1-mavzu. Xo’jalik tizimining tarmoqlar tarkibi. Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari Reja
Download 495.18 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat geografiyasining obekti
- Sanoat geografiyasining predmeti
- Fanni o’qitishning maqsadi
- Fanning vazifalari.
1 1-mavzu. Xo’jalik tizimining tarmoqlar tarkibi. Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari Reja: 1.Sanoat geografiyasining ob’ekti, predmeti. 2. Sanoat geografiyasining maqsad va vazifalari. 3. Sanoat geografiyasining shakllanishi va rivojlanishi. 4. Iqtisodiyotning sektorlari 5. Sanoat va qishloq xo’jaligining tarmoqlar tuzilishi Sanoat geografiyasining obekti «Sanoat geografiyasi » fani talabalarda iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibi hamda ishlab chiqarishni joylashtirish omillari, xo’jalikni joylashtirishning asosiy nazariy konsepsiyalari xaqidagi bilimlarni shakillantirishga xizmat qiladi. Sanoatni hududiy tashkil etish mazkur fan soxasining tadqiqot obeklaridan biridir. Sanoat geografiyasining predmeti. Ushbu kursda «Geografik mextat taqsimoti», «xalqaro mexnat taqsimoti», «ishlab chiqarishni joylashtirish omillari», «ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakillari, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shakillar» tushunchalarining mazmuni ochib beriladi, alohida tarmoqlarni joylashtirishning hududiy qonuniyatlari aniqlanadi. Fanni o’qitishning maqsadi – talabalarga sanoat geografiyasining nazariy asoslariga doir bilimlarni,xususan sanoat, qishloq xo’jaligi, transport,aholi hamda aholiga xizmat ko’rsatish korxona yoki muassasalarini joylashtirishda vujudga kelgan hududiy majmualarni o’rganish,bu haqda xorijiy olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilish, ushbu muammolarning iqtisodiy,siyosiy va ekologik muammolarni aniqlash, shu sohaga xos ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarish malakalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifalari. Sanoat tarmoqlarining joylanish, tamoyil va qonuniyatlarini o’rganish, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 2 kuchlarining hududiy tashkil qilish xususiyatlari va bu borada davlatning mintaqaviy siyosatini o’rganish, sanoat geografiyasiga doir ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, bajarish va xulosalar olishga o’rgatishdan; Mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayon, sanoat tugunlari va markazlari, tarmoqlararo majmualar haqida tushuncha berish; Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning sanoat tarmoqlarining rivojlanishidagi o’rni, ulardan foydalanish, ekologil muammolarnining sabab va oqibatlarini tushuntirish; Sanoatni rivojlanishida aholining tutgan o’rni. Saharlarning, energetika va transportning sanoat tarmoqlarini joylashishidagi ahamiyatini o’rganish; Sanoatning tarmoqlar tarkibiga ta’rif berish. Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rnini va tarmoqlar tarlibini, agrosanoat majmuasini o’rganish; Talabalarga sanoatning jahon xo’jaligi tizimidagi o’rni haqida yaxlit tasavvur va bilimlarni berishdan iborat. Har qanday fan o’zining o’rganish ob’ektiga ega bo’ladi. Shunday ob’ektning bo’lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. “Sanoat va qurilish iqtisodiyoti“ fani ham o’z ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman sanoat, xususan, O’zbekiston sanoati hisoblanadi. Shu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tug’iladi. Sanoat iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i bo’lib, u mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish holatini va iqtisodiyotning ijtimoiy barqarorligini belgilab beradi. Uning taraqqiyoti barcha mamlakatlarda mavjud salohiyat, shakllangan iqtisodiy munosabatlarga tayangan holda bozor tamoyillariga mos oqilona siyosat olib borilishi bilan bog’liq. Sanoat ishlab chiqarishini nazariy jihatdan o’rganish amaliy takliflar ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Sanoatda fan-taxnika taraqqiyotining eng 3 yangi ixtirolari va kashfiyotlari, texnika va texnologiyalari yaratiladi. Ular tezlik bilan ishlab chiqarishga joriy etiladi. Shuning uchun sanoat muqarrar ravishda xo’jalikning boshqa tarmoqlarni o’zining orqasidan ergashtirib boradi. Shunday ekan sanoatni jadal rivojlantirish zarur. Respublika iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarishning texnik, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish darajasi ko’p jihatdan sanoat bilan chambarchas bog’langan. Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog’idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi: mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, yer osti boyliklari qazib olinadi, mineral, o’simlik va hayvon xomashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar. Sanoat iqtisodiyorning barcha soxa va tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog’liq. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo’ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo’lgan og’ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy - texnika vositalarini o’zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o’rtasidagi ijtimoiy - ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib ham boradi. Sanoat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dehqon xo’jaliklarini va boshqa shakllarda faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko’tarishga, shahar bilan qishloq o’rtasidagi 4 muhim tafovutlarni yo’qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi. Sanoat - mamlakat mudofaa qobiliyatinining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Chunonchi mamlakatimizda mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda sanoatning roli muhim. Barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xo’jalik jihatidan hamkorligi sanoat sohasida ham o’z ifodasini topadi. Tabiiy, mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayishida sanoatning ahamiyati salmoqli. Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o’sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish, elektronizatsiyalash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va kimyolashtirish sohasidagi ilg’or yutuqlardan keng foydalaniladi. Ularni tinchlik maqsadlarida qo’llaydi. Sanoat, ayniqsa, uning ustuvor sohalari - butun ishlab chiqarishni globallashtirish muammolarini hal etishning kalitidir. Sanoat moddiy ishlab chiqarishniing bosh tarmog’i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo’lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan - bir moddiy negizi bo’lishi mumkin. Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyos. Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o’z ichiga qamrab oladi. Sanoat barcha xalq xo’jaligi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini 5 belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir. Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo’lmish viloyatlarida tabiiy boyliklardan, xomashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratadi. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi, ishlab chiqarishni differentsiyalash va intensivlashtirish bilan chambarchars bog’liq. Hozirgi zamon yirik sanoati bir-biri bilan chambarchars bog’liq bo’lgan ko’pgina tarmoqlar va ishlab chiqarishlar bo’g’inlaridan tashkil topadi. Bugungi kunda respublika sanoatida 175 tarmoq, 1500 ga yaqin yirik va o’rta sanoat korxonalari mavjud. Mamlakatda sanoat barqaror rivojlanmoqda. Agar 2000 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2016 yilda 25,7 foizga, 2017 yilda esa 26,7 foizga yetdi 1 . Canoat mahsuloti 2016 yilda 111869,4 mlrd so’mga teng bo’lgan bo’lsa 2 , 2017 yilga kelib 114,2 trln.so’mni tashkil etdi 3 .Sanoat ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’ati 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 107,0 foizga teng bo’ldi. Sanoat o’zida 1802,4 ming kishini ish bilanband yeta oldi. Bu esa iqtisodiyotda band jami aholining 13,6 foiziga teng, demakdir 4 . Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining katta qismini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sohalar tashkil etdi. Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarni qamrab olgan Harakatlar strategiyasiga muvofiq sanoatda ham o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Iqtisodiyotda tub islohotlar o’tkazilishi tufayli mamlakat xo’jaligida 1 2017 йил декабрь-январь ойларида Ўзбекистон Республикасида саноат ишлаб чиқаришининг ривожланиши. – Тошкент, 2018. – Б. 3. 2 Ўзбекистон саноати. – Тошкент, 2017. – Б. 14. 3 2017 йил декабрь-январь ойларида Ўзбекистон Республикасида саноат ишлаб чиқаришининг ривожланиши. – Тошкент, 2018. – Б. 3. 4 Ўзбекистон саноати. –Тошкент, 2017. – Б.14-15. 6 chuqur tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Respublika va uning mintaqalarida tarmoqlar tarkibi takomillashtirildi va xo’jalikning yangi sohalariga asos solindi. Ayniqsa, iqtisodiyot lokomotivi bo’lgan industrial tarmoqlarning rivojlanishiga ustuvorlik berildi. Shu maqsadda mahalliy va xorijiy sarmoyalar sanoatda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga sarflanib, zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan korxonalar soni keskin ko’paydi. Taraqqiy etgan mamlakatlardan zamonaviy texnika va texnologiyalarni olib kelish, qo’shma korxonalar tashkil etish uchun katta hajmdagi investitsiyalar sarflandi. Respublikada 2016 yil 2015 yilga nisbatan YaIM hajmi 107,9 foizga, sanoat mahsuloti esa 106,2 foizga 5 o’sdi. Bu aholi o’sishi(1,7 foiz)ga nisbatan qarayb 4,6 barobarga yuqori bo’ldi 6 . Shu o’rinda ishlab chiqaradigan sanoat 106,4 foizga o’sganligini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarda sanoat markaziy o’rin egallaydi. Negaki, sanoat taraqqiyoti ko’plab iqtisodiy–ijtimoiy muammolarning hal etilishiga va pirovard maqsad aholi turmush tarzining yuksalishiga xizmat qiladi. Shuning uchun sanoatning hududiy va tarmoq tarkibini takomillashtirish mintaqaviy sanoat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar natijasida sanoatning ulushi ortib bordi. Agar sanoatning YaIM dagi hissasi 2000 yilda 14,2 foizga teng bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilga kelib 26,7 foizga ko’tarildi. Ayni paytda qishloq xo’jaligining ulushi 30,1 foizdan 17,6 foizga pasaydi 7 . Sanoat rivojlanishini ta’minlash tufayli so’nggi yilda 160 dan ortiq turdagi yangi tovar va mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekiston sanoatida 2016 yilda 1802,4 ming mehnat faoliyatini olib borgan. Ulardan eng ko’pi, ya’ni 1507,7 ming kishi yoki 83,7 foizi ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga to’g’ri keladi. Jumladan, zamonaviy sanoat 5 Ўзбекистон саноати//Статистик тўплам. – Т., 2017. –Б.-16. 6 Ўзбеистон ижтимоий ривожланиши ва турмуш даражаси. – Тошкент, 2017. – Б. 22. 7 Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. – Тошкент, 2017. – Б. 12. 7 tarmoqlaridan biri avtomobilsozlikda 2010 yilda 13,3 ming ishchi mehnat qilgan bo’lsa, ularning soni 25,0 ming kishidan ortib ketdi. Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik (borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo’lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog’liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo’lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo’lgan. O’zbekiston sanoati ham o’z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib o’tgan. Eng avvalo, uy sanoati (“Ona qornidagi sanoat“), so’ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu yerda: hunarmandchilikning juda ko’p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, o’ymakorlik, kashtado’zlik, ko’nchilik, to’quvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo’zlik, bo’yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan. Hunarmandchilik (“xonaki sanoat“) bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O’zbekiston hududida anchagina hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX–X asrlarda ip, mato, gilam bo’yicha Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo’yicha Farg’ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo’yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII–XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Shahrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan. XVIII asrning 60-70-yillarida Angliyada ro’y bergan sanoat to’ntarilishidan keyin O’zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga 8 o’tish boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi. XIX asr oxiriga kelib, O’zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivojlangan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan. XX asrda O’zbekiston sanoatida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Agar asr boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, o’simlik moyi, uzum vinosi, g’isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei ko’tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to’g’risida so’z yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni himoya qilish, mustahkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O’zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamoqda. O’zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsuloti, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko’tarishda faol ishtirok etayotir. O’zbekiston respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkash va insonlar munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg’or kurashchi xislatlari bir butun bo’lib mujassamlashgan. Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasi o’sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir. O’zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko’nikmasi, ishlab chiqarish malakasi va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko’tarish 9 bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o’rin tutishini ko’rish mumkin. Sanoat – mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo’shni mamlakatlar mustaqilligini, hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O’zbekiston davlati mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir. Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo’jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida o’z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalinish imkoniyatlari yuzaga keladi. Sanoat, ayniqsa, og’ir sanoat – butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustrlashtirish muammolarini hal etish kalitidir. Shu sababli jamiyatning moddiy- texnika asosini qaytadan qurish ishini o’zbek halqi Prezident rahbarligida umuman sanoat, xususan, uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. Chunki bu sohalar O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy qudrati, xalq farovonligini yanada oshirishning poydevori hisoblanar edi, bundan keyin ham shunday bo’lib qolaveradi. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi – kontsentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg’unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg’or usullari–ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi. Iqtisodiyot sohasida ro’y berayotgan barcha voqeliklardan xabardor bo’lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to’g’ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o’rgatadi: 10 mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va maqsadini tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo’g’inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo’l-yo’riqlarini to’la anglash; sanoat ishlab chiqarishining holati va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilash haqida fikrlash; sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo’yicha bilim va ko’nikma berish; sanoat resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan bekamu ko’st, oqilona foydalanish; fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini anglash, sanoat mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishning foydalilik darajasini oshira borish san’atini egallashga ko’maklashuvchi bilim va ko’nikma berish. sanoat sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyatini, ahamiyati va mazmunini hamda bu boradagi o’zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirish; sanoat ishlab chiqarishda xarajatlar tizimi, mahsulot tannarxi, narxlarning shakllanishi, rentabellik, moliyalash va kreditlash masalalari bo’yicha bilim va ko’nikmalar berish. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo’lishlari kerak: * ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi; * ishlatiladigan xomashyo va asosiy materiallarning o’xshashligi; * ishlab chiqarishning texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi; * ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining 11 umumiyligi; * ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o’xshashligi va hakozolar. *Sanoat ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan asoslangan ravishda tahlil etish va rejalashtirish, uning samaradorligini aniqlash va boshqarish uchun tarmoqlarni tasniflash, ya’ni ma’lum guruhlarga ajratish lozim. * Sanoat tarmoqlarini guruhlashda asosiy e’tibor tayyorlanadigan mahsulotning iqtisodiy mazmuniga qaratiladi. MAHSULOTning iqtisodiy jihatdan bir maqsadga javob berishi belgisiga qarab, sanoat ikki yirik guruhga bo’linadi: Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi (“A“ guruh), iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi (“B“ guruh) turlarga bo’linadi. Ma’lumki, deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ham ishlab chiqarish vositalari, ham iste’mol buyumlari sifatida foydalanish mumkin bo’lgan mahsulotlar tayyorlanadi. Shu sababli rejalashtirish va hisob-kitob yuritishda ba’zi bir sanoat tarmoqlari “A“ yoki “B“ guruhga kiritilishi mumkin. *Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko’rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo’linadi. Sanoatning bunday ikki qismga bo’linishi ishlab chiqarish aloqalarini ko’rsatishga, material va yoqilg’i-energetika resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni asoslab berishga imkon yaratib beradi. * Ishlab chiqariladigan mahsulotning funktsional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida 12 guruhlar, bir qator tarmoqlar, masalan, yoqilg’i ishlab chiqaruvchi – yoqilg’i sanoati, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi – oziq- ovqat sanoatiga birlashishi mumkin. * Hozirgi paytda tasnifga ko’ra, barcha sanoat tarmoqlari 18 kompleks tarmoqqa birlashtirilgan (jadval). 13 14 Download 495.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling