Reja: Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi


Download 34.81 Kb.
bet1/6
Sana01.05.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1419293
  1   2   3   4   5   6

Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari mazmuni, tushunchasi, mohiyati

Reja:



1. Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi.
2. Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi.
3. Foydali modellar mazmuni, tushunchasi va ko’rinish hollari.
4. Sanoat namunalari mazmuni, tushunchasi va tuzilishi.

1. Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi


Sanoat mulki intellektual mulkning muhim tarkibiy qismi bo’lib u ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini hamda tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini o’z ichiga oladi. Sanoat mulki sifatida biron-bir moddiy ob’ektlarni – korxonalar binolarini, asbob-uskunalarni va boshqalarni ko’zda to’tish noto’g’ri hisoblanadi.
Sanoat mukliga bo’lgan huquqlar mualliflik huquqidagi kabi ularning yaratilishi fakti bilan emas, balki ular Patent idorasida belgilangan tartibda ekspertizadan, Davlat reystrida ro’yxatdan o’tkazilganidan, ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni Patent idorasining byulletenida e’lon qilinganidan va muhofaza hujjatlari berilganidan keyingina paydo bo’ladi.
Seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari kabi ob’ektlar sanoat mulki ob’ektlari bo’lib hisoblanmaydilar. Ular intellektual mulkning alohida turlari bo’lib hisoblanadilar. Seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga muhofaza hujjatlari shuningdek Patent idorasi tomonidan beriladi.
Patent bu – patent egasining ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, seleksiya yutuqlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishga bo’lgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy muhofazasi haqida gapirar ekanmiz, bunday muhofaza “Ixtirlar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida” qonunda batafsil keltirilgan.

Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling