4.3-rasm. 2017 yilning yanvar-dekabrida asosiy kapitalga investitsiyalarning o’sish surati
2017 yilning yanvar-dekabrida jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 61,0 % Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o’zlashtirildi (mos ravishda jami investitsiyalarning 19,0 %, 18,1 %, 16,8 % va 7,1 % miqdori).
Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yuqori investitsion faollik kuzatildi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o’sish suratlari kuzatilgan hududlarni ko’radigan bo’lsak: Buxoro viloyatida 151,7 % (11 008,9 mlrd. so’m), Qashqadaryo viloyatida 123,5 % (10181,9 mlrd. so’m), Surxondaryo viloyatida 138,5 % (2949,1 mlrd. so’m), Toshkent shahrida 103,7 % (11525,9 mlrd. so’m) o’sish sur’ati kuzatildi. Toshkent, Farg’ona, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi 2016 yildagiga nisbatan 3,6 – 50,9 % ga kamaydi.
4.4-rasm. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar
Aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi bo’yicha 2017 yilning yanvar-dekabrida yuqori ko’rsatkichlar Buxoro viloyatida 5929,3 ming so’m (yoki 2016 yilga nisbatan 149,4 %), Toshkent shahrida 4714,3 ming so’m (102,2 %), Qashqadaryo viloyatida 3265,0 ming so’m (121,1 %), Navoiy viloyatida 2930,2 ming so’m (77,5 %), Sirdaryo viloyatida 1636,3 ming so’m (99,9 %) va Toshkent viloyatida 1511,9 ming so’m (95,3 %) qayd etildi.
2017 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha taqsimlanishi quyidagi 4.4-jadvalda ifodalangan.
4.4-jadvalda markazlashgan moliyalashtirish manbalar hisobidan 2016 yilga nisbatan 119,2 % yoki 14975,0 mlrd. so’m (jami investitsiyalar hajmining 24,7 %i hamda o’tgan yil ko’rsatkichiga nisbatan 2,9 % punkt ko’p) o’zlashtirildi, mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 45744,2 mlrd. so’m yoki 2016 yilga nisbatan 103,7 % (jami investitsiyalardagi ulushi 75,3 %) investitsiyalar o’zlashtirilganligini ko’rish mumkin.
Markazlashgan investitsiyalar tarkibiga budjet mablag’lari, davlat maqsadli jamg’armalari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar kiradi, ularning 2017 yilda markazlashgan investitsiyalar tarkibidagi ulushi mos ravishda 5,5%; 3,9%; 0,3%; 8,5%; 6,5% ni tashkil etdi.
Markazlashmagan investitsiyalar tarkibiga korxona mablag’lari, aholi mablag’lari, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlar, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag’lari kiradi, ularning 2017 yilda markazlashmagan investitsiyalar tarkibidagi ulushi mos ravishda 29,4%; 14,5%; 20,4%; 11,0% ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |