»O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta’minlash» bo‘yicha 2021 yil uchun hisobot e’lon qilingan edi.
Unda Markaz tomonidan 2021 yilda milliy segmentdan 17 milliondan ortiq zararli va shubhali tarmoq faolliklar bo‘yicha holatlar aniqlangani, ushbu faolliklarning ko‘pgina qismi, ya’ni 76 foizi bot-tarmoq ishtirokchilaridan iboratligi aytilgan. Shuningdek, markazning veb-ilovalarni himoya qilish tizimi yordamida internet tarmog‘ining milliy segmentidagi veb-saytlarga qilingan 1,3 milliondan ortiq kiberhujumlar aniqlangani va bartaraf etilgani ma’lum qilingan.
«Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2022 yil 17 iyuldan qonuniy kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |