4.9-rasm. Ayrim iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xorijiy investitsiya va kreditlar
Olib borilayotgan investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida to’g’ridan-to’g’ri va boshqa xorijiy investitsiyalarning o’zlashtirilgan hajmi 2017 yilning yanvar-dekabrida 33,2 % punktiga ko’payib, 12395,2 mlrd. so’mni va jami investitsiyalardagi ulushi 20,4 % ni tashkil etdi.
2017 yilning yanvar-dekabrida o’zlashtirilgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning YaIM ga nisbati 5,0 % ni tashkil etib, 2016 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 1,3 % punktga ko’paydi.
Quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xorijiy investitsiya va kreditlar eng ko’p o’zlashtirildi: xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish faoliyat turiga jami o’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning 56,5 % ini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 25,6 % punktga ko’paydi, mos ravishda axborot va aloqa faoliyat turiga 9,5 % ni tashkil etib 2016 yilga nisbatan 2,3 % punktga ko’paydi.
Shu bilan birga, quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga xorijiy investitsiya va kreditlar kamaydi: tashish va saqlash faolitida 9,0 % (4,1 % punktga kamayish), elektr, gaz, bug’ bilan ta’minlash, havoni konditsiyalash faoliyatida 2,4 % (9,9 % punkt), kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatida 1,9 % (13,9 % punktga kamayish).
4.4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati.
O’zbekiston Respublikasida me’yoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini rag’batlantirish, kelgusida xorijiy kapitalni jalb qilish, yangi qo’shma korxonalar yaratish uchun qulay iqtisodiy zaminni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar maqsadli yo’naltirilgan holda amalga oshirilmoqda.
Korxonalarni xususiylashtirishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertatsiyasini joriy qilish, ayrim iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo’shimcha qiymat solig’idan tashqari boshqa soliq to’lovlaridan ozod qilish, shuningdek, bojxona tariflari yordamida tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining ijobiy o’zgarishlariga ta’sir ko’rsatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat - investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha O'zbekistonning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Faqat eksport salohiyatini rivojlantirish bilan mahsulot va xizmatlar respublika chegaralaridan chiqib jahon bozorida munosib o'rin egallashi mumkin.
Ushbu yo'nalishdagi muvaffaqiyatli rivojlanish asosan eksport hajmining o'zgarish dinamikasi bilan tavsiflanadi. O’zbekiston Respublikasi eksport hajmining yillar bo’yicha dinamikasi o’sish tendensiyasiga ega va u 4.1-rasmda ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |