6-Mavzu: Marketing tamoyillari, vazifalari, funksiyalari va turlari
Reja:
1. Marketing tamoyillari 3. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning vazifalari 4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari
.
1. Marketing tamoyillari
Marketing tamoyillari – bu marketing asosining tub mohiyatini ochuvchi asosiy holatlar, talablar majmuasidir. Marketing mohiyatidan kelib chiqqan holda, quyidagi tamoyillar marketing faoliyatida asosiy hisoblanadi.
«Iste’molchi - shoh».
«lshlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas, sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish».
«Mahsulot yaratish bilan uning iste’molchisini ham yaratish kerak».
«Tovar bozorlariga differensiyalashgan holda yondashish kerak».
«Korxona iste’molchining talabini qondirish bilangina o‘z foydasi va obro‘siga ham ega bo‘lishi kerak».
Tamoyillarga yondashuvlar quyidagilardan iborat:
Iste’molchiga kerak narsani ishlab chiqarish.
Bozorga tovar va xizmatlar bilan emas, balki iste’molchilar muammolarini hal qiluvchi vositalar bilan chiqish.
Tovar ishlab chiqarishni iste’molchilarni va talabni o‘rgangandan so‘ng yo‘lga qo‘yish.
Firmaning ishlab chiqarish – eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish.
Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun maqsadli dasturli va kompleks yondashuvdan foydalanish.
Mahsulotning bozor talablariga moslashishi uchun taktika va strategiyani kerakli vaqtda qo‘llash, tovarning iste’molchiga yetib kelgunigacha bo‘lgan jarayonda marketingni samarali qo‘llash.
Korxona faoliyatini uzoq muddatli samarali kommunikatsiya bilan ta’minlash orqali tovarning bozordagi mavqeyini mustahkamlash.
Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy omillarini inobatga olish.
Korxonalar rejasini bozorga asoslangan holda ishlab chiqish.
Tarmoqlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish orqali talab va taklifni muvofiqlashtirish.
Firmaning raqobatbardoshlik ustunliklari va imijini kuchaytirish uchun faol harakat qilish.
Shunday qilib, marketing tamoyillari – marketingning ma’nomohiyatiga asosiy talablarini belgilovchi qoidalardir. Marketingning o‘ziga xos quyidagi asosiy prinsiplari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |