Mavzu: Intellektual mulk


Download 0.77 Mb.
Sana20.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1629513
Bog'liq
portal.guldu.uz-intellektual mulk

Mavzu: Intellektual mulk

Tayyorladi: “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi Alimova D.

Reja:

  • Intellektual mulk tushunchasi
  • Paydo bo‘lish tarixi
  • Intellektual mulk shakllari

Intellektual mulk tushunchasi

  • Intellektual mulk – bu shaxsning intellektual faoliyati natijalariga egalik qilish huquqi.

Tushunchaning paydo bo’lish tarixi

Intellektual mulk tushunchasi dastlab XVIII-XIX asrlarda huquqshunos va iqtisodchi nazariy olimlari tomonidan ishlatilgan. Keng amaliyotda esa 1967-yil Stokgolm konvensiyasi imzolangandan so’ng, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tashkil etilgandan so’ng qo’llanila boshlandi.

Intellektual mulk dastlab quyidagilarni o’z ichiga olgan:

BIMT faoliyati rivojlanishi natijasida

  • Geografik ko’rsatkichlar, o’simliklarning yangi navlari, hayvon zotlari, integral mikrosxemalar, radiosignallar, ma’lumotlar bazalari, domenlar ham intellektual mulk qatoriga kiritildi.

Paydo bo’lish tarixi

Intellektual mulk tushunchasi tarixi XVIII asr fransuz qonunchiligi bilan bog’liq hisoblanadi. Ushbu tushuncha fransuz faylasuf-ma’rifatparvarlari Didro, Volter, Gelvetsiy, Golbax, Russolar ishlari natijasida rivojlangan.

Ular ilgari surgan nazariyalarning mazmuni shundaki, inson mehnati natijalari (moddiy obyektlar yoki ijodiy mehnat mahsullari) uning mulki hisoblanadi. Shunday qilib intellektual mulk yaratuvchilari ularni tarqatish huquqiga ega. Bunda huquq moddiy obyektga emas, fikrga qaratiladi.

Ushbu nazariyalar texnologik va huquqiy shartlarni o’z ichiga oladi.

Texnologik shartga misol qilib, Jon Lokkning “Davlat boshqaruvi to’g’risida”gi traktatida keltirib o’tilgan “mulkning mehnat nazariyasi”ni ko’rib chiqamiz.

Texnologik shartga misol qilib, Jon Lokkning “Davlat boshqaruvi to’g’risida”gi traktatida keltirib o’tilgan “mulkning mehnat nazariyasi”ni ko’rib chiqamiz.

Ushbu nazariyaga ko’ra mulkning asosini mehnat tashkil etadi.

Mulk – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida aniq ne’matlar va predmetlarning o’zlashtirilishi ushbu kategoriyaning mazmunini tashkil etadi. Intellektual mulkning yaratilish jarayonida ham aqli mehnat sarflanadi, shuning uchun ko’pchilik adabiyotlarda ijodiy ishlab chiqarish tushunchasini uchratishimiz mumkin.

Huquqiy shartga misol qilib, alohida olingan huquqlarning absolyut xususiyatlari tashkil etadi. Bu vakolatli mulkka boshqalarning aralashuviga yo’l qo’yilmasligini anglatadi. Mulkning moddiy huquqi singari, intellektual mulk egalari ham o’z mulki bilan qonun bilan taqiqlanmagan amallarni bajarishlari, uchinchi shaxslarga ushbu mulk huquqidan foydalanishni taqiqlashlari mumkin.

Intellektual mulk huquqining o’zi moddiy shaklga ega bo’lmasa, fikr paydo bo’lib, tashqi shaklga ega bo’lgan paytdan paydo bo’ladi. Shunday qilib, mulk huquqidagi singari, intellektual mulk ham moddiy ko’rinishga ega bo’ladi. Yuzaga chiqarilmagan fikr huquqiy ahamiyatga ega bo’lmaydi. Ko’plab ilmiy tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ushbu tushunchaning paydo bo’lishiga tadqiqotchilarning o’z ishlariga egalik qilishga intilishlari, mulk huquqi institutini rivojlantirish sabab bo’lgan.

Intellektual mulk huquqining o’zi moddiy shaklga ega bo’lmasa, fikr paydo bo’lib, tashqi shaklga ega bo’lgan paytdan paydo bo’ladi. Shunday qilib, mulk huquqidagi singari, intellektual mulk ham moddiy ko’rinishga ega bo’ladi. Yuzaga chiqarilmagan fikr huquqiy ahamiyatga ega bo’lmaydi. Ko’plab ilmiy tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ushbu tushunchaning paydo bo’lishiga tadqiqotchilarning o’z ishlariga egalik qilishga intilishlari, mulk huquqi institutini rivojlantirish sabab bo’lgan.

Mutaxassislar bir necha marotaba ta’kidlab o’tdilarki, intellektual mulk, sanoat mulki, adabiy va ilmiy mulk tushunchalari faqatgina iqtisodiy yoki siyosiy jihatdan emas, ushbu sohadagi xalqaro shartnomalar, milliy qonunchilik va yuridik ko’rsatmalarga ta’sir etuvchi jarayonlar bilan ham asoslanadi.

Kapitalizm va sanoatning rivojlanishi bilan intellektual mulk himoyasiga qonun jihatdan zaruriyat tug’ildi.

  • Kapitalizm va sanoatning rivojlanishi bilan intellektual mulk himoyasiga qonun jihatdan zaruriyat tug’ildi.
  • Birinchi mualliflik va patentlik huquqi vatani Angliya hisoblanadi. 1623-yilda “Monopoliyalar haqida nizom ” qabul qilindi. Ushbu nizomga ko’ra yangi kashfiyotlar loyihasiga 14 yilga patent berildi. 1710 yilda esa birinchi mualliflik qonun “Qirolicha Anna nizomi” qabul qilindi. Ushbu ikki me’yoriy hujjat intellektual mulk konsepsiyasini aniq belgilab berdi.
  • Analogik patent qonunlari turli davlatlarda turli yillarda qabul qilindi.
  • AQSH(1790)
  • Italiya (1854)
  • Fransiya (1871)
  • Germaniya (1877)
  • Daniya (1894)

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling