Reja: Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi


Sanoat mulki ob’ektining huquq sub’ektlari


Download 34.81 Kb.
bet3/6
Sana01.05.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1419293
1   2   3   4   5   6
Sanoat mulki ob’ektining huquq sub’ektlari. Sanoat mulki ob’ektining muallifi. Ijodiy mehnat bilan sanoat mulki ob’ektini ratgan jismoniy shaxs shu ob’ektning muallifi deb e’tirof etiladi.
Agar sanoat mulki ob’ekti bir nechta jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehaniti asosida yaratilgan bo’lib, ular o’rtasida to’zilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, ularning barchasi shu ob’ektning teng huquqli hammualliflari deb e’tirof etiladi.
Mualliflik huquqi boshqaga o’tkazilmadigan va topshirilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquqdir.
Patent egasi. Sanoat mulki ob’ektining patenti quyidagilarga beriladi:

  • sanoat mulki ob’ektining muallifiga (hammmualliflariga) yoki uning (ularning) merosxo’ri tomonidan patent berish haqidagi talabnomada yoki sanoat mulki ob’ekti ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar Patent idorasiga topshirilgan talabnoma beruvchini o’zgartirish haqidagi arizada ko’rsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga (ularning o’zi rozi bo’lgan taqdirda);

  • ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.

Xodim tomonidan o’z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki ob’ektining patentiga bo’lgan huquq, agar bu hol ular o’rtasida to’zilgan shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa, ish beruvchiga tegishli bo’ladi.
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) o’rtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan bo’lmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki ob’ektining patentini o’z nomiga olish huquqiga ega bo’ladi. bunda ish beruvchi patent egasiga shartnomaga belgilanadigan miqdorda tovon to’lab, o’z ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki ob’ektidan foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
Ish beruvchi sanoat mulki ob’ektini sir saqlagan taqdirda muallifga (hammualliflarga) mutanosib ravishda haq to’lashi shart, haq miqdori shartnomada belgilanadi.

Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling