Tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib borish


jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga va boshqa obektlariga to‘sqinliksiz kirish, zarurat bo‘lganda qulflash moslamalarini buzish


Download 21.46 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi21.46 Kb.
#1642522
1   2   3   4
Bog'liq
boshqa ko

jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga va boshqa obektlariga to‘sqinliksiz kirish, zarurat bo‘lganda qulflash moslamalarini buzish, shuningdek, jinoyat sodir etib ta’qib qilinayotgan yoki shunday jinoyat sodir etayotgan shaxs bor deb hisoblash uchun yetarli asoslar bo‘lsa yoxud kechiktirish fuqarolar hayotini tahdidga qo‘ysa, bu joylarni ko‘zdan kechirish (yetkazilgan zararni qoplash va 24 soat ichida prokurorga xabar berish sharti bilan) va boshqalar. (12-modda)

DXX kiberxavfsizlik sohasidagi muammolar yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirish, sohaga doir huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlar va ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va chora ko‘rish kabi majburiyatlarga ega. (13-modda)
Davlat organlari va tashkilotlari ham kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborot va maslahatlar olish huquqiga ega. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari vakolatli organni kiberhujumlar to‘g‘risida ogohlantirishi, kiberhimoya uchun sertifikatlashtirilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanishi, sohaga doir normativ va texnik hujjatlarni vakolatli organ bilan kelishishi shart. (14-modda)
Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlash ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak. (15-modda)
Muhim axborot infratuzilmasi obektlari va milliy axborot resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq muayyan huquqlarga ega yuridik shaxslar, ya’ni kiberxavfsizlik sub’yektlariga ham ushbu qonun doirasida bir qancha huquq va majburiyatlar yuklatilgan. (16-modda)
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik sub’yektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi. Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim: (18-modda)

  • davlat organlarining axborot resurslari;

  • davlat organlarining axborot tizimlari;

  • muhim axborot infratuzilmasi obektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim (19-modda).

Download 21.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling