1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi


-MAVZU: NAFAS OLISH JARAYONINING BOSHQARILISHI


Download 146.7 Kb.
bet28/29
Sana02.11.2023
Hajmi146.7 Kb.
#1739019
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi-fayllar.org

26-MAVZU: NAFAS OLISH JARAYONINING BOSHQARILISHI
27-MAVZU: PASTER EFFEKTI

Nafas olish jarayonlarini boshqarisli. Paster samarasi. Nafas olish
jarayonida, kislorod miqdori faqatgina NOK ko'rsatkichiga ta'sir qilib
qolmasdan, balki nafas olish substratlarining sarflanishiga ham ta'sir
qiladi. Ushbu hodisaga birinchi bo'lib etibor bergan olim L.Pasterdir. U
achitqi zamburug'lari bilan kislorodli sharoitda tajribalar o'tkazib
glukoza parchalanishining pasayishini va bijg'ish jarayoni jadalligining
kamayganligini kuzatgan, ya'ni ajralayotgan C02 va hosil bo'layotgan
spirt miqdorining ozavganligini kuzatgan. Ammo shuning bilan birga
qandlarni biosintetik jarayonlarga sarflanishi natijasida zamburug'lar
biomassasining jadal o'sishini kuzatgan. Qandlarning parchalanishini
to'xtashi bilan birga kislorodning jadal foydalanilishi Paster samarasi
nomini olgan.
Paster samarasining mexanizmi shundaki, kislorod mavjudligida
jadal boruvchi oksidlanishli-fosforirlanish raqobat natijasida glikoliz
jarayoniga kiruvchi (yoki fosforirlanish uchun zarur) ADF molekulalari
sonini kamaytiradi. Mana shu sababli va ATFning (aerob sharoitda
sintezi keskin ortib ketuvchi) fosfot'ruktokinaza fermentiga to'xtatuvchi
ta'siri tufayli 02 yetarli bo'lgan sharoitda glikoliz jarayonlarining
pasayib ketishi ro'y beradi. Muhitdagi ATF miqdorining ortiqchaligi
glikoliz jarayoni mobaynida pirouzum kislotasi qismlaridan glukozaning
resintezlanishiga olib keladi. Kislorodsiz sharoitda Krebs sikli va NOPY
ro'y bermaydi va buning natijasida esa hujayra o'z tuzilmalarini
qurilishi uchun ishlatadigan bir qancha oraliq moddalarni ola olmaydi.
Kislorod mavjud sharoitda esa ushbu sikllarning barchasi ishlaydi.
Shuningdek, aerob sharoitda ATF miqdorining ortishi ham biosintetik
jarayonlaming borishiga yordam beradi.


Download 146.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling