4-Ma`ruza. Foydali modul. Asosiy tushunchalar. Sanoat namunalari. Reja


Download 113.29 Kb.
bet1/6
Sana13.05.2023
Hajmi113.29 Kb.
#1457987
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-патент


4-Ma`ruza.


Foydali modul. Asosiy tushunchalar.
Sanoat namunalari.
Reja:
4.1. Seleksiya yutuqlari. O‘simlik navlari. Hayvon zotlari. Seleksiya yutuqlariga talabnoma.
4.2. Integral mikrochizmalar topologiyasi. IMC ni muhofazalash zarurati. IMC topologiyalarining muhofaza qilishga yaroqliligi. IMC haqida O‘zbekiston Respublikasining qonuni.
4.3.Sanoat namunalari. Mahsulot belgilari
4.1. Seleksiya yutuqlari
O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlari seleksiya yutuqlariga kiradi. Bunda nav va zotlar ma’lum nav va zotlardan aniq farqlari bilan ajralib turishi, etarli darajada bir xil va barqaror bo‘lishi zarur. Bundan tashqari faqat O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan botanik va zoologik turlarga kiradigan nav va zotlargina huquqiy muhofaza olishi mumkin [1].
Seleksiya yutuqlarini muhofazalash sohasidagi huquqiy bazani o‘rganishni davom ettirishdan oldin bu sohada foydalaniladigan asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.
O‘simlik navi nasldan-naslga barqaror ravishda o‘tadigan belgilari bilan ajralib turadigan o‘simliklar guruhidir. Bunday belgilar o‘simlik genotipi yoki genotiplar kombinatsiyasini tavsiflab berishi, bunda o‘simliklar guruhi aynan shu botanik taksonga mansub boshqa o‘simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan ajralib turishi zarur. YAngi nav sifatida bitta yoki bir nechta o‘simlikni taqdim etish mumkin, faqat bunday qism yoki qismlardan navning butun bir o‘simliklarini ko‘paytirish mumkin bo‘lsin. Navning muhofaza qilinadigan ob’ektlari klon, liniya, birinchi avlod, duragay va populyasiyalaridir.
Hayvonlar zoti deb genetik jihatdan belgilangan biologik va morfologik xususiyatlar hamda belgilarga ega bo‘lgan hayvonlar (shu jumladan qushlar, hashoratlar, tut ipak qurti) yoki ularning duragaylari tan olinadi, bunda bu xususiyat va belgilarning ba’zilari aynan shu guruh uchungina xos bo‘lishi va uni boshqa guruh hayvonlaridan ajratib turish zarur. Zot urg‘ochi va erkak jinsiga mansub yoki naslchilik materiali bo‘lishi mumkin. Zotning muhofaza qilinadigan ob’ektlari zot guruhlari, zot ichidagi (zonal) tiplar, zavod tipi, zavod liniyasi, oilalar, partenoklonlar, liniya va duragaylardir.
Qonunchilikka muvofiq [2] O‘zbekistonda seleksiya yutuqlariga huquqlar patent yoki guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Seleksiya yutuqlariga beriladigan bu ikki hujjatning bir-biridan farqi shundan iboratki, seleksiya yutug‘iga patent to‘liq ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi, guvohnoma berish uchun esa seleksiya yutug‘ining bir xilligi va barqarorligini sinash kifoya. Bundan tashqari, guvohnoma O‘zbekistonda muhofaza qilinmaydigan botanik hamda zoologik tur va zotlarga ham berilishi mumkin.
Demak, seleksiya yutug‘iga berilgan patent seleksiya yutug‘ining yangiligi, uning farqli tomonlari, bir xilligi va barqarorligini, shuningdek patent egasining ushbu seleksiya yutug‘ini nomlash, unga egalik qilish va foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Guvohnoma esa guvohnoma egasining faqat seleksiya yutug‘ini nomlash, unga egalik qilish, foydalanish huquqini tasdiqlab beradi.
Ko‘rsatilgan mutloq huquq shundan iboratki, muhofazalangan seleksiya yutug‘ining urug‘lik, ko‘chat yoki zotchilik materiallari bilan ishlashni istagan har qanday shaxs patent yoki guvohnoma egasidan quyidagi harakatlar uchun ruxsatnoma olishi kerak:

  • nav va zotni ishlab chiqarish va ko‘paytirish;

  • ekish konditsiyasigacha etkazish;

  • sotish uchun taklif etish;

  • sotish va sotishning boshqa shakllari;

  • O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki uning hududiga olib kirish;

  • yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarda saqlash.

Seleksiya yutug‘iga muhofaza hujjati olish uchun seleksiyachi, ish beruvchi va boshqalar patent yoki guvhnoma berilishi uchun tegishli talabnomani berishlari zarur. Talabnoma Davlat patent idorasi qoshidagi Seleksiya yutuqlari bo‘yicha agentlikka topshiriladi.
Har bir talabnoma o‘z ichiga:
- belgilangan shaklda patent yoki guvohnoma berilishi so‘ralgan talabnoma;

  • seleksiya yutug‘ini nomlash to‘g‘risidagi taklif;

  • nav, zotning tavsifi (texnik anketa);

  • namunalar suratlari;

  • talabnoma beruvchi o‘tkazgan nav yoki zotni sinash natijalari to‘g‘risidagi hujjatlar;

  • shuningdek talabnoma beruvchining seleksiya yutug‘idan foydalanilmaganligi va sotilmaganligi va uning yangilik talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi maxsus deklaratsiyasini oladi.

Bundan tashqari, talabnoma berish, boshqa yuridik harakatlarni amalga oshirish uchun talabnoma beruvchi belgilangan miqdorda davlat boji to‘lashi zarur.
So‘ngra har bir talabnoma bo‘yicha seleksiya yutug‘i ekspertizasi o‘tkaziladi. Bunday ekspertiza o‘z ichiga talabnomaning rasmiy ekspertizasi, nav yoki zotning yangiligini ekspertizadan o‘tkazish va farqli, bir xilligi va barqarorligini davlat sinovlarida aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Seleksiya yutug‘ining yangiligini aniqlash uchun ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ekspertiza va davlat sinovlari o‘tkaziladi, ular ekspertiza va sinov natijalari bo‘yicha Davlat patent idorasiga nav yoki zot to‘g‘risida tegishli xulosani taqdim etadilar. SHuni qayd etib o‘tamizki, patent olish uchun talabnoma berilgan sanada seleksiyachi, uning huquqiy vorisi yoki ularning roziligi bilan urug‘lik, ko‘chat yoki naslchilik materiallari va boshqa shaxslarga sotilmagan yoki quyidagi joylarda foydalanish uchun berilmagan bo‘lsa yangi deb hisoblanadi:

  • O‘zbekiston hududida – talabnoma berilgan sanadan bir yil ilgari;

  • Boshqa davlatning hududida – talabnoma berilgan sanadan to‘rt yil ilgari yoki bu uzum, yog‘ochli, manzarali, mevali ekinlar va o‘rmon daraxtlari bo‘lsa, ko‘rsatilgan sanadan olti yil ilgari.

Ekspertiza va sinovlar natijalari ijobiy bo‘lganda patent yoki guvohnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, seleksiya yutug‘i O‘zbekiston Respublikasi Davlat seleksiya yutuqlari reestrida ro‘yxatga olinadi va bu haqdagi ma’lumotlar rasmiy e’lon qilinadi. SHundan so‘ng seleksiya yutug‘i egasi patent yoki guvohnoma oladi.
4.2. Integral mikrochizmalar topologiyasi
EHM sanoat asosida ishlab chiqarila boshlangan sanadan (1951 yil, Remington Rand Cor.) boshlab hisoblash texnikasi ob’ektlarini muhofazalash muammolarini hal qilishda ikki yo‘nalish: patent va mualliflik huquqi keng tarqaldi. Bu EHMni muhofazalash ob’ektlarining dastlab ixtiro sifatida patent huquqi bilan himoyalanadigan apparat-texnika ob’ektlari hamda mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan dasturiy ta’minot ob’ektlariga bo‘linganligi bilan bog‘liqdir. Keyinchalik bu ob’ektlarning har biri etarli darajada mustaqil toifalarga bo‘linadigan bo‘ldi. EHM apparat-texnik qismining rivojlanishida sifat jihatidan birmuncha yangi bosqichlar yoki boshqacha aytganda EHMning yangi avlodi vujudga keldi. EHMning integral mikrochizmalarga o‘tishi bilan apparat-texnika qismidan mustaqil ob’ekt - integral mikrochizmalar (IMCH) topologiyasi ajralib chiqdi [3].
EHMning apparat-texnika qismini muhofazalash masalalari bilan shug‘ullanadigan Patent huquqi instituti quyidagi sabablarga ko‘ra IMCH topologiyalarini huquqiy himoyalash masalalarini hal qila olmaydi:
1. IMCH topologiyalarining muhofaza qilishga yaroqliligini baholash uchun ixtironing patentga layoqatliligi mezonlarining qo‘llanish imkoniyati yo‘q. chunki:

  • IMCH topologiyasining IMCH integratsiya darajasiga bog‘liq bo‘lgan (IMCH ayrim elementlari topologiyasining ijro shakli va o‘zaro joylashishi hamda ularning o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi) ko‘plab belgilar shunchalik katta (yuz minglab atrofida) bo‘lishi mumkinki, shu kabi cheklanmagan miqdordagi echimlarni qiyosiy tahlil qilish (buyurtmada ko‘rsatilgan IMCH topologiyasining “yangiligini” baholash) juda sermashaqqat va samarasiz ishdir;

  • Topologiyalarning standart (kutubxona) elementlar, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni sintez qilishning boshqa ma’lum qoidalarini qo‘llanib yaratilishi buyurtma berilgan topologiyaning “ixtiro darajasi” mezonlariga muvofiqligini baholashni muammoli masala qilib qo‘yadi.

2. Texnikaning hozirgi davrdagi rivojlanish darajasida ixtiroga patent muhofazasi olish jarayoni davom etadigan muddat IMCH topologiyalari ma’naviy jihatdan eskirib qoladigan o‘rtacha muddatga tengdir.
3. Bundan tashqari, ixtiro – texnik echim bo‘lib, uni ifodalash shakllari turlichaligi bilan ajralib turadi (bunda muhim belgilari majmui o‘zgarishsiz qoladi), IMCH topologiyasi esa faqat bitta ifoda shakliga (faqat shu IMCHning o‘zini) ega bo‘lgan echimdir, ya’ni boshqa IMCH har doim ham boshqa topologiyaga ega bo‘ladi.
4. IMCH topologiyasi ob’ekti shuningdek “sanoat na’munasi” ob’ektiga ham to‘g‘ri kelmaydi, chunki uning tashqi ko‘rinishi texnik estetika talablari bilan emas, balki IMCHning faqat talab etiladigan texnik xususiyatlari va funksional maqsadi bilan belgilanadi va ishlatish jarayonida uni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi.
IMCH topologiyasini muhofazalash uchun mualliflik huquqi me’yorlarini qo‘llanish ham ancha qiyin, chunki Bern konvensiyasining 2(1)-moddasida keltirilgan mualliflik huquqi bilan muhofa-zalanadigan ob’ektlar ro‘yxatiga muvofiq IMCH topologiyasini mualliflik huquqining hech bir ob’ekti bilan identifikatsiyalash mumkin emas.

Download 113.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling