1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi


-MAVZU: NAFAS OLISH SAMARADORLIGINING FIZIOLOGIK KO’RSATGICHI


Download 146.7 Kb.
bet24/29
Sana02.11.2023
Hajmi146.7 Kb.
#1739019
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1-mavzu XILL reaksiyasi va uning mexanizmi-fayllar.org

21-MAVZU: NAFAS OLISH SAMARADORLIGINING FIZIOLOGIK KO’RSATGICHI
O'simliklarning nisbatan yosh organlari va to'qimalarida ham faol o'sish
bosqichida nafas olish jadalligi yuqori bo'ladi. Yosh barglar yoyilib va
kengayib borgan sari ulardagi nafas olish jadalligi (NO2) ortib boradi.
Qachonki barg o'sishdan to'xtasa, ya'ni hujayralarning umumiy soni va
o'lchami o'zgarmas bo'lib qolgan taqdirda NO2 miqdori ham o'sishdan
to'xtaydi. So'ngra NO2 maksimal miqdorning deyarli yarmiga kamayadi
va uzoq vaqt o'zgarmasdan qoladi. O'simliklarning gullash va meva
hosil qilish davri ushbu organlarning NO2 miqdorining ham ko'payishi
bilan xarakterlanadi. Bu hoi o'z hnavbatida o'simlikda moddalar
almashinuvi juda yuqori darajada bo'lgan yangi organlar hamda
to'qimalarning paydo bo'lishi bilan ifodalanadi.-Mevalarning pishishi
davridagi oxirgi 2-3 kunda (yumshashi davrida) NO2 yanada baland
bo'lib so'ngra pasaya boradi. Xuddi shunga o'xshash hoi barglarning
sarg'ayishi davrida ham kuzatiladi. Yuqorida keltirilgan ikki holatda
ham etilen gormonining miqdori ko'payadi va ikki xil ta'sir qilishi
mumkin:
Birinchidan-membranalarning o'tkazuvchanligi ortadi va
oqsillarning gidrolizi (parchalanishi) tezlashadi. Buning natijasida esa nafas olish substratlarining miqdori ko'payadi;
Ikkinchidan-ehtimol ayrim fermentlar va oqsillarning sintezlanishi jarayoni kuchayadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, nafas olish jarayoni
o'simlikning o'sishi, rivojlanishi bosqichlarida uning talabiga va tashqi
muhit sharoitlariga qarab o'zgarib turishi mumkin.

22-MAVZU: NAFAS OLISH FOTOSINTEZ BILAN O’XSHASHLIK VA FARQLARI
Ma'lumki, atmosfera havosida 21% 02 bor.
Ushbu miqdor nafas olish jarayonining juda yaxshi ketishi uchun
bemalol yetadi. Chunki uning miqdori ikki baravar kamayganda ham
(-9%) nafas olish jadalligi pasaymaydi. Ammo havodagi toza
kislorodning miqdori 5% bo'lganda yosh o'simliklarning nafas olish
jadalligiga ta'sir qilishi mumkin. Ammo C02 birikmasining ajralishi
kamaymaydi. Chunki o'simliklarga 02 yutilishiga ixtisoslashgan
sitoxromoksidaza fermenti faolligi kislorod kam bo'lgan sharoitda ham
pasaymaydi.
Bularning barchasi o'simliklardagi nafas olish jarayoni evolutsiya
mobaynida atmosfera havosida kislorod kam bo'lgan sharoitda vujudga
kelganligidan dalolat beradi hamda o'simliklar hujayralari energetik
darajasining kislorod kam sharoitda ham yaxshi ketishidan dalolat
beradi.
Masalan, qandlavlagi barglari to'qimalaridagi kislorodning miqdori
sutka mobaynida 7,l%-17,4% oralig'ida o'zgarib turishi mumkin. Bu
yerda shuni ham aytib o'tish lozimki, C02 miqdori 0,9-5,1% oralig'ida
o'zgarib turishi mumkin. Olma mevasining mag'zida 7,5% C02 va 13,9% 02 bo'lsa limonda ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 8,5% va
11,5% miqdomi tashkil qiladi. O'simlikning rivojlanishida faqatgina
uning yer ostki organlarida birmuncha 02 yetishmasligi sezilib turadi.
Tuproqda suv ko'p bo'lgan holatlarda, shuningdek, qatqaloqli
sharoitiarida O2 kam bo'lganligi tufayli bijg'ish jarayoni ustunlik qila
boshlaydi. Buning natijasida hujayralarda spirt to'plana boshlaydi.
Buning natijasida o'simlik ildizlari chiriydi va u nobud bo'ladi. Doimiy
ravishda kislorod yetishmasligi sharoitida o'suvchi o'simliklarda ushbu
holga nisbatan birqancha moslanishlar vujudga kelgan (V!I.12-rasm).
Masalan, ular poyalari va ildizlarida parenximalarning mavjudligi,
nitratlar kislorodidan foydalanish (nitratli nafas olish), achish
mahsulotlarini (etanol, sut kislotasi) chiqarilishi va ulardan moddalar
almashinuvida foydalanish mexanizmlarining mavjudligi shular
jumlasidandir.
Atmosferada faqat toza kislorod bo'lgan holatida o'simliklarning
nafas olish jadalligi susayadi va bu holat uzoq davom etsa o'simlik
halok bo'ladi. Ushbu holat o'simlik hujayralarida ko'plab erkin
radikallaming hosil bo'lishi, membrana lipidlarining jadal oksidlanishi
tufayli moddalar almashinuvi jarayonlarining buzilishi natijasida yuzaga
keladi.
Qishloq xo'jaligi amaliyotida o'simliklar ildizlariga kislorod
yetishmasligining oldini olish uchun doimiy ravishda tuproqlarni yumshatish tadbirlari o'tkazilib turilishi lozim va bu tadbir yuqori hamda sifatli olishning asosiy garovlaridan biridir.
O'simlik hujayralarida oxirgi mahsulot sifatida C02 miqdorining ko'payib ketishi nafas olish jadalligini pasaytiradi. Chunki hujayralarda C02 miqdorining ko'payib ketishi dekarboksillanish jarayoni to'xtaydi, NOK kamayadi va CO2 gazining ajralishi kamayib, suksinatdegidrogenaza fermenti faolligi ham keskin pasayib ketadi. Shuningdek, C02 yog'larda yaxshi eriganligi uchun uning hujayralarda ko'payib ketishi membranalar o'tkazuvchanligiga
salbiy ta'sir qilishi mumkin. O'simliklarga ushbu gazning narkotik
ta'siri ham bo'lishi mumkin. Anaerob sharoitda o'simliklar metabolizmi
CO2 tufayli boshqariladi degan fikrlar ham yo'q emas. Barglardagi CO2
gazining yuqori miqdori uning og'izchalarining yopilishiga olib kelib
nafas olish jarayoniga ham ta'sir qilishi mumkin.
Atmosfera havosida ushbu gaz miqdorining ko'payishi o'simlik
to'qimalarida nafas olish tezligining pasayishiga olib keladi. Shuning
uchun ham urug' po'stida CO2 qanchalik ko'p bo'lsa, u o'zining unib
chiqish qobiliyatini shunchalik yo'qotmaydi. Qishloq xo'jalik
mahsulotlari saqlanayotgan omborlarida meva va poliz mahsulotlarining
uzoq saqlanishi, muhitdagi C02 miqdoriga bog'liq, ya'ni ushbu gaz
miqdorining ko'p bo'lishi ularning nisbatan uzoq saqlanishiga olib
keladi.
Binobarin to'qimalarda С02 miqdorining ko'p bo'lishi urug'larning
uzoq vaqt tinim holatida bo'lishigayordam beradi.


Download 146.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling