1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi
-rasm. O'zbekiston Respublikasi eksportining hajmi 2000, 2005, 2010 - 2017 yillar mobaynida, milliard AQSH dollarida
Download 3.09 Mb.
|
xorijiy investitsiya maruza (2)
4.1-rasm. O'zbekiston Respublikasi eksportining hajmi 2000, 2005, 2010 - 2017 yillar mobaynida, milliard AQSH dollarida
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, so'nggi o’n yetti yil ichida mamlakat eksporti hajmi 3,3 millarddan 13,9 milliard AQSh dollarigacha, ya’ni 4,2 baravarga oshdi. Bunday natijalarga erishish uchun mamlakatda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etgan: - birinchidan, tashqi savdo yanada erkinlashtirish uchun yo'naltirilgan siyosat, ularning real daromadlarini olish xorijiy investorlarga chet el investitsiyalari va kafolatlarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; - ikkinchidan, respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri kapital mablag'larni keng jalb etishni ta'minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish; - uchinchidan, eng muhim va istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha resurslar konsentratsiyasi - respublikaning qishloq xo'jaligi, yoqilg'i-energetika va boshqa asosiy tarmoqlari, shuningdek, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish bilan bog'liq mustaqilligini ta'minlash. 2017 yilning oxirida O'zbekiston Respublikasi eksporti tarkibida energiya va neft mahsulotlari eng katta ulushga ega bo’lib - 14,2 foizga, xizmatlar esa 25,1 foizga yetgan, unda oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 6,3 foiz, paxta tolasi - 3,4 foiz, qora va rangli metallar - 6,6 foiz, kimyo mahsulotlari - 6,3foiz, mashina va uskunalar - 2,5% foizni tashkil etgan. O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti to’g’risida to’xtalsak, O’zbekistonning asosiy tashqi savdo aylanmasining 28,7 foizi MDH mamlakatlaridan Rossiya, Qozog'iston, Ukraina, Qirg'iziston va Tojikiston xissasiga to’g’ri keladi, umumiy tashqi savdo aylanmasining 41,6 foizi esa, Xitoy, Turkiya, Koreya, Germaniya, Afg'oniston, Braziliya, Hindiston, Eron, Latviya, Litva, Fransiya, AQSh, Italiya va boshqa mamlakatlar xissasiga to’g’ri keladi. Iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvorliklari quyidagi ko’rsatkichlar asosida baholanadi: - mazkur tarmoqning sanoatning ishlab chiqarishdagi, agrar sektordagi, xizmat ko'rsatish sohasidagi o'rni hamda atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini amalga oshirishdagi o’rni va roli; - ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va sanoatning mahalliy xom ashyo bilan ta'minlanish darajasi; - ishlatiladigan texnologiya va texnologiyalar darajasi; - eksport mahsulotlarining ulushi va xarakteri; - mintaqaning hududiy taqsimoti va uning mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanishiga ta'siri darajasi. O’zbekiston Respublikasida ko’plab korxona va birlashmalar, korporatsiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Xorijiy investitsiyali korxonalar ishlab chiqaruvchi mahsulotlar xalqaro sifat standartlari talablariga javob bera oladi. “GM O’zbekiston”, “O’zKeysMash”, “O’zBAT”, “Doyche Kabel AG Tashkent”, “Green World”, “Oqsaroy to’qimachi LTD”, “Xobas Tapo” va boshqa bir qator xorijiy investitsiyali korxonalar o’z mahsulotlariga ISO 9001 standarti sertifikatlarini olgan. Yaqin yillarda respublikamizda “Toshkentsut” AJ, “O’zgo’shtsutsanoat” va Rossiya kompaniyasi asosida yaratilgan “Vimm-Bill-Dann-Markaziy Osiyo-Toshkent” qo’shma korxonasida sut mahsulotlari (sut, tvorog, pishloq) ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan. Bu esa respublika ichki bozorini ta’minlash va Qozog’iston, Xitoy va Turkiyaga sut mahsulotlari eksport qilish imkonini beradi. Yengil sanoatda ham xorijiy investitsiyali korxonalarning faoliyati sezilarli darajada kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ustuvor loyihalarni amalga oshirish respublika bozorini to’ldirishdan tashqari, yuqori sifatli mohsulotlarni ishlab chiqarish va jahon bozorlariga eksport qilish imkonini beradi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyat yuritishi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit mavjudligi yangi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni tashkil etilishiga xizmat qilmoqda. Download 3.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling