KAZUS
Mavzu : Davlat mexanizmi
Ma’lumki, davlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiy elementi davlat organidir. Davlat organining asosiy belgisi – uning hokimiyat vakolatiga ega ekanligidir.
Davlat organlarini tasniflanishi ham mavjud bo’lib, bu aniq tushunchalarni shakllanishiga xizmat qiladi.
Davlat organlarining belgilarini keltirish orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi misolida davlat organlarining mazmun va mezonlarga ko’ra tasniflashni amalga oshiring.
JAVOB
Bizga berilgan kazusga huquqiy jihatdan to’g’ri yondashmoqchi ekanmiz, avvalo bunda muammoli vaziyatlarni ko’rib olsak. Demak:
Birinchi muammo: “Davlat organlari” nining belgilari va uning davlat mexanizmini tashkil qilishdagi o’rni qanday?
Ikkinchi muammo: O’zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining davlat organi sifatidagi roli qay darajada?
Davlat organlarining davlat mexanizmidagi o’rnini bilish uchun, avvalo, davlat mexanizmi haqida qisqacha ma’lumot keltirib o’tsak maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Huquqshunos olim Sh.A.Saydullayevning fikricha, “ Davlat mexanizmi – davlat apparati va tashkilotlar tizimidan iborat bo’lib, ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning rahbarligi ta’minlanadi”1.
Birinchi muammoga keladigan bo’lsak, bizningcha, davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga oshadi. Bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Davlat mexanizmiga biz davlatga o’z faoliyati davomida tayanch vazifasini bajaruvchi tashkiliy-moddiy kuch sifatida ta’rif berishimiz mumkin. Davlat mexanizmi – davlat organlari va muassasalarining yaxlit iyerarxik tizimidir. Uning yaxlitligi avvalo, davlat hokimiyati va uning irodasi yagonaligi bilan, davlat organlari va muassasalari faoliyati tamoyillari, vazifalari va maqsadlarining yagonaligi bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |