1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet44/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Asosiy tushunchalar


Modernizatsiya —- bu zamonaviylik talablariga muvofiq, turli yangilanishlarni kiritish orqali yanada mukammal sharoitlarga o'tish jarayonidir.
Innovatsiya —- bu bozor iqtisodiyotida talab qilinadigan jarayonlar yoki mahsulotlarning samaradorligini sifat jihatdan oshirishni ta'minlaydigan amalda joriy qilingan yangilik hisoblanadi. Bu inson intellektual faoliyati, hayollari, ijodiy jarayonlari, kashfiyotlar, kashfiyotlar va ratsionalizatorlikning yakuniy natijasidir.
Moliyaviy aktiv —- bu daromadni nazarda tutadigan o'ziga xos mulk shaklidir, masalan: moliyaviy resurslarni aks ettiradigan aktivlarning bir qismi: pul va qimmatli qog'ozlar, pul topish bo’yicha ko’nikma va qobiliyatdir.
Tender —- raqobat, adolatlilik va samaradorlik prinsiplari bo'yicha belgilangan muddatlarda hamda hujjat bo'yicha ilgari e'lon qilingan shartlarga muvofiq tovarlarni yetkazib berish, xizmatlarni taqdim etish yoki ishlarni bajarish bo'yicha takliflarni tanlov asosida tanlab olish shakli. Tender shartnomasi tanlov g'olibi bilan, ya’ni eng yaxshi shart-sharoitlarni ta'minlovchi hujjat talablariga javob beradigan taklifni taqdim etgan ishtirokchi bilan tuziladi.
Qo’shma korxona —-turli davlatlarga tegishli hamkorlarining umumiy mulklari asosida tadbirkorlik va biznes faoliyatini amalga oshiradigan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan korxonadir.
Shoʻba korxona —- huquqiy jihatidan mustaqil, lekin ustav kapitalida boshqa (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning hissasi yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyati. Shoʻʼba korxona muassisi uning ustavini tasdiqlaydi va ayrim boshqaruv, shu jumladan nazorat funksiyalarini oʻzida saqlab qoladi. Shoʻʼba korxona aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlishi mumkin. Shoʻʼba korxona tashkil etish asosiy korxona oʻzining tuzilmaviy boʻlinmasi yoki mulkiy majmuasi negizida; asosiy korxonani qayta tashkil etish jarayonida oʻz tarkibidan ajratib chiqarish; xoʻjalik jamiyati yoki shirkat tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nazorat paketini yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi tegishli hissani sotib olish shakllarida boʻlishi mumkin. Shoʻʼba korxonaning asosiy korxona bilan oʻzaro munosabatlarining muhim xususiyati shundaki, Shoʻʼba korxonaning asosiy korxonaga yoki asosiy korxonaning Shoʻʼba korxonaga mablagʻlarni qaytarib olmaslik bilan oʻtkazishi soliqqa tortilmaydi.
Konsessiya — muayyan sharoitlarda korxonalarni, foydali qazilmalarni, yerlar va boshqalarni ekspluatatsiya qilish huquqini beruvchi xorijiy firma yoki xususiy tadbirkor bilan davlat o’rtasida tuzilgan shartnoma.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling