4-Ma`ruza. Foydali modul. Asosiy tushunchalar. Sanoat namunalari. Reja


Download 113.29 Kb.
bet5/6
Sana13.05.2023
Hajmi113.29 Kb.
#1457987
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-патент

Tovar belgisidan foydalanish sharti. Tovar belgisi qaysi tovar uchun ro‘yxatga olingan bo‘lsa, uning shu tovarlarda, ularni joylash buyumlarida, reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, ko‘rgazma va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish qilishda qo‘llanishi tovar belgisidan foydalanishga kiradi.
Tovar belgisining egasi istalgan vaqtda guvohnomada ko‘rsatilgan barcha tovarlar yoki ularning bir qismiga nisbatan o‘z belgisiga mutlaq huquqlarni boshqalarga berishi yoki tegishli litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxslarga vaqtincha foydalanish huquqini berishi mumkin.
Litsenziya shartnomasi Patent idorasida ro‘yxatga olinishi zarur. SHuni qayd etib o‘tamizki, jamoa belgisi va undan foydalanish huquqi bu belgiga egalik qiluvchi barcha shaxslarning roziligisiz boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin emas.
YUridik shaxslar qo‘shilib ketadigan hollarda tovar belgisi yangitdan ro‘yxatga olingan yuridik shaxsga o‘tadi.
YUridik shaxs – tovar belgisi egasi bo‘linib ketadigan hollarda tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qaysi shaxsga o‘tsa, tovar belgisi ham shu shaxsga o‘tadi.
Tovar belgisining ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab o‘n yil mobaynida amal qiladi.
Bunda tovar belgisining ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati belgi egasinning guvohnoma amal qilish muddatining oxirgi yili mobaynida bergan arizasiga ko‘ra har safar o‘n yilga uzaytiriladi.
Tovar belgisini ro‘yxatga olish, talabnoma tuzish va ro‘yxatga olish
Tovar belgisini ro‘yxatga olishga talabnoma faqat bir tovar belgisiga oid va quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1. Ariza beruvchining joylashgan yoki yashash joyi ko‘rsatilgan holda belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza;
2. Ro‘yxatga olish so‘ralayotgan belgi va uning tavsifi;
3. Tovar belgisi qaysi tovar va xizmatlar uchun so‘ralayotgan bo‘lsa, shu tovar va xizmatlarning MKTU (Xalqaro tovar va xizmatlar klassifikatsiyasi) sinflari bo‘yicha guruhlarga ajratilgan ro‘yxat.
Agar talabnoma jamoa belgisiga berilayotgan bo‘lsa, talabnomaga jamoa belgisining nizomi e’lon qilinadi, u o‘z ichiga jamoa belgisini o‘z nomiga ro‘yxatga olishga vakolatli birlashma nomi; bu belgini ro‘yxatga olish maqsadi; bu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan sub’ektlar nomi; jamoa belgisi bilan belgilanadigan tovarlarning ro‘yxati va yagona sifat va umumiy xususiyatlari; belgidan foydalanish shartlari va undan foydalanishni nazorat qilish tartibi; shuningdek nizom qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni olgan bo‘lishi zarur.
Talabnomaga shuningdek belgilangan miqdordagi boj to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinadi.
Endi talabnoma hujjatlari mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz.

  1. Talabnoma berilgan belgi tasviri.

Talabnoma berilgan belgi qalin va mustahkam qog‘ozga tushirilgan o‘lchami 5x5 formatdagi fotografiya yoki bosma ottisk (belgining ko‘rinishiga qarab fotografiya yoki ottiskning o‘lchami 5x10sm ni tashkil etishi mumkin) shaklida taqdim etiladi.
Agar tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olish uchun etiketka (yorliqcha)ga talabnoma berilgan bo‘lsa, tabiiy o‘lchamdagi etiketkaning o‘zini topshirish mumkin.
Agar tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olish uchun hajmiy (uch o‘lchamdagi) belgi taqdim etilgan bo‘lsa, ob’ektning 5x5sm dan 9x12 sm gacha bo‘lgan formatdagi umumiy ko‘rinishi fotografiyasi va barcha zarur proeksiyalari taqdim etiladi.
Talabnoma berilgan belgilarning fotografiyalari va bosma ottiskalari tovar belgisini qanday rang yoki ranglar uyg‘unligida ro‘yxatga olish so‘ralyotgan bo‘lsa, shu ranglarda taqdim etilishi kerak.
Tasvir sifatli grafik ijroda bajarilgan, undan cheklanmagan miqdorda nusxa olib ko‘paytirish imkonini berishi kerak.
Tovar belgilarini ro‘yxatga olish uchun talabnoma tuzish va berish qoidalariga muvofiq ro‘yxatga olinadigan belgining tasviri 25 nusxada taqdim etilishi kerak.
Ilgari qayd etib o‘tilganidek, bir qator mamlakatlarda ovozli yoki yoritiladigan tovar belgilarini ro‘yxatga olish mumkin. Agar ro‘yxatga olish uchun shunday belgilar taqdim etilayotgan bo‘lsa, ular audio (video) kassetalarda fonogramma (yoki video yozuv) shaklida taqdim etiladi.
2. Belgi va uning rangi (ranglar gammasi) ning tavsifi.
Bunday tavsif talabnoma berilgan ob’ektning mohiyatini tushunish va uni identifikatsiyalash uchun xizmat qiladi.
Tavsifnomada ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan belgining so‘zlar bilan ifodalangan xususiyatlari: uning ko‘rinishi (so‘zlar va tasvirlar), tarkibiy kismlari tavsifi, umuman belgi va qismlari (elementlari)ning qanday ma’no bildirishi ko‘rsatiladi. Masalan, tavsiflashda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur.

  • agar so‘zlarda ifodalangan belgi yoki uning qismlari hech kanday ma’no kasb etmasa, uning hosil bo‘lish usuli, masalan, bir necha so‘zlarning boshlang‘ich bo‘g‘inlari, abbreviatura, o‘ylab topilgan so‘z va hokazo ko‘rsatiladi;

  • agar o‘zbek yoki rus tilidan boshqa tildagi so‘zlar bilan ifodalangan belgi ro‘yxatga olinishi so‘ralayotgan bo‘lsa, uning o‘zbek alifbosi harflari bilan berilgan transliteratsiyasi keltiriladi;

  • agar belgi yoki uning qismi tasviriy harakterga ega bo‘lsa, uning tarkibiga kiruvchi barcha elementlarning tavsifi keltiriladi va ma’nolari ko‘rsatiladi;

  • agar belgi mavhum harakterga ega bo‘lsa, uning nimani ifodalashi va bildirishi ko‘rsatiladi;

  • agar ranglarda ijro etilgan belgining ro‘yxatga olinishi so‘ralayotgan bo‘lsa, uning rangi yoki uyg‘unlashgan ranglari ko‘rsatiladi. Qayd etib o‘tamizki, ranglarning tavsifi belgini tasvirlashda foydalanilgan ranglarga mos bo‘lishi kerak;

  • agar tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olish uchun ovozli belgi (O‘zbekistonda emas) taqdim etiladigan bo‘lsa, ovozning turi (musiqiy asar yoki uning qismi, qandaydir shovqinlar va hokozo) ko‘rsatiladi. Musiqiy asardan foydalnilgan belgilar uchun uning tavsifida belgining nota yozuvi ham keltiriladi;

  • agar tovar belgisi sifatida yoritiladigan belgi (O‘zbekistonda emas)ni ro‘yxatga olish so‘ralayotgan bo‘lsa, yorug‘lik ramzi (signal)larning xususiyatlari, ularning yoritish ketma-ketligi, yoritish davomiyligi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari keltiriladi.

  1. Tovar va xizmatlar ro‘yxati.

Tovar va xizmatlar ro‘yxati qaysi tovarlar tovar belgisini ro‘yxatga olish so‘ralayotganini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovar va xizmatlar MKTU (Xalqaro tovar va xizmatlar klassifikatsiyasi) sinflari bo‘yicha guruhlarga ajratilgan va tovar hamda xizmatlarni identifikatsiyalash imkonini beradigan aniq atamalar bilan (imkon qadar MKTU atamalaridan foydalanish kerak) belgilangan bo‘lishi kerak.
Endi talabnoma beruvchi o‘z tovar belgisini ishlab chiqarishda qanday asosiy tamoyillarga amal qilishi zarurligini ko‘rib chiqamiz. Odatda tovar belgisi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur:

  • ifodalik va ma’nodorlik (o‘ziga xoslik), ya’ni tovar belgisi uni boshqalardan ajratib turuvchi belgiga ega bo‘lishi, oson o‘qilishi (so‘z bilan ifodalangan tovar belgilari uchun) va yodda qolishi kerak;

  • qisqa va aniqlik, ya’ni tovar belgisi qisqa bo‘lishi (so‘zli belgilar uchun) va tasvir elementlari soni haddan tash-qari ko‘payib ketmasligi (tasviriy belgilar uchun) kerak;

  • estetiklik, ya’ni tovar belgisi idrok etilishi bo‘yicha zamonaviy va tushunarli hamda ko‘rgazmali bo‘lishi kerak;

  • barqarorlik (uzoq muddatlilik), ya’ni tovar belgisi uzoq muddat, hatto mahsulot assortimenti o‘zgargan hollarda ham foydalanish uchun yaroqli bo‘lishi kerak;

  • tasavvur uyg‘otadigan, ya’ni tovar belgisi iste’molchida tovar yoki uning biror-bir xususiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilishi zarur.

  • bundan tashqari, so‘z bilan ifodalanadigan tovar belgisi uchun yangi bo‘lishi bilan birga, ohangdorligi va talaffuzi qulay bo‘lishi ham zarur sifatlardan hisoblanadi.

Misol: “Tadqiqotlar va inovatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash agentligi”ning tovar belgisi (6.1 rasmga qarang).
Talabnoma berilayotgan belgi kvadrat maydonchaga joylashtirilgan tasviriy va so‘z orqali ifodalangan qismlardan iborat. Tasviriy qism qadimiy yozuv belgilarini bildiruvchi va tadbirkor korxona muvoffaqiyatini ifodalovchi uchta runa kombinatsiyasidan; so‘z bilan ifodalangan qismi esa Agentlik nomining ingliz tilidagi (APRIP – Agency for promotion of Research and Innovative Projects) qisqartmasidan iborat”.



rasm
SHuni qayd etish zarurki, tasviriy tovar belgisi echun turli-tuman ranglarning uyg‘unligi uning o‘ziga xosligini, kishilarni o‘ziga jalb etishini va farqlanuvchi qobiliyatini oshiradi. SHu bilan birga rang so‘zlar bilan ifodalangan, hajmiy va qo‘shma tovar belgilari uchun ham muhimdir.



Download 113.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling