektlariga kiberhujumlarga urinishlarning oldini olish; davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimliklarni kibertahdidlar haqida ogohlantirish; O‘zbekiston kibermakonida terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof faoliyat olib borilmasligi choralarini ko‘rish; kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa ko‘plab vakolatlarga ega. Soha bo‘yicha vakolatli organ – DXXning qonuniy talab va ko‘rsatmalarini bajarish majburiydir. (11-modda) Shuningdek, vakolatli organ quyidagi huquqlarga ega: kiberhujumlarni aniqlash va bartaraf etishda texnik, dasturiy vositalarni ijaraga olish; kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish uchun texnik qurilmalar va xizmatlardan tekin foydalanish; davlat organlari va tashkilotlariga kirish, ulardan zarur hujjatlar va materiallarni olish va foydalanish; tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun davlat tashkilotlari, muhim axborot infratuzilmalari obektlarining axborot tizimlari va resurslariga to‘sqinliksiz kirish; Download 21.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling