8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
San’at va falsafa.Inson hayoti mazmunini hikmat va baxt– saodatini anglash, in’ikos etish bilan bog‘liq muammolar san’at uchun ham falsafa uchun ham asosiy mavzudir. San’at o‘z mazmunini nihoyatda keng tushunchalar (kategoriyalar) orqali ifoda etadi. San’atning asosiy ta’sir kuchi insonning ma’naviy dunyosiga, uning fikr mulohazalariga, his-tuyg‘ulariga qaratilgan bo‘lsa, falsafaning ta’sir kuchi aql-idrokka, ma’naviy talab – ehtiyojlarni qondirishga, ma’naviy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. San’at manzaralar, hodisalarni bir-biriga biriktirishga intilsa, falsafa o‘sha hodisalar mohiyatini anglashga, ular qonuniyatlarini ochishga intiladi. San’at badiiy haqiqatga, falsafa hayotiy haqiqatga tayanadi. Inson hayoti muammolarini hal qilishda san’at bilan falsafa yonma-yon va hamohang amal qilib kelmoqda.
Estetika va etika fanlarining umumiyligi shundaki, estetik baholar hamisha axloqiy tushuncha va intilishlar bilan bog‘lanib ketadi. Go‘zallik mavj urib turgan narsa axloqiy jihatdan ham boy bo‘ladi, axloqiy jihatdan puch narsa esa xunuk bo‘ladi. Har bir katta san’at asari estetik formada hal etiladigan axloqiy muammolarni o‘z ichiga oladi. Etika bu – «zarur», «shunday bo‘lishi kerak», «shunday ish qilish kerak»ligini o‘rganadi. estetika esa – go‘zallikni, jozibadorlikni ko‘rsatadi, kishini hayajonlantiradi. Lev Tolstoy ta’biri bilan aytganda, «Haqiqiy talantning qo‘sh qanoti bo‘ladi, bir qanoti – etika bo‘lsa, boshqasi - estetikadir». Etika – yaxshilik haqidagi ta’limot, bo‘lsa estetika go‘zallik haqidagi ta’limot bo‘lib, ular bir-birini doimo to‘ldirib turadi. Lekin shunga qaramasdan ular o‘ziga xos tarzda quyidagicha farqlanadi: Birinchidan, axloqiy baho berishda fakt, haqiqat, so‘z, nutqning -mazmuni muhim bo‘lib, ifoda qilish shakliga deyarli ahamiyat berilmaydi. estetik baho mazmun va shaklning garmonik birligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun u his-tuyg‘u organlarining real faktlar va hodisalar, odamlar, konkret san’at asarlari bilan bevosita munosabatida paydo bo‘ladi. Axloqiy-ma’naviy tasavvurlar hech qanday konkret his-tuyg‘uga ega bo‘lmagan umumiy mulohazalar, mavhumiy g‘oyalar, abstarkt tushunchalar shaklida ham ifoda etilishi mumkin. Holbuki, estetika doirasi ko‘rinib va eshitilib turgan olamdan iborat. San’at va axloq munosabatlariga 3 uslub bo‘yicha yondashiladi. 1.«Axloqiy». «Badiiy ijodni axloq - odobga bo‘ysundirish, ezgulikni san’atning birdan-bir va eng oliy maqsadi sifati targ‘ib ettirishdir. Bunga Aflotun, Russo, A.Tolstoy qarashlarni misol keltirish mumkin. 2.San’atni axloqdan «ozod qilish» uslubi. Axloqiylik ruhi san’at erkinligini bug‘adi, natijada nafosatni halokat yoqasiga olib keladi. San’at ezgulikdan ham, yovuzlikdan ham mustasno bo‘lishi kerak. 3.San’atda axloqiylik bilan «axloqsiz»likni birlashtirish uslubi. Arastu fikricha, san’at axloqiylikning estetik maktabi bo‘lib xizmat qiladi. San’at asoslarida badiiylik bo‘lmasa, u axloqiylikda mahrum bo‘ladi. Badiiylik hamma vaqt axloqiylikni, axloqiylik esa yuksak darajadagi estetik didni taqozo etadi. San’at voqelikni aks ettirish jarayonida jamiyatda amal qilayotgan axloqiy munosabatlarni, odob qoidalarini, axloqiy g‘oya va qarashlarni, inson ichki dunyosini, axloqiy qiyofasini ochib beradi. San’at – inson axloqiy odobining ko‘zgusidir. Axloqiy va estetik qarashlar bog‘liqligi qadim davrlardayoq aniqlangan bo‘lib, xalq og‘zaki ijodida «nafosat» tushunchasi ezgulik axloqiy poklik, go‘zallik tarzida ifodalanadi. San’at yaxshi va yomon hodisalarni ibrat qilib ko‘rsatish orqali axloqiy poklikka, rahm – shafqatga, dardkashlikka, axloqiy kamolotga da’vat etadi. Ikkinchidan, estetik baholashda odatda, axloqiylik yoki axloqsizlikning har qanaqa ko‘rinishi emas, balki eng kuchli va to‘liq ko‘rinishlari ifoda qilinadi. Uchinchidan, estetika bilan axloqni bir-birlariga shuning uchun ham tenglashtirish mumkin emaski, axloqiy kategoriyalar va baholarni tabiat hodisalariga nisbatan ishlatib bo‘lmaydi. Holbuki, jonli va jonsiz tabiatning hammasi – estetika uchun tabiiy va zaruriy doiradir. Estetika va sotsiologiya ham bir biri bilan chambarchas bog‘liq.Ijtimoiy voqea va hodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy–nazariy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Sotsiologiya ijtimoiy voqea hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari: ya’ni siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va ko‘rinishlarini qamrab olgan holda estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim jabhalari bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar (ma’lumot, bilimlar) estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab oladi. Estetika umumsotsiologik nazariyaga tayangan holda o‘zining g‘oyaviy mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlari va maqsadlarini shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan jamiyat o‘rtasidagi turli tuman aloqalarni tadqiq etadi. Estetika va sotsiologiya o‘rtasidagi farqlar shundaki, birinchidan, estetika nafaqat go‘zallik va san’at bilan, balki voqelikni estetik o‘zlashtirishning barcha shakllariga taalluqli bo‘lgan sotsiologik masalalar echimi bilan ham shug‘ullanadi. Ikkinchidan, estetik mo‘ljal hamisha san’at xususiyatlarini ochishga qaratilgan bo‘ladi. San’at sotsiologiyasining asosiy vazifasi esa umumsotsiologik qonunlarning san’at sohasida amal qilishidir. Masalan, san’at sotsiologiyasining tushunchasi «Jamiyatning badiiy hayoti» tushunchasi sof estetikadan ko‘ra ko‘proq sotsiologiyaga taalluqlidir. Estetika va ruhiyatshunoslik. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did, estetik his-tuyg‘u, badiiy ijod, estetik idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat mezoni bilan o‘lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi. Ruhiyatshunoslik estetik munosabatlarning barcha tomonlarini jumladan, badiiy ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni paytda estetika fani inson ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarinni, qamrab oladi. estetikaning tarkibiy qismlarini psixologiya fani erishgan yutuq va xulosalaridan keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo‘lmaydi. Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling