8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
Hindistonda yaratilgan «Rigveda», «Ramayana», «Maxobxarata» kabi asarlar insoniyatning badiiy faoliyati eramizdan avvalgi 3-4 ming yilliklarda boshlangan deb taxmin qilishga asos bo‘ladi. Ularning estetik va she’riy qimmati, mavzular boyligi, syujet, obrazlarning murakkabligi, o‘sha davrlardagi ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy hayot, sevgi munosabatlari, tabiat manzaralari va hokazolarning jonli va realistik tasvirlanganligini hisobga olsak, u vaqtda yer yuzidan badiiy ijod ancha burun boshlangan ekan, deb taxminga kelamiz.
Qadimgi hind eposi, uning estetik va poetikasining xarakterli belgisi – hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, daryolar, tog‘lar, osmon hodisalarining obrazli talqin qilinishidir. Masalan: endigina ko‘tarilib kelayotgan quyosh nurlari - shoxli ho‘kizlarga, bulutlar–sut beruvchi sigirlarga o‘xshatiladi. Hind poeziyasida ayolni sigirga qiyos qilish zavqli va husunkor hodisa hisoblangan. Tulsi Dasaning «Ramayana» dostonida xudo Ramning go‘zal rafiqasi, o‘g‘irlab olib ketilgan malika Sita (Djanaki) haqida shunday deyiladi. Olib ketdi janakini la’nati Rakshas zo‘ravon, Go‘yo oppoq sigirni bo‘ysundirdi, pichoq, ila beomon. Juda kelishgan, tannoz xushbichim qaddi-qomatli ayolning qadam bosishi xuddi filning yurishiga o‘xshatiladi: Oltin tavoqni ayollar to‘ldirishib, limmo-lim, Ketishdi kuylab, shohona fillardek tashlab qadam. Ba’zi qadimgi hind afsonalarida it iflos va jirkanch hayvon sifatida tasvirlanadi. U sotqinlik, xoinlik ramzi qilib ko‘rsatiladi. eshak esa ishonch va sadoqat namunasi. Kakku qushxonishning yuksak mahorat ramzi qilib beriladi. Xitoy mehnat ahlining boy ma’naviy hayoti va yuksak badiiy didi haqida eramizdan oldingi XII asrda yozilgan «Shitszin» (qo‘shiqlar) kitobi, «Itszin» (O‘zgarishlar), «In-fu-tszin» (Zulmat garmoniyasi haqidagi kitob) asarlardan juda ko‘plab ma’lumotlar olish mumkin. Misrda estetik tafakkur eramizdan oldingi IV ming yillikda paydo bo‘lgan. qadimgi Misrning badiiy asarlari, ertaklari, qissalari, nasihatnomalari, sevgi lirikasida o‘sha davr estetik tafakkuri ifodalangan. Eramizdan oldingi XIII asr«D Orbini papirusi», «2 aka-uka haqida ertak» - jahonning qadimgi qissasi hisoblanib, ular rus olimi V.Stasov tomonidan tarjima qilingan. Yunonistonda Pifagor, Geraklit, Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar tomonidan estetika fani rivojlanishiga katta hissa qo‘shilgan. Pifagor «Musiqaviy hamohanglik asoslarlari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligidir, deb ta’kidlagan bo‘lsa, Geraklit: nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqadi. Nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama - qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb ta’kidlaydi va nafosat nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi. Demokrit go‘zallik hamohanglikda, bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi(simmetriya)da, me’yorda, deb hisoblaydi. Uningcha, san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi. U mimesis g‘oyasini ilgari suradi. Unga binoan san’atning mohiyati – voqelikka taqlid qilishda namoyon bo‘ladi. Suqrot go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga ko‘chirilgan deb hisoblaydi. Uning qarashlaridagi etakchi g‘oya go‘zallik va ezgulik birligi, estetika va axloq, estetik tasavvurlar nisbiyligi, estetika va manfaatli belgilar o‘rtasida yaqin aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Aflotun o‘zining «Diolog», «Ziyofat», «Katta Gippiy», «Davlat traktati» kabi asarlarida estetik qarashlarini bayon qiladi. Uning ta’kidlashicha, bizni o‘rab turgan voqelikda go‘zallik yo‘q. Go‘zallik–bu his-tuyg‘udan tashqari turgan mutloq g‘oyadir. Moddiy narsa esa–soxta, g‘oyaning zaif aksi, mutloq g‘oyaning soyasidir. San’at obrazlari – bu narsalarning bo‘lmag‘ur nusxasi va shuning uchun go‘zallik bu soyaning soyasidir. Suqrotning fikricha, go‘zallikning haqiqiy mohiyatini bilib bo‘lmaydi. U kishilarga ilohiy dunyoga yondoshgan paytlardagina mistik ekstaz holatida sal-pal ko‘rinish beradi. Davlat traktati asarida «san’at – yoshlar tarbiyasi uchun xavfli, u o‘zining «maftunkorligi» bilan zararlidir, deb yozadi. Arastu «Poetika», «Ritorika», «Siyosat» kabi asarlarida go‘zallik san’at, tragediya, katarsiz kabi estetik tushunchalarga ta’riflar beradi. Uningcha, go‘zallik – moddiy narsalarni o‘zida ob’ektiv ravishda mavjuddir, unda tartib, hajm, simmetriya, butunlik, turli-tumanlik birligi kabi belgilar bor. San’at – tabiatga taalluqlidir, u bilim olishda ahamiyatlidir. San’at-go‘zallikni aks ettiradi. U oddiy nusxa ko‘chirish emas, balki hayotiy materialni fantaziya asosida badiiy tarzda o‘zgartirib ko‘rsatadigan ijodiy aktdir. Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling