8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1


Download 80.28 Kb.
bet5/24
Sana06.11.2023
Hajmi80.28 Kb.
#1750278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
8-mavzu

Tragediya – kishilarning axloqi pok bo‘lishiga oliyjanoblikka xizmat qiladi. San’at – ijtimoiy tarbiya vositasidir.
Arastu estetik qarashlarida «katarsis» ta’limoti muhim o‘rin tutadi. Katarsis–fojiali voqea-hodisalar zaminida vahima, dahshat, rahm-shafqat orqali inson ruhini poklantirib turilishidir.
Rimda Tit Lukretsiy Kar, Plotin kabi faylasuflarning estetik qarashlari e’tiborga molikdir. Tit Lukretsiy Kar «Narsalarning tabiati haqida» asarida, san’at – «Zaruriyat», tabiiy ehtiyojdan kelib chiqqan. Uning ma’rifatchilik ahamiyati katta, deb uqtiradi.
Plotin – diniy estetik qarashlari bilan estetika ilmi, estetik tafakkur o‘z inqiroziga yuz tutdi.
O‘rta asrlarda estetik qarashlar asosan, diniy ruhda rivojlantirildi. qur’oni Karim, Hadisi Sharif islom madaniyati va estetikasining manbasi – qon tomiridir. qur’oni Karimda «Alloh go‘zal va u go‘zallikni sevadi». Demak, islomning estetik nuqtai nazari go‘zallikka oshno bo‘lmoqdir.
Modomiki, Alloh go‘zal ekan, u yaratgan Odam ham, u bunyod etgan Olam ham, o‘z bandalariga hadya etgan nozu ne’matlar ham go‘zaldir. Shunga muvofiq Allohning ismi – sifatlarini vasf etuvchi so‘zlarimiz ham, musiqamiz ham, uning qudratini namoyon etuvchi binolarimiz, me’morchilik obidalarimiz ham, Alloh irodasi, nomi sifati bilan yaratilgan bu olamdagi narsalarning hammasi go‘zal bo‘lishi kerak. Islom san’ati o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilohiy tafakkurga yo‘g‘rilgandir. Bu holat – she’riyatda (g‘azal), musiqada (maqom), tasviriy san’atda (naqsh), me’morchilikda (masjid, maqbara, minora, madrasa) tarzida yorqin ko‘zga tashlanadi.
Masjid – Alloh bilan kunma-kun muloqot qiladigan, yuzma-yuz turib gaplashadigan, Alloh so‘zlarini bandalariga muntazam eslatib turiladigan muqaddas dargoh, - Allohning uyi. Masjid – ilohiy quvvatlarni go‘zallik tarzida inson ruhiga ajib bir ichki tartib va intizom, sarishtalik va ta’sirchanlik bilan singdirib boradi.
Yahudiy ibodatxonalarida ichki ko‘rinishi va bezaklarida ilohiylikka qaratilgan voqeaband tasvirlar, haykallar o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, Xristian cherkovlarida moy bo‘yoqli tasvir manzara, haykaltaroshlik ko‘zga tashlanadi.
Demak, yahudiylik va xristianlik tafakkuri tarixiylikka asoslanadi. Ularda muqaddas rivoyatlar tasvirlar vositasida muqaddaslashtiriladi, ular rivoyatlarga hamdard. Ular shaxs taqdirini – inson qismatini rivoyatlarga olib borib taqaydilar. Ular Allohni rivoyatlar orqali taniydilar.
Islomda esa musulmon kishi butun borlig‘ini Allohga bag‘ishlaydi. Musulmon kishi qat’iy ravishda ilohiyot qoidalariga, Alloh hukmlariga itoat etadi. Shu bois Alloh uyi – masjidlarda muqaddas so‘zlarga, Alloh ismi va sifatlarini ramziy ifodalovchi naqsh va yozuvlarga alohida urg‘u beriladi. Masjid naqshlarida bir-biriga chirmashib ketgan bo‘rtiq manzara, «kufiy», «sulh» xati yozuvlari musulmon kishining Alloh taolo bilan tanho muloqotning sog‘inchli hissiyotlarni ifodalaydi.
Naqsh va yozuvlar – yasama manzara (dekoratsiya) binoning shunchaki bezagi emas, balki inson qalbiga Alloh go‘zalligini singdiruvchi, islom mazmun-mohiyatini, musulmon kishi hayotini, turmush tarzini, estetik qadriyatlarni yorqin ifodalovchi timsollardir.
Naqsh – haqqoniyatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish emas, go‘zallikni dildan his qilish. Chodra ortidagi vaziyatga insonni tayyorlash va unga kirib borish timsolidir. Naqshdagi gullar: gulsafsar–osoyishtalik, umri boqiylik, to‘lqinsimon gul poyasi – boylik va farovonlik, navda va yaproqlar – navqironlik, yasharish timsollari. Oq rang – baxt va omad, zangori rang – oliy e’tiqod, qizil rang – shodlik, yoshlik timsolidir.
Naqsh – xotirjamlik, ruhiy osoyishtalik umri uzoqlik – cheksizlikni ramziy ifodalovchi xilqatdir. Me’moriy binolarning naqshlari – oliy barkamollik, komillik, Olloh huzuriga yo‘l olish ramzlari hamdir. Naqsh timsoli hamma go‘zallikni yaratgan va ularni bandalariga ne’mat qilib bergan yagona va rahmli Alloh huzuriga borishi va uning jamoliga etishish omilidir.
Islom estetikasi me’morchilik obidalari – masjid, madrasa, maqbara, minora va ularga zeb berilgan naqshlar shakli va ziynati hattotlik va kitob bezash san’ati nihoyatda ko‘p ma’nolidir. Me’morchilik va hattotlik san’ati muqaddas so‘zning botiniy va zuhuriy zuxti bo‘lib, ular islom mohiyatiga ko‘ra, ilohiy so‘zning yozma shakli ko‘rinishidir.

Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling