Savol: Qaysi buyum haqida gap ketyapti? Javob


Download 25.37 Kb.
bet1/4
Sana14.10.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1701689
  1   2   3   4
Bog'liq
kollejlar uchun togarak 05.05.2023

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

I TUR

1. Bugungi kunda deyarli hammaning xonadonida bor bo‘lgan bu buyum xitoyliklar nazaricha kelajakni bashorat qiladi.


Savol: Qaysi buyum haqida gap ketyapti?
Javob: Ko‘zgu.

2. Misr poytaxti Qohiraning to‘rtta tomdan iborat bo‘lgan telefon kitobiga qariyb o‘n ikki million aholi haqida ma’lumot kiritilgan. Bilamizki, telefon kitoblari alifbo tartibida yoziladi.


Savol: Hurmatli bilimdonlar aytingchi, eng ko‘p abonent qaysi harf bilan belgilangan?
Javob: M harfi bilan.
Izoh: Sababi Qohirada Muhammad ismli kishilar juda ko‘p.

3. Tibbiyotda “bu holat”ning vujudga kelishiga dorilardan notoʻgʻri foydalanish, surunkali va irsiy kasalliklar, gormonal o‘zgarishlar, psixo-emotsional beqarorlik, doimiy stress va boshqa koʻpgina omillar sabab boʻlishi aytiladi. Bir oʻzbek filmida uka akasida “bu holat” kuzatilishi sababini soʻraganida, otasi akasining armiyada ekanligi bilan izohlaydi.


Savol: Siz bizga “bu holat”ni aniq toping.
Javob: Sochlarning sekin oʻsishi
Izoh: Sabablarning barchasi sochning sekin oʻsishiga olib keladi. Film esa "Abdullajon”.

4. XIX asrda AQSHda natijani noqonuniy ravishda yaxshilash uchun maxsus yollangan odamlar saylovlardan bir haftalar avval Bu ishni qilishni to‘xtatadilar. Aynan saylov kunlari esa Bu ishni qilishadi.


Savol: Bu ish o‘rnidagi so‘zlarni ayting.
Javob: Soqol olish.
Izoh: XIX asrda deyarli hech kimning fotosurati bo‘lmagan. O‘zlarining nomzodini yutishini istagan ayrim yolg'on saylovchilar 2 marta ovoz berishadi: avvaliga soqol qo‘yib, keyin soqol olib.

5. Marlen Ditrix fikricha, ayollar sumkasini hashamat belgisi deb hisoblovchi erkaklarni keyingi hayotida og’ir jazo kutadi. Ular keyingi hayotida X bo‘lib dunyoga kelishadi va o‘limidan so‘ng qimmat hashamat belgili narsaga aylanishadi.


Savol: Mashhur multiplikatsion X ning ismini toping.
Javob: Gena.
Izoh: bilamizki ko‘plab qimmatbaho buyumlar uchun timsih terisidan foydalaniladi.
6. 1960-yilda bir gimnaziya o‘quvchisi tomonidan radiostantsiya tashkil etilgan bo‘lib, har o‘quv kunidan keyin kechqurun radiostantsiya orqali ULARNI efirga uzatib borar edi.

Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling