1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari
Xalqlar va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi
Download 122.09 Kb.
|
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi
- Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi
Xalqlar va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi o‘z nomidan kelib chiqib davlatlarning sivilizatsini rivojlanishining eng muhim sohasi, rivojlanishning turli bosqichida joylashgan etnoslarning mojarolarsiz hayot kechirish bo‘yicha munosabatlarini tartibga solishni ko‘zda tutadi. Xalq, millat, davlat suvereniteti hamda uning mavjudligi haqidagi fakt kabi bosh negiz hisoblanadi. BMT Nizomi, avvalo, o‘z nomidan kelib chiqib xalq erkiga, keyin davlat erkiga murojaat qiladi.
Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi –barcha xalqlar erkin tarzda chetdan aralashuvsiz o‘zlarining siyosiy maqomlarini belgilashi hamda o‘zlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini o‘zlarining tarixiy, jug‘rofiy, madaniy, diniy va boshqa urf-odatlariga xos bo‘lgan hamda o‘z tasavvurlaridan kelib chiqib belgilash huquqiga ega ekanligini anglatadi. O‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi kabi davlatlar huquqlariga emas balki o‘zga xalq va millatlarning paydo bo‘lishiga bag‘ishlangan. Inson huquqlari bo‘yicha paktlar xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini inson huquqlari bilan o‘zaro aloqasini mustahkamladi (1-modda). Natijada, xalqaro huquq subyektlari bo‘lmaganlarning huquqlari xalqaro huquqda mustahkamlandi, davlatlarga esa ularning huquqlarini hurmat qilish va uni ta’minlash vazifasi yuklandi. O‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi tarixda shunday muhim rol o‘ynadiki, bunda o‘nlab xalqlar mustamlaka zulmidan ozod bo‘ldilar. Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi davlatlarni ajratib turgan hudud chegaralarini o‘rnatish (delimitatsiya, demarkatsiya, rektifikatsiya) va muhofaza qilish (qo‘riqlash) hamda chegara bo‘yicha nizoli masalalarni hal qilish bo‘yicha munosabatlarni qat’iy belgilaydi. Azaldan shu narsa ma’lumki, chegaralarni buzish qurolli kuchlarni qo‘llash uchun qonuniy bahona hisoblanadi. Havo, dengiz va quruqlikdagi chegaralar davlatning harbiy kuchlari orqali diplomatik apparat, siyosiy ittifoqchilik shartnomalariga muvofiq himoya qilinadi. Chegaralarning mustahkamligi prinsipi hududlar daxlsizligi prinsipini to‘ldiradi. 1970-yilgi Deklaratsiyada uning mazmuni kuch ishlatmaslik prinsipi bo‘limida mustahkamlangan. “Har bir davlat boshqa bir davlatning mavjud xalqaro chegaralarni buzish maqsadida yoki xalqaro nizolar, jumladan, davlat chegarasiga oid hududiy nizo va masalani hal etish vositasi sifatida zo‘ravonlik tahdididan yoki uni qo‘llashdan o‘zlarini tiyishlari lozim”. Davlatlar nafaqat chegaralarni, balki chegaralarni aniqlash chizig‘ini buzish maqsadida zo‘ravonlik tahdidi yoki uni qo‘llashdan o‘zlarini tiyishlari lozim. Bunda vaqtinchalik yoki dastlabki chegaralar, shu jumladan vaqtinchalik sulh chizig‘i ham nazarda tutilgan. Mazkur prinsipga muvofiq davlatlarning huquqlari o‘rnatilgan chegaralarning mutlaq mustahkamligini, ularni o‘zaro kelishuvsiz va bosim ostida kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilish orqali o‘zgartirishning noqonuniy ekanligini talab qilishdan iborat. Davlatlar chegaralarni kesib o‘tish joylari rejimini, chegaralarni davlatlarning jismoniy shaxslari, tovarlar, xizmatlar, transport vositalarini kesib o‘tishi bo‘yicha qandaydir bir cheklovlarni o‘rnatish va ushbu cheklovni bekor qilishni o‘zlari belgilashadi. Shu nuqtayi nazardan davlatlarning majburiyatlari ham – xalqaro huquqqa muvofiq o‘rnatilgan chegaralar, ajratuvchi va chegarani aniqlash chiziqlari, shu jumladan vaqtinchalik sulh (mazkur chiziqlar vaqtinchalik chegaralar sifatida qaralayotgan doimiy amal qiluvchi shartnomani tuzishga qadar yarashuv ahdi davrida) chiziqlari, chegaraviy nizolarni faqat tinch yo‘l bilan hal etish, mazkur prinsipni buzuvchi davlatlarga yordam ko‘rsatmaslikka qat’iy rioya etish mavjuddir. 1964-yilda Afrika birligi tashkiloti mazkur qoidani afrika davlatlari chegaralariga nisbatan qo‘llanishini tasdiqladi. Mazkur qoidalar sobiq Yugoslaviya hududidagi chegaralar to‘g‘risidagi masalani hal etishda ham qo‘llanildi. Shu bilan birga ushbu qoida BMT Xalqaro sudi tomonidan hududga oid nizolarni hal etishda ko‘p marotaba qo‘llanilgan. Bunda sud ushbu normani xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normasi ekanligini ta’kidladi7. Download 122.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling