8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1
Download 80.28 Kb.
|
8-mavzu
Abdurahmon Jomiy. Forobiy, Ibn Sinolar umuman musiqaning kishi xulqiga ta’siri to‘g‘risida gapirgan bo‘lsalar, Jomiy musiqaning (maqomning) tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida «Risolai Musiqiy» asarida quyidagilarni yozadi, «Bilki, kishiga lazzat baxsh etishdan iborat umumiy xususiyatdan tashqari 12 maqomdan har biri, har bir ovoz va sho‘‘ba maxsus ta’sir kuchiga ega. Ushshoq va navo qudrat hamda jasurlik uyg‘otadi, vaholanki, ovoz bunday ta’sir kuchiga ega emas»... Mazkur asarda musiqa nazariyasi, uning turlari, ijro usullari va sozlar haqida keng ma’lumot berib, musiqaning taraqqiyot davrlari xususida ham to‘xtaladi.
XV asr shoiri Ahmadiy «Majoziy» uslubda yozgan «Sozlar munozarasi» asarida musiqa va she’riyat o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning hamohangligi, inson ruhiyatiga estetik ta’siri, tanbur, ud, chang, kubuz, rubob va boshqa musiqiy asboblarida sozlar bir-birlari bilan munozara bahs qiladilar deb yozadi. Uningcha, tanbur – do‘mbira o‘z san’atini maqtaydi. Ud – uni rad qiladi va o‘zini ta’riflaydi. Nihoyat, munozaraga «Piri xarobot(soqiy) aralashib, sozlarga nasihat qiladi va ularning o‘ziga xos fazilati borligini ta’kidlaydi». XIV asr oxiri XV asr boshlari «Tasviriy ish ustalari kasb uyushmasining nizomi» nomli risolada naqqoshlik ustalari Ubayd Buxoriy, Abdujamol Toshkandiy, Jaloliddin Andijoniylarning nomlari hurmat bilan tilga olinadi. Naqqoshlik san’ati O‘rta Osiyoda keng tarqalib, xalq tomonidan bu san’at turi nihoyat darajada e’zozlangani gapiriladi. Naqqoshlik bino va kitoblarni badiiy bezashda o‘ymakorlik va naqshlarda keng o‘rin egallagan. Uyg‘onish davrida qadimgi yunonlarning estetik idealiga qaytildi. Kamolotli kishining ideali – erkin, garmonik rivojlangan «hech qanday insoniylik begona bo‘lmagan» inson edi. Insonga, uning chegarasiz, imkoniyati qobiliyatiga va insonning yarmidagi baxtli hayotidagi ishonch – Uyg‘onish davri dunyoqarashining ajralib turgan belgisi edi. Bu davrda «gumanizm» insonni sevish tushunchasi vujudga keldi. g‘arbda Shekspir, Leonardo da Vinchi, Servates, Sharqda Nizomiy, Sh.Rustaveli, Navoiy... real hayot va inson go‘zalligini ehtiros bilan isbotladilar. Ularning nuqtai nazaricha, erdagi hayot haqiqiy va go‘zaldir, inson unda o‘zining oliy baxt va shodligini topishi lozim. Uyg‘onish va ma’rifatchilik davrida «Tenglikni shunday o‘rnatish lozim: katta bo‘lak yaxlit holda shunday nisbatda bo‘lsinki, kichik bo‘lak katta nisbatidan kelib chiqsin» degan «Oltin kesim» g‘oyasi paydo bo‘ldi. Bu g‘oya me’morchilik asariga g‘oyat mos bo‘lib tushadi. «Oltin kesim» ta’limotida go‘zallik narsalarning tashqi tabiiy tomonlariga e’tibor qaratiladi. Ularning nuqtai nazaricha, go‘zallik sifatiga nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, saxovat, donishmandlik, kabi yaxshi insoniy xislat va fazilatlar ham kiradi Didro esa go‘zallikning ichki mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib, go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Kapitalizmda – xususiy mulk hukmronlik qiladi, barcha narsa «Hamyonning kattaligi» bilan o‘lchanadi. Go‘zallik manfaatdorlik, qulaylikning sinonimi sifatida qo‘llanilgan. Ayni paytda kapitalizmda texnika mo‘‘jizalari, a’lo sifatli buyumlar, go‘zal magistrial yo‘llar, muxtasham binolar yaratildi Estetik ong va uning tuzulishi. estetik ong ob’ektiv dunyoga nisbatan bo‘lgan inson estetik munosabatining sub’ektiv tomonidir. estetik ong ma’naviy – ruhiy voqea-hodisalar majmui bo‘lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik his, estetik did, estetik fikr, estetik orzu, estetik qarash, estetik nazariya tizimini anglatadi. Estetik ong axloqiy ong bilan birga diniy ongdan oldinroq paydo bo‘lgan. Dastlabki estetik ong odamlarning moddiy faoliyatidagi asoslar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Keyinchalik estetik his-tuyg‘u, did va orzular ijtimoiy hayotdan nisbiy mustaqillik kasb etgandir. Bora-bora estetik ong sohasiga san’atning ta’siri kuchli bo‘lgan. San’at ma’lum darajada estetik ongning ifoda kuchiga va namoyon bo‘lish jarayoniga, ayni paytda u jamiyat hayotida estetik ongning eng muhim omiliga aylanadi. estetik ong ijtimoiy ongning ba’zi shakllaridan orqada qoladi. M: Siyosiy etuklikning yuksak darajasiga ko‘tarilgan ayrim davlat arboblari estetik did va qarashlari jihatidan orqada qolishi mumkin. Ba’zi olimlar to‘g‘risida ham shu fikrni aytish mumkin. Yoki estetik ongi kuchli, lekin axloq jihatdan tuban odamlarni ham hayotda uchratish mumkin. estetik ong vorisiylik xususiyatiga ham ega. estetik ong ijtimoiy hayot in’ikosi bo‘lib, jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotida biror jabha yo‘qqi, u estetik did, orzu va qarashlardan chetda qolgan bo‘lsa. Siyosat, axloq, din, falsafa, fan- bularning hammasi estetik ong bilan chambarchas bog‘liq. estetik ong estetik faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. estetik ong estetik faoliyat mahsulidir. Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas bog‘liq. estetik ong voqelikni butun borligicha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san’atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo‘ladi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, estetik ongni aks ettirish, qo‘llash ancha keng bo‘lib, odamlarning muhit faoliyatida, uning natijalarida, ddiy a ma’naviy madaniyatining barcha qadriyatlarida ifoda topadi. Download 80.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling