1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
-rasm. O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
4.1-rasm. O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo’lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo’lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda: -eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash; -mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash; -to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish; -ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta’minlash; -mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uni kuchaytirish; -samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko’rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg’unlashtirish; -iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish; -aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish; -hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to’liq shakllantirish. Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo’lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub’ektlar rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo’lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona tariflari bo’yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o’nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari orasida quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin: -investitsiya jalb kilish uchun xalqaro me’yorlar va konventsiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish; -respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish; -ishlab chiqarish bilan bog’liq investitsiyalarni kiritishga ko’maklashish; -mamlakatning kredit qobiliyatini qo’llab-quvvatlash; -mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan investitsiyalarni kiritishga yordam berish. Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo’jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko’maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay sharoitlar yaratish siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo’nalishlarga mablag’larni yo’naltirish. Bundan ko’rinadiki, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, zamon talablariga mos bo’lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining keyingi to’lqinlari zarbasiga ijtimoiy-iqtisodiy talofatlarsiz bardosh berish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq masalalarni hal etishda kompleks yondashuvlarga urg’u berilmoqda. Jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotning tiklanish va o’sish sur’atlariga ta’sir ko’rsatib kelayotgani barchaga ma’lum. Mamlakatimizning iqtisodiyotiga chet el sarmoyasini jalb qilishning muhim shartlari quyidagilardir: - jamiyatdagi erishilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlik; - respublikaning uzoq muddatli strategik yo’nalishlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari mavjudligi; - ko’p tarmoqli o’tish iqtisodiyotining asoslarini shakllanganligi va uni isloh qilishning eng muhim yo'nalishlari bo’lmish harakatlar strategiyasini amalga oshirish; - iqtisodiy islohotlarni liberallashtirish va chuqurlashtirish jarayonlarini amalga oshirish; - O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy o'sishining asosiy omili sifatida investitsiyalarning ortib borishi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yuqorida sharoitlar respublikamizda yaratilgan va jadal sanoat, qurilish va qishloq xo'jaligi salohiyatini, davlat infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish va malakali mahalliy kadrlar ko’paytirish orqali ta’minlab kelinmoqda. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini isloh qilish yo’lida yanada taraqqiy etishi uchun mustahkam asos yaratadi. So’nggi yillarda respublikamizda investitsiya jarayonini rivojlantirishda ijobiy tendentsiyalar namoyon bo’layotganligini qayd etish zarur. Respublikada investitsion jarayonlarni tahlil qilish asosida shuni qayd etish mumkinki, jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni yalpi ichki mahsulot (YaIM) o’sishi bilan o'zaro bog'liqligini ko'rish mumkin (4.1-jadval). Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling