1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


Xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi


Download 122.09 Kb.
bet34/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

Xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi. Ushbu prinsip xalqaro huquq bilan bir vaqtda vujudga kelgan hamda “shartnomalarga rioya qilinishi lozim” (pacta sunt servanda) kabi prinsip sifatida mashhur bo‘lgan. Ushbu prinsipsiz xalqaro huquq mavjud bo‘lmas edi, chunki unda ushbu huquqning yuridik kuchi mavjud.

1919-yilgi Millatlar Ligasi Nizomi muqaddimasida ligaga a’zo davlatlar “davlatlarning yurish-turish amaldagi qoidalari sifatida tan olingan xalqaro huquqning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish”lari mustahkamlandi.


BMT Nizomining muqaddimasiga muvofiq a’zo davlatlar “shartnoma shartlaridan va xalqaro huquqning boshqa bir manbalaridan kelib chiqib, adolatga rioya qilinadigan, majburiyatlarga hurmat bilan qaraladigan sharoit” yaratishga kelishib olganlar. Bundan tashqari, BMT Nizomining 2-moddasida shunday deyilgan: “Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo barcha davlatlar ushbu nizomga muvofiq o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarni vijdonan bajaradilar”.
Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya “Ushbu nizomga muvofiq barcha davlatlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradilar” mazmundagi prinsipni mustahkamlagan. Shu vaqtning o‘zida Deklaratsiya mazkur prinsipning amalga oshishining juda keng kontekstini ochib beradi: “har bir davlat xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalaridan kelib chiqqan holda o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarni vijdonan bajarishga majburdirlar”. Bu norma 1975-yilgi Yakuniy hujjatda ham o‘z aksini topgan.
Vijdoniylik ushbu holatda shuni anglatadiki, bunda tegishli majburiyat halollik bilan o‘z vaqtida aniq va uning mazmuniga muvofiq bajarilishi lozim. Bunda davlat o‘zining ichki qonunchiligi qoidalarini xalqaro majburiyatini bajarmaslikka sabab qila olmaydi. Hech qanday boshqa vaziyatlar davlatning xalqaro majburiyatini bajarmaslik asosi sifatida xizmat qila olmaydi.
Yadro sinovlari ishlari bo‘yicha Xalqaro sudning qarorida shunday deyilgan: “yuridik majburiyatni yaratuvchi va amalga oshirishni tartibga soluvchi, uning manbasi qandayligidan qat’i nazar asosiy prinsiplardan biri halollik prinsipi hisoblanadi”. Normalarni qo‘llashda davlat va jahon hamjamiyati manfaatlarini vijdonan oydinlashtirishni, haqiqiy vaziyatni vijdonan aniqlashni, vijdonan normalarni qo‘llanilishini, normalarning mohiyati va formal tomonlariga aniq muvofiqligini ta’minlashni, huquq orqali suiiste’molliklarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.

Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling