8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1


Download 80.28 Kb.
bet1/24
Sana06.11.2023
Hajmi80.28 Kb.
#1750278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
8-mavzu


8-mavzu. Estetika nazariyasi
Reja:
1. Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri.
2. “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati.
3. Pedagogik faoliyat estetik didni shakllantirishning muhim omili.
4. Axborot estetikasining o’ziga xos xususiyatlari.
1. Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri.

Estetika yunoncha ektezikos so‘zidan olingan bo‘lib, – sezish, his qilish, idrok degan ma’noni anglatadi. Bu iborani ilm-fan estetikasi sifatida birinchi marta nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1772) o‘zining «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to‘g‘risida» nomli asarida qo‘llagan. Biroq bu bilan uni estetika fanining asoschisi deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki estetika fani ancha ilgariroq paydo bo‘lgan.


Dastlabki estetik ta’limotlar – Sharq mamlakatlarida (Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, eron, Turonda) vujudga kelib, qadimiy Yunonistonda ayniqsa, Platon, Arastu, Suqrot, Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning asarlarida rivojlantirilgan.
Estetika fani XVIII asrning ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida shakllangan. Baumgartenning xizmati shundaki, u estetika nazariyasining filosofiyadan ajralib chiqish jarayonini sezdi. U go‘zallikni va uning san’atdagi turlarini tekshiradigan falsafa fanini «Estetika» deb atadi.
Kant va Gegel bir butun falsafiy fan sifatida estetik qarashlar sistemasini yaratishga urindi. Ular estetika faniga «estetik» degan tushunchani kiritdi. Bu tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon «go‘zal», «chiroyli», «oliyjanob», «fojeali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» kabi kategoriyalar estetika degan umumiy asosga ega bo‘ldi.
Estetika fani taraqqiyotida turli davrlarda turli faylasuf olimlar o‘z qarashlarini bayon etdilar. Masalan, idealistlar san’atning estetik xossalarini «idea»lardan qidirgan bo‘lsalar, XVIII asr ma’rifatparvarlari «Estetik xossalar voqelikning o‘zida mujassam» deb ta’kidladilar. XIX asrda yashagan Belinskiy «Haqiqiy, amaliy jihatdan faol san’at - estetika predmetidir», «Estetika faqat san’atni yaratuvchilargagina emas, balki uni idrok qiluvchilarga ham kerak», «Estetika predmeti faqat san’atning o‘zinigina emas, balki insonning estetik tuyg‘usini ham o‘z ichiga oladi» deydi.
Chernishevskiy o‘zining «Estetika san’atning umumiy nazariyasi» nomli asarida «San’at asarlari va san’atkor amal qiladigan normalargina emas, balki real turmushdagi buyumlar, faktlar va qonunlar ham estetik muhokama predmetidir,- deb ta’kidlaydi. Uning xizmati shundaki, u fanga «Estetika» - degan mavhum terminga «hamma uchun qiziqarli» degan nom berdi.
Olamdagi maxluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo‘lgan odamga, yorug‘likni, qorong‘ulikdan, (tunni kundan), turfa xil ranglarni bir-biridan farqlay olish, kulgili va fojiali holatlarni mushohada etish, go‘zallik, ezgulik, ulug‘vorlik, oliyjanoblik olamiga intilish bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, johillik pastkashlik illatlariga qarshi kurash olib borish qobiliyatini ham in’om etgan.
Inson shu qobiliyati tufayli o‘zligini anglab komillik sari intilib kelmoqda. Insonning o‘ziga, o‘zi yashayotgan turli muhitga havodek zarur bo‘lgan go‘zallik, nafosat dunyosini yaratishdek mashaqqatli mehnati tufayli shu qadar ulug‘vor ahamiyatga molik bo‘lgan ma’naviy boylikni vujudga keltirdiki, ularga hayrat bilan boqib, insonning aql farosat qudratiga tahsinlar aytamiz.
Nafosat va go‘zallik olami shu qadar xilma-xil, rang-barang, jozibali, ehtirosli, mo‘‘jizali, sehrliki, unda moddiy go‘zallik bilan ma’naviy go‘zallik uyg‘un holda chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilishi atrof voqelikni anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson moddiy go‘zallik dunyosini bunyod etishi jarayonida ma’naviy go‘zallikni ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan uyg‘unlikda sodir bo‘lgan.
Estetika – bu estetik bilish hamda voqelikni o‘zgartirishning umumiy qonunlarini o‘rganadigan fandir. Bunda birinchidan – estetika faqat san’atni o‘rganadi; ikkinchidan, u borliq va san’at go‘zalligi haqidagi fan deb talqin qilinsa, juda tor va noto‘g‘ri xulosa chiqargan bo‘lamiz. Negaki, estetika san’at bilan ham, inson hayoti va faoliyatining turli sohalari, ya’ni mehnat, turmush, xulq-atvorlarida, estetik asosning namoyon bo‘lishi bilan ham shug‘ullanadi.
Estetikani faqat go‘zalliknigina emas, balki, sifat va xususiyat, oliyjanoblik, bema’nigarchilik, fojiali va kulgili hodisalar ham qiziqtiradi. estetika yordamida biz butun olamni, unga nisbatan o‘zimizning insoniy, ijtimoiy munosabatlarimizni ham tushunamiz.
Estetika falsafiy fan bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan: voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtirish jarayonlarini o‘rganishda xolislik (ob’ektivlik), tarixiy yondashish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy samara beradi. Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati, voqelikni badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro farqlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati; san’at asarlaridagi shartlilik va badiiy haqiqat kabi estetika fanining ko‘p muammolarni echish mumkin.
Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma’naviy hayot xilma-xil shakllarining bir-biriga bog‘liqligi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar, estetik ong, badiiy ijod, san’at tabiati va xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi.
Estetika fani rivojlanishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan: bilish nazariyasini boyib borishida badiiy bilishning ham o‘z navbatida ahamiyati katta. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr mulohazalar ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog‘liq.

Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling