8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: 1


Download 80.28 Kb.
bet10/24
Sana06.11.2023
Hajmi80.28 Kb.
#1750278
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
8-mavzu

Estetik his-tuyg‘u – (kechinma) – olam garmoniyasini, go‘zallikni predmetlar va voqelik hodisalarini, hunuklikni bevosita idrok etish va sezish qobiliyatidir. Ko‘rish va eshitish – bu his etishning o‘tkazgichi va organlari bo‘lib xizmat qiladi. Ammo har qanday ko‘z ham go‘zallikni ko‘ra olmaydi. Balki insondagi rivojlangan ko‘z va quloq, ya’ni go‘zallikning formasi chiziqlari, proportsiyasi, tovushlarini farqlashga qodir bo‘lgan ko‘z va quloqlar estetik his-tuyg‘uni, shakllantirishga xizmat qila oladi.
Estetik tuyg‘u – bu «Musiqiy quloq, go‘zallikni his qiladigan ko‘z, qisqasi, insonlarcha, lazzatlanishga qobiliyatli bo‘lgan hislar-tuyg‘ulardir..» Bunday rivojlanishga insonning tabiat bilan muloqotda bo‘lish jarayonida, mamlakatda, san’at asarlari bilan tanishish yo‘li orqali mashq va his qilish organlarini tarbiyalash tufayli erishiladi.
Estetik tuyg‘u – insonning turli xil holatini – shodligi, hayajoni, azobi, g‘azabi, qayg‘usini to‘g‘ri idrok etish va ifodalashga yordam bo‘lib xushaxloq qiladi., yuksaklikka ko‘taradi. estetik tuyg‘uni shavqat ko‘z yoshlari, kulgu, hayajonlanish, qalbning ichki kechinmalari so‘zsiz ham bayon eta oladi. Ko‘pincha biz o‘zimizga «nima uchun, nimadir yoqishi yoki yoqmasligini tushuntira olmaymiz, balki estetik tuyg‘ularimiz hissiyotgagina amal qilib, buni go‘zal yoki xunuk deb ataymiz.
Estetik his-tuyg‘u (kechinmaning) yakuni – estetik lazzatlanishdir. Lazzatlanish – insonning umumiy, doimo ijobiy bo‘lgan sezgi holati, ya’ni uning narsalardan, voqea-hodisalardan estetik ta’sirlanishidir. estetik lazzatlanish hissiy yoqimli narsalar, voqea va hodisalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u his, qoniqishsiz ro‘yobga chiqmaydi.
Estetik did – bu bizning predmet yoki hodisadan oladigan qoniqish yoki qoniqmaslik haqida hukm chiqarish qobiliyatimizdir. estetik did kishining umumiy madaniyatiga, uning aqli va tuyg‘usining rivojlanishiga bog‘liq, uni shuning uchun ham tarbiyalash, rivojlantirish mumkin. Bunda san’atning estetik didni, shakllantiradigan eng yaxshi namunalari alohida rol o‘ynaydi. estetik did hamma vaqt individualdir. Kimgadir U.Hayyom ruboyilari yoqsa, kimgadir A.Yassaviy hikmatlari...
Kimningdir ko‘ngliga kuz fasli, boshqasiga bahor yoqadi va h.k.
Kimdir markalar yig‘ib borsa, kimdir etiketkalar to‘playdi. Jaz musiqasi va uning zamonaviy ritmlarini sevuvchi kishi opera va simfonik musiqani «zerikarli» deb isbotlaydi.
Estetik baho – bu predmet va hodisalarni tushunib, dadil, ishni bilgan holda, estetik qiymati va kamchiliklari haqida hukm chiqara olishdir. Nimagadir yoki kimgadir estetik baho berish go‘zallik qonunlari haqida o‘z bilimini aniq va ongli ravishda qo‘llash, mazkur predmet, hatti-harakat, inson nima uchun go‘zal yoki xunuk ekani haqidagi tushunchani namoyon etishdir. estetik baho boshqa baholardan farqli o‘laroq, hodisalarni yaxlit qamrab oladi. Masalan: «A’lochi talaba» desak, biz uning bilimiga, «haqiqiy do‘st» desak, axloqiga baho bergan bo‘lamiz. «Ajoyib inson» degan baho-haqiqiy estetik bahodir.
Odatda, estetik baho emotsional bo‘yoqli bo‘ladi., chunki siz u holda muayyan predmet, hodisa orqali o‘zingizda uyg‘otgan tuyg‘uni ifodalaysiz. Atrof-olamni estetik nuqtai nazardan baholashni o‘rganish uchun go‘zallik va xunuklikni yaxshi his qilishning o‘zi kamlik qiladi., nazariy bilimlar bilan ham qurollangan bo‘lish, estetikaning asosiy tushunchalari ma’nosini o‘zlashtirish ham zarur.
Estetik ideal – bu kishilarning hayotda va kishining o‘zida mukammal bo‘lgan va orzu qilingan narsa haqidagi tasavvuri. Bu faqat eng yaxshi ijtimoiy tuzum haqidagi (siyosiy ideal) va eng adolatli jamiyat haqida (axloqiy ideal)dagi tasavvurgina emas. Bu kishilar, ularning muhit, atrof-muhit, kishilarning o‘zaro munosabatlari go‘zal bo‘lgan yaxlit, eng yaxshi hayot haqidagi tasavvurlaridir. Kishilar ongidagi estetik ideal amalda yuzaga chiqishi kerak bo‘lgan go‘zallik obrazi tarzida mavjud.
Jamiyat idealsiz, o‘z hayoti rivojining oliy va kelajak maqsadlarisiz yashay olmaydi. Har bir kishi ozod va garmonik rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan jamiyat haqidagi orzu butun bashariyat tarixi osha o‘tib keldi. Bu oddiy orzu emas edi- bu orzu yo‘lida insonlar kurashga otlandi, ko‘plari qurbonlar bo‘ldi. qaerda ideallar yo‘qolsa, yoki undan kishilarning ixlosi qaytsa, u joyda turg‘unlik, inqiroz, ma’naviy bo‘shliq, tushkunlik, oqibat natijada jamiyatning inqirozi yuz beradi.
Estetik qarashlar va nazariyalar estetik ongning g‘oyaviy sohalarini tashkil etadi va ular tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimidir.
Estetik qarashlar voqelikning estetik tomonlarini his-tuyg‘u, yordamida idrok etish, ularni tushunchali anglashdan oldin sodir bo‘ladi. Nafosat, oliyjanoblik, fojiali, kulgili, san’atning mohiyati va burchi masalalarni qamrab olgan estetik qarashlar va nazariyalar estetik ongning barcha qismlariga ta’sir o‘tkazadi. estetik his-tuyg‘ular, didlar, ayniqsa orzular xususiyati ko‘p jihatdan estetik qarashlar va nazariyalarga bog‘liq bo‘ladi.
Estetik nazariya – bu estetik ob’ektni butunlay qamrab oladigan tamoyillar, qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidir. estetik nazariyamantiqqa, tamoyil tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga asoslanadi.
Estetik faoliyat – estetik ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirilishidir. estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
Talab – ehtiyojlar insonni faoliyatga undaydi, faoliyat esa yangi-yangi talab ehtiyojlarni kelib chiqaradi. Ruhshunos olimlar estetik ehtiyojlarni inson talab ehtiyojlarining eng oliysi sifatida ta’riflab berganlar. Chunki estetik ehtiyojlar jamlangandir. Garchand bu dunyoda mavjudotlarning eng aqllisi inson ekan, go‘zallikni chuqur anglash ham insonga xosdir. Shu bois inson hamisha go‘zallikka tashna bo‘lib yashaydi. estetik ehtiyoj mohiyati ana shular bilan izohlanadi. Rivojlangan estetik ehtiyoj hech vaqt tayyor estetik qadriyatlarni faqat iste’mol qilish bilan cheklanib qolmay, yangilarini yaratish, ijod qilishga rag‘batni vujudga keltiradi.
Ilmiy ijod va estetik faoliyat.Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Olimning salohiyati, ijodiy mehnatlari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bog‘liq. Olimning estetik madaniyati deganda uning estetik his-tuyg‘usi, ilmiy farazi (fantaziyasi), ilm, fahm farosati (intiutsiyasi), ko‘rgazmali ramziy tasavvurlarni hosil qilishga qobiliyati, tafakkurning o‘ziga xos tasviriy umumlashtirishlarga moyilligini tushunamiz. estetik rivojlanmaganlik, loqaydlik olimning ijodiy kuch-kudratini so‘ndiradi, ilmiy-ijodiy jarayonda juda muhim bo‘lgan shaxsiy qoniqish hissidan mahrum etadi, aqliy ravnaqiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ilm-fan bilan bir tomonlama shug‘ullanib, san’atda lazzatlanish hissini yo‘qotib qo‘ygan va yo‘qotish shaxsiy baxtni yo‘qotganlik bilan barobar bo‘lib, u olimning aqliy va axloqiy sifatlariga salbiy ta’sir qilgani haqidagi tarixda misollar ko‘p.

Download 80.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling